Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Gvardiola va Tuxel to‘qnashuvi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final
Rukn: Yangiliklar
A A A

Toshkent vaqti bilan 29 maydan 30 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da "Manchester Siti" va «Chelsi» jamoalari o‘rtasida Chempionlar ligasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvni millionlab futbol muxlislari (muxlisalari) orziqib kutishmoqda. Hammada bir xil savol. Bu yilgi g‘oliblik kimga nasib etadi degan fikr-mulohazalar baralla yangramoqda. Hozirdanoq ko‘pchilik futbol ixlosmandlari allaqachon o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlashni boshlab yuborishgan. Mazkur bahs oldidan ikki jamoaning holatiga e’tibor qaratishni joiz topdik.

1. Gvardiola faktori bugun qanchalik rol o‘ynaydi?

Tabiiyki, "Manchester Siti" jamoasining YECHL finaligacha yetib kelishining asosiy sababchisi Gvardiola hisoblanadi. Uning qo‘l ostida shaharliklar mana 4-5 yildan buyon tartibli, jamoaviy o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Klub yirik hisobda g‘alaba qozonayotganda ham, mag‘lub bo‘layotgan vaqtida ham futbolchilar maydonda murabbiyning ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishda davom etadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, ayni damda jahonning eng kuchli 5ta klubidan biri sifatida "Manchester Siti" jamoasi ham tilga olinadi. Bugungi final bahsida ham Pep shogirdlari uning ko‘rsatmalarini uchrashuv yakunlangunga qadar og‘ishmasdan bajarishlari kutilmoqda. Balki ushbu faktor yakunda «Siti» jamoasining g‘alabasini ham ta’minlashi mumkin.

2. Gvardiola hujumchisiz ham natijaga erishish sirini topgandek?

To‘g‘ri, bu taktikani Gvardioladan oldin Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Visente del Boske ham sinab ko‘rgan. Yakunda ushbu taktika evaziga ispaniyaliklar Jahon (2010) va Yevropa chempionligini (2012) qo‘lga kiritishgan edi. Ehtimol, Gvardiola ham jamoasidagi futbolchilarning salohiyatidan kelib chiqqan holda, Visente del Boske qo‘llagan taktika orqali, o‘zi ham, klubi ham orziqib kutayotgan g‘oliblik nashidasini qo‘lga kiritar. O‘sha vaqtda Ispaniya termasining zafarli yurishini ta’minlagan Xavi, Iniyesta, Buskest kabi iqtidorlar darajasiga chiqish uchun harakat qilayotgan bir necha futbolchilar bugungi kunda Sity sharafini himoya qilmoqda. Balki o‘sha Bryune, Silva, Mahrez o‘yin taqdirini hal qilar.

3. Tarix yana takrorlanishi mumkin.

Gap 2012 yilgi YECHLda zafar quchgan «Chelsi» haqida ketayotganligini ashaddiy futbol ishqibozlari darrov sezishdi. O‘sha mavsumda jamoani boshqargan Villash Boshning ishlari qoniqarsiz ketayotganligi sabab, rahbariyat YECHLning 1/8 finalidan o‘rin olgan birinchi bahsda «Napoli»dan uchralgan 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng uni iste’foga chiqaradi. Uning o‘rnini egallagan Dimateo qisqa vaqtda «Chelsi» futbolchilari bilan til topishib, jamoasi bilan tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu yili ham «Chelsi» jamoasida o‘sha tarix yana takrorlanishi mumkin. Mavsum boshida boshqa murabbiy qo‘l ostida harakatlangan klub, yakunda Lempardning o‘rnini egallagan Tuxel boshqaruvida YECHL finaliga qadar qiyinchiliksiz yetib kelishini ta’kidlash joiz. Agar «Aristokrat»lar Tuxel jamoaga kelganidan keyingi o‘yinni takrorlay olsa, bugun kubok ikkinchi bor Londonga yo‘l olishi mumkin.

4. Bugungi uchrashuvda qaysi jamoa birinchi bo‘lib gol urib oladigan bo‘lsa, o‘sha klubning g‘alaba qozonish imkoniyati ortadi. Har ikki jamoaning ham pressing imkoniyati yuqori ekanligidan kelib chiqsak, futbolchilarning ruhiy holati ham yakunda asosiy planga chiqishi mumkin. Kichik bir xatoga yo‘l qo‘ygan klub yakunda YECHL bosh sovrinisiz qolishiga olib keladi. Ushbu holatda murabbiylar katta sahnaga chiqib, qaysi biri o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rib, shogirdlarini ham jismoniy, ham ruhiy tomonlama tayyorlay olsa, yakunda o‘sha murabbiy Yevropaning bosh sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.

Xullas, hamma har xil fikrda. Gvardiola yoki Tuxel? "Manchester Siti" yoki «Chelsi»? Kubok kimga nasib etadi. Qaysi jamoa Yevropada eng kuchli degan savollarga bir necha soatdan keyin boshlanadigan o‘yinda javob olamiz.

Ilyosbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:18, 29.05.2021. O'qildi: 3070 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик