Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nega aynan Anchelloti?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

So‘nggi vaqtlarda futbol haqidagi munozaralar murabbiylar shaxsi atrofida aylanayotgani bejiz emas. Yoshi katta ekspertlarimiz ham, tajribali futbol ishqibozlari ham zamonaviy futbolga murabbiylarning ta’siri ortib borayotgani haqida aytishmoqda. Albatta, yosh va tajribaga alohida urg‘u berishim uchun sabab bor. Kattalarimiz futboldagi turli davrlarning jonli guvohi sifatida bunday vaqt tahlil qilishda ustunlikka ega bo‘lishadi. Shuningdek, nisbatan yoshroq bo‘lgan futbol muxlislari ham ayta boshlayotgan gap shu – futbolda murabbiylarning ulushi ortib bormoqda. Xosep Gvardiola, Joze Mourinyo, Yurgen Klopp, Tomas Tuxel, Zayniddin Zidan va Diyego Simeone kabilar esa bu fikrga tamal bo‘layotgan shaxslardir.
 
Men albatta futboldagi murabbiylik maktablarini tahlil qilishga juda qiynalaman. Afsuski, 80-90 yillar futbolini jonli kuzatmaganman. Ko‘rganlarim qiyos bilan analiz qilishga, ming afsus, kifoya qilmaydi. Masalan, hozir Karlo Anchelottining “Real”ga murabbiy etib tayinlanishi haqida yozmoqchi bo‘lib bunga yana bir bor bunga amin bo‘ldim. Bu o‘rinda men kabi kishining tayanchi – u davrlardan qolgan video tasvirlar va yozma bitiklar bo‘ladi. Nega, axir Anchelottining eng olamshumul yutuqlari sen ongli ravishda eslay oladigan XXI asrga to‘g‘ri keladi-ku, dersiz? To‘g‘ri, biroq Anchelotti shaxsidagi murabbiylik chizgilari u hali futbolchi ekan chizilgan va ular “Milan”ning afsonaviy murabbiyi Arrigo Sakkining qalamiga mansub edi.

Arrigo Sakki

Ilk bor bu nomni eshitganimda uni yapon bo‘lsa kerak deb o‘ylaganman. Ilk bor suratini ko‘rganimda esa “Cho‘qintirgan ota” filmidagi Vito Karleone yodimga tushgan. 1987 yilda shaxsan Sakki Anchelottini “Milan” futbolchiga aylantiradi. Bu tarkibda Marko van Basten, Rudd Gullit, Frank Raykard, Roberto Danadoni, Franko Barezi va yosh Paolo Maldini to‘p tepardi. Sakki bugun klassik deya baholanadigan 4-4-2 taktik sxemasini dunyo futboli peshtoqiga “mixlab” qo‘ygan murabbiydir. Ha, ungacha ham bu ko‘rinishda futbol o‘ynalgan, biroq tahlilchilarning fikriga ko‘ra, hech kim o‘sha 80-yillarda bu ko‘rinishdagi futbol bilan Arrigo singari muvaffaqiyatga erishmagan. Uning o‘yin falsafasi “jamoaviy ong” tamoyilida bo‘lib, mashg‘ulotlarda to‘psiz harakat qilishga urg‘u berilardi. Har bir futbolchi o‘z hududida xayoliy to‘p mavjud deb hisoblab, unga ega chiqish uchun intilardi. 11 futbolchi istalgan soniyada oldinga ildamlashi mumkin bo‘lgan mexanizm ishlab chiqilgandi. Jismoniy yuklamar og‘ir bo‘lib, klub pressingda boshqalardan ko‘ra tajovuzkor edi. Mana shu futbolga Karlo Anchelotti nafaqat qo‘shilib ketdi, balki eng ilg‘or o‘yinchilardan biri bo‘ldi.

Keyinchalik murabbiy sifatida ish boshlar ekan, Karlo o‘zining so‘nggi ustozi Sakkidan ko‘p narsa olgandi. Uning ikki bor Chempionlar Ligasini yutgan “Milan”i Sakkining ikki bor Chempionlar Kubogini yutgan “Milan”idan farq qilardi, albatta. Adolat o‘rnida aytish kerak, 90-yillar atrofidagi jamoada golland uchligining o‘rni katta bo‘lgan. Bu xuddi Gvardiolaning “Barselona”siga o‘xshardi. Futbolchilar ham, murabbiy ham juda topishgan, go‘yo o‘sha vaqt “yulduzlar kesishgandek” edi. Bejizga aynan shu ikki “kesishuv” va 70-yillardagi “Ayaks” klubi futbol tarixidagi eng kuchli jamoalar sifatida e’tirof etilmaydi.

Anchelottining jamoasiga qaytsak. Bu oldidagi vazifani uddalash uchun doim maksimal kuch sarflashga tayyor, eguluvchan, raqibdan kelib chiqa biladigan bir “Milan” bo‘lgan. U yana futbolchilar bilan personal ishlashning ustalaridan biri hisoblanadi. Aynan Anchelotti Andrea Pirlo singari futbolchini tayanch nuqtasiga qo‘yib, ayni vaqtda undagi pleymekerlik funksiyasini saqlab qolgan.

Karlo haqida gap ketganda ko‘pchilik omadsizliklarni ham eslab, “Bavariya” va “Napoli”dagi faoliyatni qo‘shib o‘tadi. To‘g‘ri tanbeh. Bu ma’lum xulosalarga asos beradi. Masalan, “Bavariya”da u tizim murabbiyi bo‘lgan Gvardioladan so‘ng, “Napoli”da xuddi shunday inson bo‘lgan Maurisio Sarridan so‘ng ishladi. Demak, Anchelottiga mexanizmni sozlovchi murabbiy sifatida emas –  har o‘yin, har turnir uchun turli format taklif etishi mumkin bo‘lgan mutaxassis sifatida qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Bunday tipdagi murabbiylar qatorida esa so‘nggi yillar birinchi bo‘lib tilga olinayotgani Zayniddin Zidan edi. Mana nuqta. Muhim nuqta. Axir, Zidan bu – Anchelottining qanoti ostida murabbiylikni boshlagan va uning metodlarini mukammalashtirib, bundan maksimal natijalar yasay olgan shaxs!

Hozir “Real” rahbarlari yana “Karlo ota”ga murojaat qilar ekan, yangi siklning boshlanishini kutayogandek, go‘yo... Albatta Anchelotti bu davrni boshlab bersa, uni yana Zidan kabi davom ettiradigan bir shaxs chiqishi kerak. “Kastilya”da mashg‘ulot olib borayotgan Raul Gonsales doim gol urganda qiladigandek barmog‘ini o‘pib qo‘ydi shu on!

P.S. Anchelotti — haqiqiy buqalamun! U atrofidagi voqeylikka maksimal daraja moslashib, qorishib ketadi. Peres uni tanlab adashmadi!

Arrigo Sakki. 2013 yil, iyun

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 05:27, 02.06.2021. O'qildi: 10031 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик