Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tuxelning tantanavor teoremasi yoki yana YECHL g‘oliblari tug‘risida

Baho:
+1 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Final
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Shalpangquloq» sovringa bosh da’vogar «Manchester Siti» endi Portudagi «Dragau» stadioniga boshqacha qarasa kerak-ov... Diqqat qiling, Xosep Gvardiolaning maftunkor jamoasi CHL-2020|2021 doirasida bu arenaga 2 marta tashrif buyurdi va gol urmagan holda, 1tadan durang va mag‘lubiyat qayd etdi. Taqqoslash uchun aytsak, «shaharliklar» boshqa stadionlarda 25ta gol urib, 11 marta g‘alaba qozonishdi. Eslatma, «Siti» turnirning guruh bosqichida «Dragau» egasi «Portu»ni yengolmagandi - 0:0. Endi Gvardiola drujinasi «ajdarlar» arenasida finalni ham boy berib o‘tiribdi. «Chelsi» ko‘chasida bayram, Tomas Tuxel teoremasi tantanasi!

Final,  29 may

MANCHESTER SITI - CHELSI - 0:1 (0:1)

Portu (Portugaliya). «Dragau» stadioni. 14110 tomoshabin.

Bosh hakam: Mateu Laos (Ispaniya).

Gol: Xavers (42).

Manchester Siti: Ederson, Stounz, Ruben Diash, Uoker, Zinchenko, Foden, Bernardu Silva (Fernandinyo, 64), Sterling (Aguero, 77), de Bryuyne (Gabriel Jezus, 60), Mahrez, Gyundogan.

Chelsi: Mendi, Chiluell, Jeyms, Ryudiger, Aspilikueta, Maunt (Kovachich, 80), Jorjinyo, Xavers, Kante, Tyago Silva (Kristensen, 39), Verner (Pulishich, 66).

Ogohlantirishlar: Gyundogan (34), Gabriel Jezus (88) - Ryudiger (57).

to‘purarlar

Xoland (Borussiya D.) - 10ta

Mbappe (PSJ) - 8ta

Benzema (Real) - 6ta

Jiru (Chelsi) - 6ta...

O‘yindan keyingi fikrlar

Tomas Tuxel («Chelsi» bosh murabbiyi): - Buni uddaladik. Xursandchilikni hamma bilan bo‘lishish naqadar yaxshi. Yana nima deyishni bilmayman. Yigitlar faqat g‘alabani o‘ylashdi. Ular «Siti» futbolchilari butsasidagi tosh bo‘ldilar. Nihoyat, Roman Abramovich bilan birinchi marta uchrashdim. Hali yana gaplashamiz, ishontirib aytamanki, g‘alabaga chanqoqligimcha qolaman.

Xosep Gvardiola («Manchester Siti» bosh murabbiyi): - Tarkib tuzishda bor imkoniyatni ishga soldim, eng yaxshi variantni tanlashga harakat qildim. «Chelsi»ning himoyaviy tuzilmasiga qarshi o‘ynash oson bo‘lmadi. Afsuski, g‘alaba qozonolmadik, harakat qildik, biroq uddalolmadik. Demak, yanada jiddiy ishlash kerak. «Siti» keyingi bir necha yilda jahonning eng kuchli klubi bo‘lishiga ishonaman.

CHL-2020|2021 ramziy terma jamoasi

 

Darvozabon: Eduar Mendi («Chelsi»)

Himoyachilar: Kayl Uoker («Manchester Siti»), Antonio Ryudiger («Chelsi»), Ruben Diash («Manchester Siti»), Sesar Aspilikueta («Chelsi»)

Yarim himoyachilar: Ilkay Gyundogan («Manchester Siti»), Jor­jinyo («Chelsi»), Fil Foden («Manchester Siti»)

Hujumchilar: Muhammad Saloh («Liverpul»), Erling Xoland («Borussiya» D.), Kilian Mbappe («PSJ»)

**      «Chelsi» darvozaboni Eduar Mendi CHL mavsumida 9-«quruq» o‘yinini o‘tkazdi. Bu turnir debyutantlari uchun rekord natijadir. London jamoasi safiga 2020 yilning kuzida «Renn»­dan qo‘shilgan senegallik kiperning atigi 3ta uchrashuvda gol qo‘yib yuborganini ham aytish joiz.

**      Xosep Gvardiola «Man­ches­ter Siti» boshqaruvida «Chelsi»ga 14 marta to‘qnash keldi va 7-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ispaniyalik mutaxassis «shaharliklar» bilan Angliyaning boshqa biror jamoasiga bu qadar ko‘p yutqazmagan. Uning uchun tumanli o‘lkadagi ikkinchi raqamli noqulay raqib - «MYU» (14ta o‘yinda 6ta mag‘lubiyat). Qizig‘i, «Chelsi»dan uchralgan 7ta mag‘lubiyatdan 3tasi oxirgi 2 oyda sodir bo‘ldi: 17 aprel kuni Angliya kubogi yarim finalida (0:1), 8 may kuni APLda (1:2) va endi CHL finalida (0:1).

**      «Shalpangquloq»ning yangi sohibi «Chelsi» CHL mavsumida atigi 4ta gol qo‘yib yubordi («Krasnodar», «Renn», «Real» va «Portu»dan). Bu - yakunlangan kompaniyadagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

**      «Chelsi» yarim himoyachisi N~Golo Kante finalning eng yaxshi futbolchisi sifatida maxsus sovrin oldi. «U «Chelsi» yarim himoyasida mustahkam turib, raqib futbolchilarini izchil ta’­qib qildi, to‘pni ayyorona olib qo‘yish asnosida hujumlarni to‘xtatdi. Kante shuningdek, ikkinchi bo‘lim boshida Kevin de Bryuynega nisbatan chiroyli «podkat» usulini qo‘lladi - hal qiluvchi vaziyatlardan biri shu», - deyildi UYEFA sayti izohida.

**      «Manchester Siti» CHL finalida darvoza tomon atigi 1 marta aniq zarba yo‘lladi (birinchi bo‘limda). «Shaharliklar»ning 2ta zarbalari noaniq chiqqan bo‘lsa, 4tasi to‘sib qo‘yildi. «Chelsi»ning bu boradagi statistikasi: 8ta zarbadan 2tasi aniq, 5tasi noaniq, 1tasi to‘sib qo‘yildi. Shuning baborarida «Siti»da to‘p nazorati 59 foizni tashkil qildi (612ta uzatmadan 526tasi aniq). «Chelsi»ning ko‘rsatkichi - 41 foiz nazorat, 408ta uzatma (329tasi aniq).

**      CHLda qatorasiga 3-mavsum germaniyalik murabbiy g‘alaba qozondi. Boshqacha aytganda, Yurgen Klopp («Liverpul») va Xans-Diter Flik («Bavariya»)dan keyin estafeda tayoqchasi Tomas Tuxel qo‘liga o‘tdi.

**      «Chelsi» o‘z tarixida 2-marta CHL g‘olibiga aylandi, yana mavsum davomida bosh murabbiyni almashtirgan holda. Mavsum-2011|2012da Andre Villash-Boash o‘rnini egallagan Roberto di Matteo «ko‘klar»ni g‘alaba sari yetaklagandi. Eslatma, Tomas Tuxel yanvarda Frenk Lempard o‘rniga tayinlangan edi. E’tiborlisi, «Chelsi» yana bir marta almashtirilgan murabbiy bilan CHL finaliga chiqqan - mavsum-2007|2008da jamoani Joze Mourinyodan qabul qilib olgan Avraam Grant «ko‘klar»ni hal qiluvchi bahsgacha olg‘a boshlagandi.

**      «Chelsi» Roman Abramovich davri (2003 yil) hisobi bo‘yicha 19-sovrinni yutdi. «Ko‘klar» bu oraliqda CHLda 2 marta, Angliya chempionati va kubogida 5 martadan, Angliya Liga kubogida 3 marta, Ang­liya superkubogida 2 marta g‘olib chiqishdi.

**      Xosep Gvardiola 2011 yildan buyon CHLda g‘olib chiqolmayapti. Ispaniyalik murabbiy avvalgi 2ta finalni o‘z foydasiga hal qilgandi (2009 va 2011 yillarda «Barselona» bilan).

**      Tomas Tuxel 2oy ichida Xosep Gvardiola bilan 3 marta to‘qnashib, 3ta o‘yinda ham ustun keldi. Ikki murabbiy Germaniyada 5 bora uchrashgan: Tuxel boshqargan «Mayns» va «Borussiya» D. Gvardiolaning «Bavariya»siga 2 martadan yutqazgan, yana bir o‘yinda durang qayd etilgan.

**      Angliya jamoalari CHLda 14-marta g‘alaba qozondi, Ispaniya  hisobida 18ta «shalpangquloq» kubok bor.

**      «Chelsi» xavbeki Kristian Pulishich CHLda g‘alaba nashidasini surgan AQSH futbolining birinchi vakiliga aylandi.

**      Eduar Mendi - CHL finalida ishtirok etgan afrikalik birinchi darvozabon. To‘g‘ri, 1985 yilgi CHK finalida zimbabvelik darvozabon Bryus Grobbelar «Liverpul» sharafini himoya qilgandi.

**      Tyago Silva CHLning qatorasiga 2ta finalida turli klublar safida o‘ynagan Marsel Desayi («Marsel» va «Milan»), Paulu Souza («Yuventus» va «Borussiya» D.), Samuel Eto~O («Barselona» va «Inter») hamda Alvaro Morata («Real» va «Yuventus») safiga qo‘shildi. «Chelsi»ning braziliyalik himoyachisi oldingi finalda «PSJ» tarkibida edi. Qolaversa, Silva «Chelsi»ning finalda ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchisi bo‘ldi. 36 yoshu 249 kunligida maydonga tushgan himoyachi Klod Makelele (35 yoshu 93 kunlik)ga tegishli rekordni yangiladi.

**         Sesar Aspilikueta («Chelsi») - CHL finaliga boshqa mamlakat jamoasini sardor sifatida boshlab tushgan ispaniyalik birinchi futbolchi.

CHL|CHKda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar

1. Iker Kasilyas (Ispaniya) - 177ta

2. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 176ta

3. Xavi (Ispaniya) - 151ta

4. Lionel Messi (Argentina) - 149ta

5. Raul (Ispaniya) - 142ta

CHL|CHKda eng ko‘p gol urgan futbolchilar

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) - 134ta

2. Lionel Messi (Argentina) - 120ta

3. Robert Levandovski (Polsha) - 73ta

4. Raul (Ispaniya) - 71ta

5. Karim Benzema (Fransiya) - 71ta

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 04.06.2021. O'qildi: 7190 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.