Italiya terma jamoasi 28 may kuni Kalyari shahrida San-Marinoga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv Roberto Manchini shogirdlarining 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Skuadra Adzurra» safida Matteo Politano va Matteo Pessina dublga erishishgan bo‘lsa, Federiko Bernardeski, Janmarko Ferrari va Andrea Belotti bittadan gol muallifiga aylanishdi.