Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kelajak «Bavariya»si va uning qahramonlari

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Faxriylar ketganidan keyin «qizillar» kimlarning qo‘lida qoladi.

«Bavariya» o‘tmishda ham bugungi kunda ham dunyoning eng kuchli jamoalari qatorida qolmoqda, ammo kelajak so‘roq ostida. Umuman olganda kelajakdan shubhalanish kerakmi? Barcha ko‘rsatkichlarga qaraydigan bo‘lsak, nemis grandi katta potensialga ega bo‘lgan bir nechta iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma imzolagan.

Xohlaysizmi-yo‘qmi, Tomas Myuller va Manuel Noyer endi yosh emas, demak, ular yana o‘n yil jamoada qolib, chempion bo‘lishilmaydi. Keling kelajakdagi «Bavariya»da ularning o‘rnini kim egallashini ko‘rib chiqamiz.

Alfonso Devis

Alfonso Devis hech kimga begona emas u allaqachon ikki bor Bundesliga chempionligini qo‘lga kiritgan. U atigi 20 yoshda! U allaqachon o‘z yoshida bunday muvaffaqiyatni hatto orzu ham qilmagan Alabadan o‘tib ketgan. Yaqinda kanadalik futbolchi «Bavariya» bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi, demak, u Bundesliganing yana ko‘plab sovrinlarini yutish imkoniyatiga ega.

Tezkor Devis jamoaning chap qanotdagi asosiy qurolidir. Ha, himoyada u hali ham ba’zi sheriklari singari ishonchli o‘yin ko‘rsatmaydi, lekin u yosh va o‘sib bormoqda. So‘nggi mavsumda u aynan himoyaga ko‘proq urg‘uni qaratdi. O‘tgan mavsumda hujumda faol bo‘lgani hammaning yodida bo‘lsa kerak.

Jamol Musiala

Doimo tilga olinadigan yana bir iste’dod Jamol Musiala Devisdan ikki yosh kichik. U «Bavariya» tarixidagi eng yosh gol muallifi. Musiala ajoyib imkoniyatlarga ega, yana ko‘plab rekordlarni yangilashga qodir futbolchi.

Yoshiga qaramay, «Shtutgart»dan kelgan yarim himoyachi kelasi mavsumda asosiy tarkib futbolchisiga aylanishga umid qilmoqda. Xansi Flik shunday bo‘lishiga amin, uning fikriga ko‘ra, Musiala bilan kurasha oladigan biron bir himoyachi yo‘q. Germaniyada ko‘p odamlar uning «Volfsburg» darvozasiga urgan mo‘’jizaviy golidan hayratda qolishganini hali ham ta’kidlab kelishmoqda.

Dayo Upamekano

Dayo Upamekano «Bavariya»ga o‘tgan yozda o‘tishi kerak edi, lekin endi u boy berilgan imkoniyatlarini tezda qaytib olishi zarur bo‘ladi. U markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, yirik gavdasiga nisbatan juda tez harakat qiladi. Uning yordami bilan «RB Leypsig» bu mavsumda Bundesligadagi eng kuchli himoyasi bilan maqtana oldi.

Hujum borasoda «qizillar»da hech qanday muammo yo‘q, ammo himoyani kuchaytirishsa zarar qilmaydi. Daso Upamekano 22 yoshda, ammo u eng yuqori saviyada o‘ynashga qodirligini isbotlab, besh mavsumni Germaniyada o‘tkazdi. Fransiya terma jamoasining a’zosi 20 marta Chempionlar Ligasiga o‘yinlarida ishtirok etishga ulgurdi. Yarim finalda bir marta o‘ynadi. Uning jamoasiga sovrinlar yutishga ozgina qolganda qoqilardi. Endi unda bu bilan muammo bo‘lmasligi kerak. U orzulari ushalishi mumkin bo‘lgan klubga o‘tdi.

Kris Richards

«Bavariya» ning yana bir himoyachisi «Xoffenxaym»da mahoratini «charxlayapti», ammo u Myunxenga asosiy tarkib futbolchisi sifatida qaytishga tayyor. Va bu mavsumda u ham chempionlik medalidan umidvor, umuman olganda ijaraga berilishida oldin chempionat yetakchisi tarkibida o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan.

«Xoffenxaym»da Richards asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. U Sebastyan Xyoness bilan ishlashni yaxshi ko‘radi, bir vaqtlar unga «Bavariya» yoshlar jamoasida ochilishiga yordam bergan.

Richards AQSH terma jamoasi tarkida harakat qiladi. U termaga qo‘shilgandan keyin birgina uchrashuvni o‘tkazib yuborgan.

Tiago Dantas

Chaqqon, epchil Tiago Dantas Myunxenda yetti marta chempionlik unvonini, to‘rt bor Germaniya kubogini va Chempionlar Ligasi oltin medalini yutgan «Liverpul»dagi adashiga o‘xshab ketadi. Agar hammasi rejaga muvofiq bo‘lsa (Dantas hali ham «Benfika»dan ijarada), u taqqoslashlar asossiz bekorga emasligini isbotlaydi.

Tangi Nyanzu

«Men yetakchi bo‘lishni xohlayman», bu Tangi Nyanzuning 2020 yilda PSJdan «Bavariya» ga o‘tganidan keyin aytgan birinchi gapi. 17 yoshli bolakayning balandparvoz so‘zlari, ammo Tangining so‘zlarini inkor etish mumkin emas, u har doim o‘ziga ishongan.

Ajablanarlisi shundaki, Nyanzu ham chempion bo‘lishi mumkin, chunki u allaqachon «Bavariya» safida maydonga tushgan. U asosiyga chiqish uchun hali yosh, ammo vatandoshi Upamekano yordamida tezda yangi ligaga ko‘nikib, kelajakdagi «Bavariya»ning ajralmas qismiga aylanishiga umid qilmoqda. Bekorga PSJning yordamchi murabbiyi uni «buyuk talant»,deb atamagan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:36, 24.05.2021. O'qildi: 5129 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.