Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • 2:3
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • 1:3
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 1:1
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 43
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 34
7 Atalanta 20 31
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Piza - Atalanta
17/01/26 Udineze - Inter
17/01/26 Napoli - Sassuolo
18/01/26 Kalyari - Yuventus
18/01/26 Parma - Jenoa
18/01/26 Bolonya - Fiorentina
18/01/26 Torino - Roma
19/01/26 Milan - Lechche
19/01/26 Cremonese - Verona
20/01/26 Lasio - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qayta qurish qurbonlari: yozda «Barselona»ni kimlar tark etadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mart oyida, Joan Laporta «Barselona» prezidenti lavozimiga qaytganiga ko‘p bo‘lmay, «ko‘k-anorranglilar» yozda shtat tarkibini qayta tuzishi ma’lum bo‘ldi. Har bir inson Kataloniya klubidagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin: funksionerlar, murabbiylar va futbolchilar.

«Barselona»da har qanday holatda ham tegilishi mumkin bo‘lmagan futbolchilar bor. Ammo «Kamp Nou»da kelajagi noaniq bo‘lib qoladigan butun bir guruh futbolchilar ham bor. Keling, ularga e’tibor beraylik. Keyin, bir necha oydan keyin Kataloniya klubini kim tark etishi mumkinligini batafsil ko‘rib chiqamiz.

Neto

Dastlab, nima uchun «Barselona» Neto bilan shartnoma imzolaganini tushinib olish kerak. Nima uchun akademiyada Inyaki Pena ismli darvozabon turib unga e’tibor qaratildi. Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubiga Marko-Andre Ter Shtegenga raqobat uyushtirish uchun va sovrinlarni yutish maqsadida olib kelingandi. Natijada, futbolchi hech qanday maqsadiga erisha olmadi.

Darvozabon o‘z hisobiga faqat Qirol kubogidagi g‘oliblikni qo‘shishi mumkin, ammo u «Valensiya» bilan ham ushbu sovrinni yutgan edi. Katta ehtimol bilan Neto yozda «Barselona»ni tark etadi, deb ayta olamiz. Bu hamma uchun yaxshiroq bo‘lardi. Qishda «Arsenal» futbolchiga qiziqish bildirgandi. Londonda darvozabon haqidagi savol ochiq qolmoqda, chunki Bernd Leno bilan shartnoma uzaytirilmagan. Neto allaqachon Italiyada va Ispaniyada faoliyat olib borgan, shuning uchun o‘zini Angliyada sinab ko‘rishi mumkin.

Samuel Umtiti

Umtiti – «Barselona»ning haqiqiy bosh og‘rig‘i. Kataloniyaliklar fransuzni sotish uchun bir nechta transfer oynalarini o‘tkazgan, ammo ular xaridor topishganicha yo‘q. Himoyachiga Fransiya klublaridan taklif bo‘lgan, ammo so‘nggi xabarlarga ko‘ra futbolchi uchun aniq takliflar yo‘q. Fransuzning o‘zi Kataloniya poytaxtini tark etishni istamaydi, garchi u kam o‘yin vaqtiga ega bo‘lsa-da. Masalan, ushbu mavsumda himoyachi La Ligada atigi 594 daqiqa harakat qildi. Umtiti o‘tgan yozdan beri «Barselona»dan ketishga nomzod bo‘lib kelmoqda. Futbolchi ushbu maqomda qolmoqda, ammo unga xaridor topiladimi yoki yo‘qmi, bu hali ham katta savol.

Jan-Kler Todibo

Kataloniya klubida kelajagi umidsiz ko‘rinadigan yana bir markaziy himoyachi. «Barselona»da himoya chizig‘i shakllangan va Todiboga u yerda joy yo‘q. Futbolchining o‘zi ham klubga qaytishni istamaydi. Hozirda futbolchi «Nitsa»da ijarada o‘ynamoqda va u yerda qolmoqchi. «Burgutlar»da o‘yinchini sotib olish imkoniyati mavjud. Bu, ehtimol, barcha tomonlar uchun eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin.

Junior Firpo

Kataloniyaliklar Jordi Albaga raqobatdosh bo‘ladigan sifatli chap qanot himoyachisini topishni juda xohlashdi. Natijada, Firpo «Betis»dan olib kelindi, 18 million yevroga shartnoma imzolandi. Bir mavsumda La Ligadagi 6 uchrashuv ular asosiy tarkibdan joy talab qilgan futbolchidan kutgan natija emas. Hozirda Firpo «Barselona»dan ketishga asosiy nomzodlardan biri. Futbolchiga Italiyadan qiziqish bor, shu sababli kataloniyaliklar A Seriya vakillarining takliflarini ko‘rib chiqishlari tabiiy. Albaga raqobatdosh sifatida esa yozda «Betis»dan qaytadigan klub tarbiyalanuvchisi Xuan Miranda bor.

Serxio Roberto

Ushbu mavsum Roberto uchun unchalik muvaffaqiyatli o‘tmadi. Ko‘p oylar davomida futbolchini sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar qiynadi. Serjinyo Destni bosh murabbiy Ronald Kuman o‘ng qanot himoyachisi sifatida tanlaganga o‘xshaydi, shuning uchun «Barselona»da Robertoning kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, uning shartnomasi yakunlanishiga 1 yil qoldi. Mish-mishlarga ko‘ra, Laporta ispaniyalikni bir yildan keyin tekinga qo‘yib yuborishdan ko‘ra sotishni ma’qul ko‘rmoqda. Funksioner klubda avlodlar almashinuvini amalga oshirmoqchi va 29 yoshli futbolchi uning rejalaridan o‘rin olmagan.

Riki Puch

Puchning kelajagi bir necha yildan beri muhokama va mulohaza mavzusiga aylangan. Kuman ayniqsa klub tarbiyalanuvchisini qo‘llab-quvvatlamaydi. Yosh futbolchilar borasida niderlandiyalikka markaziy yarim himoyachi sifatida Elish Moribani ko‘proq ma’qul kelganga o‘xshaydi. Shu sababli, Puchning Kataloniya klubidagi kelajagi masalasi yana kun tartibida. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda «Barselona»ni tark etishi mumkin edi, ammo qolishga qaror qildi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi har bir uchrashuvda o‘rtacha 19 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu uning faoliyatidagi eng yomon ko‘rsatkichi. Kuman unga ijaraga borib kelishni maslahat berdi. Bu yozda nima bo‘ladi, faqat taxmin qilishimiz mumkin.

Filippe Koutinyo

Koutinyoning «Barselona»ni mavsum oxirida tark etishiga shubha yo‘q. Kuman haqiqatan ham braziliyalikka ishonmadi, keyin Pedri paydo bo‘ldi. Kataloniya klubi tarixidagi eng qimmat futbolchi bir necha oy ichida ketishi mumkin. «Barselona» to‘liq kuchi bilan Filippega xaridor qidirmoqda.

«Arsenal» futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Londonliklar o‘tgan yozdan beri hujumkor yarim himoyachi qidirmoqdalar va braziliyalikni o‘z saflariga qo‘shib olishdan xursand bo‘lishadi. Koutinyoning APLga qaytishga tayyorligi haqida mish-mishlar ham yo‘q emas. Hammasi kataloniyaliklar egallagan pozisiyaga bog‘liq bo‘ladi. Agar ular haqiqatan ham futbolchini sotishni va uning maoshidan tejashni istasa, ular muzokaralarda yon berishga majbur.

Usmon Dembele

Mavsum davomida Dembele bilan bog‘liq vaziyat noaniq bo‘lib keldi va hozir ham o‘zgarmay qolmoqda. «Barselona» dastlab o‘yinchini ijaraga berish va sotish variantini ko‘rib chiqdi. Futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgan edi, ammo vaqt o‘tishi bilan kelishuv to‘xtab qoldi.

Endi klub fransuzga yangi shartnoma taqdim qilmoqda, ammo u yangi kelishuvni imzolashga shoshilmayapti. Usmon kataloniyaliklar unga ishonmagani va sotmoqchi bo‘lganligi uchun nafratini yashirmayapti. Lekin Dembele baribir «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirmasa, transfer bozoriga ravona bo‘lishi aniq. Amaldagi kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana 1 yilga mo‘ljallangan, shuning uchun «ko‘k-anorranglilar» vaziyatni tezlashtirishga majbur.

Martin Breytueyt

Yangi hujumchi bilan shartnoma imzolash «Barselona»ning yozgi transfer bozoridagi asosiy maqsadlaridan biridir. Kataloniyaliklar ushbu masala bo‘yicha biron bir kelishuvni boshlashlari bilan, Breytueyt darhol hisobdan chiqadi. Daniyalik futbolchiga shundoq ham Kataloniyada ishonch bildirilmaydi va yangi hujumchi kelishi bilan u shunchaki jamoada joy topa olmaydi. 2020 yilgi mavsum o‘rtasidan beri «Leganes»dan Martin bilan shartnoma imzolanishi borasida savollar ochiq qolyapti. Yaqin yillar ichida klubda moliyaviy vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishi qiyin bo‘ladi,lekin shunday bo‘lgan taqdirda ham jamoa yangi hujumchi juda zarur.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:49, 24.05.2021. O'qildi: 12435 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Верона Gift Orban 7
5 Милан Rafael Leau 7
6 Болонья Rikkardo Orsolini 7
7 Интер Xakan Chalxanoglu 7
8 Наполи Rasmus Xeylund 6
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Рома Matias Soule 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.