Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Boshlanishi chakki emas yoxud Eldor Shomurodovning Italiyadagi faoliyatiga yana bir nazar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Italiya «A» seriyasining so‘nggi turi doirasidagi «Kalyari»ga qarshi kechgan safar uchrashuvida Eldor Shomurodov  raqib darvozasini ishg‘ol qilib, g‘alaba goli muallifiga aylandi: hujumchimiz darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to‘pni mohirlik bilan uning ustidan oshirib qo‘ydi. Eldor so‘nggi 6 uchrashuvda 5ta gol urdi, butun mavsumda esa - 8ta. Shu tariqa «Jenoa» to‘purarlari ro‘yxatida Janluka Skamakka (12) hamda Mattia Destrodan (11) keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Sports.ru sayti Shomurodovning Italiyadagi dastlabki mavsumi haqida maqola tayyorladi.

Eldor 2020 yilning 1 oktyabrida «Rostov»dan «Jenoa»ga o‘tdi va Ilyos Zeytullayevdan keyin «A» seriyada to‘p surgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Shomurodovning Italiyadagi faoliyatida kuzatilgan asosiy epizodlar:

* Avvaliga ishlar ko‘ngildagidek kechmadi - Shomurodov dastlabki ikki oyni golsiz o‘tkazdi (3 uchrashuvda to‘p kiritolmadi, shuncha o‘yinni jarohati sabab o‘tkazib yubordi). Shu pallada agent Marko Trabukki Eldorning Italiyadagi faoliyati uzoqqa cho‘zilmasligini taxmin qildi. «Shomurodovni yaxshilik kutmayapti. U «Jenoa»da 90 daqiqa davomida uchta yaxshi uzatmani qabul qilyapti. Bu «Jenoa» uchun katta xato, «Rostov» uchun samarali kelishuv bo‘ldi. Nega «Jenoa» bu futbolchini sotib oldi? Klub shunchaki, katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Shomurodovga hujumkor o‘yin namo­yish etadigan jamoa kerak. «Ros­tov»da ajoyib uzatmalarni amalga oshiradigan Roman Yeryomenko bor edi. Qolaversa, uning Rossiyadagi so‘nggi yili omadsiz kechdi. Shomurodovga hurmat bildirgan holda, bu muvaffaqiyatsiz transfer bo‘ldi, deb qo‘rqaman. Tez orada uni Rossiyaga yarim narxiga qaytarish mumkin bo‘ladi», - dedi Trabukki.

* Eldor 30 noyabr kuni «Parma» darvozasini ishg‘ol qilib, shu tariqa barcha tanqidlarga javob qaytardi. Gol mehnat evaziga urildi, lekin u «Jenoa»ga yordam bermadi - «Parma»ga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi.

* Shomurodov keyingi golini 2021 yilning yanvarida «Sassuolo» bilan o‘yinda amalga oshirdi - 64-daqiqada yuqoridan uzatilgan to‘pni boshi bilan uzoq burchakka yo‘naltirib, hisobni tenglashtirdi. Ammo «Jenoa» 83-daqiqada gol o‘tkazib yubordi va yana 1:2 hisobida yengildi.

* O‘zbek o‘g‘loni 20 fevral kuni «Verona»ni ranjitdi - zaxiradan maydonga tushganiga atigi uch daqiqa o‘tar-o‘tmas, gol urdi. Raqib himoyachisidan to‘pni olib qo‘yib, uni darvozaning pastki burchagiga joyladi. O‘sha uchrashuv durang bilan xotima topdi.

* Shomurodovning keyingi to‘qqiz uchrashuvi jimjitlikda kechdi. To‘rtinchi gol esa 24 aprel sanasida «Spesiya»ga qarshi uchrashuvda urildi. 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan forvard jarima maydoniga oshirib berilgan to‘pga himoyachilardan ildamroq yetib borib, darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi. Uchrashuv «Jenoa»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

* Keyingi turda «Lasio»ga qarshi kechgan bahsda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushib, murabbiy ishonchini oqladi. 56-daqiqada rimliklar 4:1 hisobida oldinga chiqib olishgandi, ammo Skamakka 80-daqiqada penalti yordamida farqni qisqartirdi. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Eldor Reynaning yaqin burchagini aniq nishonga olib, farqni bittaga kamaytirdi. Biroq genuyaliklarga shu kuni boshqa to‘p kiritish nasib qilmadi - 3:4.

* Shomurodovning navbatdagi yorqin o‘yini 37-tur doirasidagi «Atalanta»ga qarshi bahsga to‘g‘ri keldi. Birinchi bo‘limdan so‘ng Gasperini shogirdlari «Jenoa»ni ayashmadi - 0:3, ammo 48-daqiqada Eldor bergamoliklar himoyasidagi pala-partishlikdan foydalanib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bunga «Atalanta» tezda javob qaytardi, ammo dastlab Pandev, 84-daqiqada esa Shomurodov to‘p kiritib, intrigani tiklashdi. Ammo natija yana 3:4.

Ko‘rib turganingizdek, Shomurodov bahorda ancha faollik ko‘rsatdi, ammo uning urinishlari jamoasiga ochko keltirmadi.

Statistika Eldorning mehnatkashligi va jamoaviy o‘yinga moyilligini ko‘rsatib turibdi. U bir uchrashuv mobaynida o‘rtacha 21ta pressing harakatini amalga oshiradi. To‘pni olib qo‘yishga intilish ko‘rsatkichi esa uning pozisiyasida to‘p suradigan 96 foiz futbolchinikidan ko‘proqni tashkil etadi.

«Jenoa» sport direktori Franchesko Marokko ham o‘zbekistonlik hujumchining o‘yinlaridan hayratda ekanligini yashirmadi. «Biz ajoyib transferni amalga oshirdik, ulkan istiqbolga ega futbolchini olib keldik. Biz uning Italiyaga moslashish jarayonidan mamnunmiz. U hali to‘laqonli shakllangani yo‘q, ammo kelgusi mavsum bundan-da serg‘ayrat bo‘lishiga ishonamiz», - deydi Marokko.

Eldorning o‘zi ham mamnun: «Italiya futboli men o‘ylagandan qiyinroq, ammo tanlovdan mamnunman, zero yuqori ligalarda o‘ynash orqali o‘sishga erishish mumkin. Genuyada o‘zimni qulay his qilyapman. Davide Ballardini («Jenoa» bosh murabbiyi) menga ko‘p narsani o‘rgatdi, ayniqsa, taktika masalasida. Uzoq vaqt RPLda o‘ynagan Krishito bilan ham yaxshi aloqadaman, ammo moslashish paytida eng ko‘p yordamni Daniel Dumbravanu (moldovalik futbolchi, «Jenoa» yoshlar jamoasida o‘ynaydi) berdi. Jamoaga endigina kelganimda, u ko‘p hollarda tarjimonim vazifasini bajardi».

Keyingi mavsum Shomurodovning Yevropadagi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi shubhasiz.

Eldor eng yaxshilar qatorida

Nafaqat Italiya sportiga ixtisoslashgan OAV, balki butun dunyo sportida katta nufuzga ega La Gazzette dello Sport jurnali «A» seriyaning yakunlangan mavsumi sarhisobi o‘laroq eng foydali 100 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzib chiqdi. Unda 1-o‘rin «Inter» bilan chempionlikni tantana qilgan belgiyalik Romelu Lukakuga berildi. Kuchli uchlikdan esa «Milan» sardori Frank Kessiye va «Yuventus» yulduzi, mavsum bosh to‘purari Krishtianu Ronaldu joy olishdi. Biz uchun e’tiborli tomoni, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham eng yaxshi 100 nafar futbolchi qatorida e’tirof etildi. Aniqroq aytsak, «Jenoa» safida 8ta gol va 2ta samarali uzatma muallifiga aylangan milliy jamoamiz hujumchisi 5,94 ball bilan 85-o‘rinni band etdi. Umuman olganda, top-100ga «Jenoa»dan yana Davide Zappakosta (30-o‘rin), Mattia Destro (46-o‘rin), Mattia Perin (72-o‘rin), Janluka Skamakka (84-o‘rin) va Milan Badel (97-o‘rin) ham kirishdi.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:00, 06.06.2021. O'qildi: 8521 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик