Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropa chempionatidan keyin terma jamoa bilan xayrlashadigan yulduzlar

Baho:
+ | -
Rukn: Yangiliklar
A A A

Koronavirus pandemiyasi sabab bir yilda kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevro—2020 boshlanishiga 7 kun vaqt qoldi. Jamoalar musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda, o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilyapti. So‘nggi 10 yillikda maydonda ko‘rishga o‘rganib qolganimiz — bir nechta yulduz futbolchilar uchun ushbu yirik turnir terma jamoa safidagi eng so‘nggisiga aylanishi mumkin.

Jorjio Kyellini, Italiya, 36 yosh

Kyellini 2004 yilda «skuadra adzura»da o‘z debyutini o‘tkazgan edi. Biroq unga 2006 yilgi mundial oltin medali nasib etmagan. O‘sha vaqtlarda u yosh futbolchi edi. Keyingi musobaqalarda esa u asosiy tarkib futbolchisi bo‘lgan. Kyellini 2018 yilgi mundialdan xuddi Italiya terma jamoasi kabi chetda qolgandi.

Endi esa u Italiya terma jamoasi bilan Yevro—2020 ga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapti. Asosiy maqsadi musobaqa oltin medallarini qo‘lga kiritish. Bu Jorjio uchun katta ehtimol bilan mamlakat bosh jamoasidagi oxirgi katta musobaqasi bo‘ladi. 36 yoshni qoralab qolgan futbolchi bir yil avval Yevro musobaqasidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini o‘zi ham ta’kidlagandi.

Toni Kross, Germaniya, 31 yosh

Kross 2010 yilda terma jamoadan chaqiruv olgan. Dastlabki musobaqasidayoq (JCH—2010) bronza medalni qo‘lga kiritgan, biroq JARda bo‘lib o‘tgan mundialda Toni asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmagan. Oradan 4 yil o‘tgach, Braziliyadagi Jahon Chempionatida 8 ta o‘yinning barchasida maydonga tushdi va chempionga aylandi. Undan tashqari Yevro—2012 va Yevro—2016 musobaqalarining yarim finaliga qadar yetib borgan.

Toni terma jamoadagi faoliyatini yakunlash borasida yakuniy qarorga kelmagan. Lekin shunga ishora qildi: «Musobaqadan so‘ng ketish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish uchun yaxshi vaziyat yuzaga keladi».

Manuel Noyer, Germaniya, 35 yosh

Noyer Krossdan bir yil avval terma jamoada debyutini nishonlagan. Shuning uchun ularning terma jamoadagi sovrinlari bir xil.

Noyer 2019 yilda, koronavirus hali Xitoydan tashqariga chiqmagan vaqtda, terma jamoadagi faoliyati yakunlanib borayotganini aytgandi. Yevro—2020 ga esa Germaniya terma jamoasi sardori sifatida boradi. Musobaqadan so‘ng esa Manuel o‘rnini yoshlarga bo‘shatishi mumkin.

Romelu Lukaku, Belgiya, 28 yosh

Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialda bronza medalni qo‘lga kiritganidan keyin: «Evro—2020 dan so‘ng tugatsam kerak», – degan edi Lukaku . O‘shanda Romelu 25 yoshda edi.

Hozir esa u 28 yoshni qoraladi. «Inter» safida A Seriyani zabt etgan hujumchi hanuz o‘sha aytgan gaplarini rad etgani yo‘q. Futbolchining hozirgi formasidan kelib chiqib («Inter» safida 2020/21 yilgi mavsumda 30 ta gol urdi) aytadigan bo‘lsak, 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan mundialda uni ko‘rmaslik g‘alati bo‘ladi.

Olivye Jiru, Fransiya, 34 yosh

 2018 yilgi mundialdan so‘ng faoliyati yakunlanayotganini e’lon qilgan futbolchilardan yana biri. Kelayotgan sentyabr oyida 35 yoshga kiradigan Jiru faoliyati davomida Jahon Chempionati, Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasini qo‘lga kiritgan. Faqatgina Yevro kubogi uning kolleksiyasiga yetishmayapti.

Yevro—2020 da Fransiya terma jamoasi qanday natija qayd etishidan qat’i nazar Olivye endi qarorini o‘zgartirmaydi.

Luka Modrich, Xorvatiya, 35 yosh

«Real» afsonasi Luka Modrich klub miqyosida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa safida esa 2018 yilgi mundial finaliga qadar yetib bordi va kumush medalga ega chiqdi.

Modrich 2020 yilda Xorvatiya terma jamoasini tark etmoqchi edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab Yevro—2020 musobaqasining vaqti o‘zgardi. Luka musobaqa yakunlanayotgan pallada 36 yoshni qarshi oladi. Katta ehtimol bilan ketish qarorini o‘zgartirmasa kerak.

Manba: Daryo.uz
Kiritildi: 15:17, 04.06.2021. O'qildi: 6958 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик