Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tanishing, kuboklar «tug‘ruqxonasi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Shovqinli Milandan atigi 13 chaqirim uzoqda joylashgan mo‘’jazgina GDE Bertoni (yoki shunchaki, Bertoni) ustaxonasi va futbol o‘rtasida qanday aloqadorlik bor? Juda katta va ahamiyatli! Devorlari pushtirang ayni shu kichik ustaxonada futbol olamidagi asosiy turnirlar (JCH, YECHL, YEL, Yevropa superkubogi) uchun kuboklarning asl va ko‘chirma nusxalari tayyorlanadi. Shuningdek, ushbu musobaqalarni tegishli medallar bilan ta’minlash ham GDE Bertoni zimmasida.

GDE Bertoni - bu qanday ustaxona o‘zi?

Bertoni ustaxonasi o‘z faoliya­tini uzoq 1938 yili boshlagan. Avvaliga uning futbol, umuman, sport bilan hamkorlik qilishi xususida hech qanday gap-so‘z ham, reja ham bo‘lmagan. Shunchaki, metall ustasi Yujin Losa shaxsiy ustaxonasida avtomobillar va turli dastgohlar uchun mayda ehtiyoj jihozlar tayyorlash bilan shug‘ullanardi, xususiy buyurtmalar asosida ishlardi. Dast­labki yillarda bittagina binodan iborat bo‘lgan ustaxona ortda qolgan 82 yil davomida bir nechta sex hisobiga kengaydi. O‘z ismiga «doktor» iborasi qo‘shilishini yoqtirgan Yujin Losa saranjom-sarishtalik va nafislikni yuksak baholardi. Bertoni ustaxonasi ishchilari ayni shu sifatlarni o‘zlari uchun dasturilamal sifatida qabul qilishadi va yillar davomida bundan aslo og‘ishmaydi. Aslida Yujin shaxsiy korxonasiga uncha ko‘p usta jalb etmaydi, sevimli kasbi sirlarini atigi 3 nafar do‘stiga o‘rgatib, oldindan yaxshi tanigan yana bir ustani ishga oladi. To‘g‘ri, hamma uddalay oladigan mayda yumushlarga yollanma ishchilarni jalb etardi. Qisqasi, murakkab kon­struksiyalarni shaxsan o‘zi tayyorlar yoki yordamchilariga topshirardi.

1944 yilga kelib, Bertoni korxonasiga Italiya futbol federasiyasidan buyurtma tushadi - «A» seriya g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash uchun beriladigan medallar hamda kubok tayyorlash. Losa va uning yordamchilari darhol ishga kirishishadi, topshiriqni vaqtida bajarib, federasiya hurmatini qozonishadi. Shu asnoda ustaxonaning sport bilan hamkorligi boshlanadi. Keyinchalik turli tashkilotlar ham muntazam ravishda har xil medallar va sovrinlarga buyurtma beradi. Deylik, Bertoni ustaxonasi Rim Olimpiadasini ham medallar bilan ta’minlaydi. Uning ortidan 1984 yili bo‘lib o‘tgan Sarayevo qishki Olimpiadasi, voleybol bo‘yicha Italiya chempionati va boshqa bir qator turnirlar sov­rinlari bevosita shu mo‘’jaz ustaxonada tayyorlanadi. GDE Bertoni JCH kubogini tayyorlash xususida FIFA bilan shartnoma tuzganidan keyin esa, chinakam shon-shuhratni ko‘miladi.

Yangi bosqich

1971 yili Yujin Losa korxona ishidan chetga chiqqach, rahbarlik tizgini uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘li tasarrufiga o‘tadi. Hozirda GDE Bertoni boshqaruvchisi sanalgan Losaning evarasi Valentina FIFA bilan tarixiy kelishuvga oddiygina izoh beradi: «FIFA JCH kubogi masalasida dunyodagi 53ta ustaxonaga murojaat qilib, oxir-oqibat, biz bilan hamkorlik qilishni lozim topgan. Chunki korxonamiz sifatli mahsulotlari bilan hurmat topishga ulgurgandi. Hammasi mantiqqa mos». Jahon kubogiga alohida to‘xtalsak, u italiyalik haykaltarosh Silvio Gassaniga tomonidan yaratilgan. Bu ishda unga Valentinaning otasi Jorjio Losa yaqindan ko‘maklashgan. Jorjioning asosiy xizmati shuki, u barcha qit’alar aks etgan sayyora maketini tayyorlab, chizmani Gassaniga yaratgan kubok bilan birlashtiradi.

Jahon kubogi qanday tayyorlanadi?

Jahon chempionati bosh sovrini qanday yaratilishi xususida aljazeera sayti to‘liq ma’lumot bergandi:

1. Ishlov berilmagan material metall quyish sexiga keltiriladi. U yerda kubokning eng muhim qismlari tayyorlanadi.

2. Mis va rux qotishmasidan tayyorlangan korpusga pardozlash dastgohi yordamida ishlov beriladi.

3. Kubok bosh usta qo‘liga o‘tadi (hozir GDE Bertoni korxonasida 8 nafar usta va 30 nafar yordamchi ishlaydi). Usta maxsus bolg‘acha bilan sovrin qirralarini maromiga yetkazadi.

4. Kubokka yana pardozlash dast­gohida sayqal beriladi.

5. Ishlov berish jarayoni galvanika sexida davom ettiriladi. Birinchi vannada kubok ultatovushli maxsus galvanika ko‘magida keraksiz moylar va chiqindilardan tozalanadi. Ikkinchi vannada kubok qoplama yopishtirish uchun tayyorlanadi. Uchinchisida bo‘yoq surtiladi va oxirgisida maxsus suvda yuviladi.

6. Sovrin zargar ixtiyoriga beriladi. U kubokni diqqat bilan kuzatib, nuqsonlar bor-yo‘qligini aniqlaydi. Ayrim hollarda qo‘shimcha sayqallash ishlarini olib boradi. Yakunda sovrin yana bir marta yuviladi.

7. Kubok yashil rangli marmar taglikka o‘rnatiladi va Zapon brendining maxsus laki bilan bezatiladi.

Shu o‘rinda muhim ilovani qo‘shimcha qilish lozim: kuboq va medallar tayyorlash bilan turli mutaxassislar shug‘ullanadilar. Ular alohida kurslarda tahsil olishlari tufayli ayrimlari kubok, boshqalari medallar sohasida hech narsani bilishmaydi. Asosiysi, xizmatchilar sovrinning asl nusxasini ko‘chirmadan bexato ajratadilar. Darvoqe, vaqtida YEL kubogi masalasida ikki dizayner o‘rtasida qizg‘in munozara ham kelib chiqqandi.

GDE Bertoni ustaxonasiga oid qiziqarli faktlar

— Korxonaning bosh maqsadi - quvonch. Mazkur g‘oyani uning asoschisi Yujin Losa o‘z shogirdlari ongiga chuqur singdirgan. Yujinning fikricha, kasbdoshlari sportchilar uchun shunchaki, sovrin emas, balki g‘oliblar va ularni kuzatib turgan muxlislarga cheksiz quvonch ulashadigan sovg‘a tayyorlashlarini hech qachon unutmasliklari shart. O‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalarida ustaxona devorlari pushti rangga qayta bo‘yalgandi. Endi Losalar oilasi vakillari 2 yilda 1 marta barcha sexlar devorlariga qayta ishlov beradilar.

YEL kubogi - klublar o‘rtasidagi turnirlar g‘olibiga beriladigan sovrinlar orasidagi tutqichsiz yagona nusxa. Uning mualliflari ham aynan Silvio Gassaniga va Jorjio Losadir. Gassaniga kubok dastakli bo‘lishini istagan, Losa esa bunga qarshi chiqqan. Ular o‘rtasidagi uzoq tortishuv natija bermagandi. Ittifoqo, bir kuni korxonaga kasbdoshlaridan vaqtliroq kelgan Jorjio sovrin bandini arralab tashlaydi.

YEL kubogi - Bertoni ustaxonasida yasalgan sovrinlar orasida eng og‘iri. Uning vazni naq 15 kilogrammga teng.

— Bertoni ustaxonasida asl nusxalar maxsus sxemalarga rioya qilgan holda, yaratiladi. Ko‘chirmalar esa ko‘z taxmini asosida, faqat bunda asl nusxa proporsiyalaridan chetga chiqilmaydi. Valentina Losa buni yengilgina izohlaydi: «Ko‘chirma nusxalar etalondan farq qilmaydigan darajada tayyorlanadi. Biroq tajribali usta, masalan, korxonamizda xizmat qilayotgan mutaxassis asl nusxani ko‘chirmadan bemalol ajrata oladi. Buni «Mona Liza» portretlarini farqlashga qiyoslash mumkin. Usta farqli jihatlarni osongina aniqlaydi».

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 17.06.2021. O'qildi: 6527 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик