Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Dinamo 15 29
3 Bunyodkor 15 27
4 Neftchi 14 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 14 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

07/07/25 Neftchi - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/32 финала. "Саламанка" - "Сельта".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Кубок Италии. 1/32 финала. "Фрозиноне" - "Пиза".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Фенербахче".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Кубок Испании. 1/32 финала. "Сант-Андреу" - "Реал Бетис".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Самсунспор".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Кубок Италии. 1/32 финала. "Салернитана" - "Специя".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.07.2025

      06:05 Автоспорт. DTM. Этап 4 на трассе Норисринг, Германия. Гонка 2.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 4 в Тюмени, Россия.
      09:40 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      10:35 "Формула-1. Гаснут огни".
      11:05 BMX. Альфа-Банк Чемпионат России. Фристайл-парк.
      13:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
      17:55 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 1 м.
      19:20 Д/ф "Царица Тамара. Быкова".
      20:30 Боулинг. BetBoom Кубок КЛБ. Про-тур 2 в Ижевске, Россия.
      22:30 "Вопреки всему".
      23:00 "Сюрпляс".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Д/с "Век нашего спорта".
      01:35 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве. Мужчины. Многоборье.
      04:35 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 1 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Спортивная гимнастика. Кубок сильнейших спортсменов в Москве.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Век нашего спорта".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Д/с "Сила воды".
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:20 "География спорта". Зеленоград.
      16:50 "Лучшие из лучших".
      17:20 Новости.
      17:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Динамо" (Беларусь) - "Салават Юлаев" (Россия). Прямая трансляция.
      18:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Металлург" (Магнитогорск) - "Авангард" (Омск). Прямая трансляция.
      19:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      19:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. "Ак Барс" (Казань) - "Трактор" (Челябинск). Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:15 Д/ф "Двенадцатый игрок".
      23:30 LIVE Бильярд. Betboom Кубок чемпионов в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Бокс голыми кулаками. Bare Knuckle FC on DAZN Hollywood в США. Джаред Уоррен против Майка Ричмана.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 "Культовые".
      03:55 Д/ф "Четыре мушкетёра".
      04:55 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Деррик Льюис против Сергея Спивака.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.07.2025

      07:00 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      10:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      11:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Женщины. Финал.
      12:30 BMX-фристайл. Urban Sessions в Брюсселе, Бельгия. Мужчины. Финал.
      13:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 2. Ловен-Планк - Булонь-сюр-Мер.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк. Прямая трансляция.
      21:00 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 2. Обзор.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 5. Broken Arrow Skyrace в Олимпик-Вэлли, США. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 6. Tepec Trail в Уаска-де-Окампо, Мексика. Обзор.
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 8 в Монако.
      01:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 3. Валансьен - Дюнкерк.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ruslan Malinovskiy: «Virusning og‘ir zarbasiga munosib bardosh berdik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy Zbirna nashriga bergan intervyusida Yevro-2020 saralash turniri va musobaqaning so‘nggi bosqichidagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ajoyib muhitga ega jamoaga qo‘shildim»

- Ukraina terma jamoasidagi haqiqiy hayotim jamoani Andrey Shevchenko boshqarganidan keyin boshlandi, deyish mumkin, - deydi Ruslan Malinovskiy. - Shunday bo‘lsa-da, menga e’tibor qaratgan va debyut uchun imkoniyat yaratib bergan oldingi murabbiylar shtabidan minnatdorman, albatta. Ammo u paytda men zaxira o‘rindig‘ida o‘tirardim, endi esa o‘ynash vaqti keldi.

Amaldagi shakllangan terma jamoaga ilk tashrifim uzoq vaqt esimda qoladi. U yerda bir nechta yangi kelganlar bor edi va Shevchenko biz qo‘shiq aytishimiz kerakligini aytdi. Men unga: «Nikolayevich, men debyutant emasman, allaqachon terma jamoada bo‘lganman», dedim, u esa shunday javob beradi: «Sen hali mening oldimda bo‘lmagansan». Shundan keyin ijro etishga to‘g‘ri keldi (jilmayadi). Konsert o‘rinli bo‘lib chiqdi va men bu yerda ajoyib atmosfera borligini darhol angladim. Shubhasiz, professional ishlar falonchi murabbiylar shtabi bilan olib borilayotgan edi. Umuman olganda, dastlabki taassurotlar ijobiy bo‘lgan. Hatto, ilk mashg‘ulotdan keyinoq.

«O‘yindan zavqlana boshladik»

- Bu 2017 yil iyun oyida bo‘lgan. Biz Finlyandiya bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgandik va Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Maltaga qarshi sparring bilan boshlangandi. Hozir o‘sha bahsning ikir-chikirlari esimda yo‘q, garchi hisob xotiramda qolgan bo‘lsa-da. Biz yutqazgandik - 0:1. Kutilmagan hisob bo‘lganligi tushunarli, ammo shunga qaramay, unchalik yaxshi bo‘lmagan. O‘sha paytga kelib men Yevropa futboli bilan biroz tanishib ulgurgandim va murabbiylarimizda alohida xurofotlar yo‘q edi. Umuman olganda, men kimningdir «bu yigit muvaffaqiyatli kirishdi» kabi fikri bilan o‘zimni bezovta qilmadim. Finlyandiyadagi o‘yin oldidan yig‘ilishda ismimni eshitish juda yoqimli edi. O‘yin ancha og‘ir kechdi, ammo yakunda biz g‘alabani tortib oldik va men golda qatnashishga muvaffaq bo‘ldim.

Yevropa darajasidagi jamoaga qo‘shildim. Buni bizda singdirilgan o‘yin uslubiga qarab baholadim. Menga bunday futbol, ya’ni ongli ravishda hamisha to‘pni nazorat qilish orqali o‘ynash yoqardi va men bundan xursand edim. O‘sha saralash siklida eng yaxshi natijalarga erishmagan bo‘lsak-da, yigitlar maydonda qilayotgan ishlaridan zavqlanishdi. Endi biz mamlakatning asosiy jamoasi libosini kiyib, maydonda shunchaki yugurmadik. Endi biz o‘ynashni ham epladik. Barcha birdek g‘ayratli va qat’iyatli edi, hamma o‘zini ko‘rsatishni xohlardi. Raqobat ancha samarali bo‘ldi va bu ham murabbiylar shtabi bergan ma’lumotni maydonda ko‘rsatishga yordam berdi.

«Terma jamoadagi birinchi golimni Italiyada urdim»

- Umuman olganda, birinchi saralash sikli jamoani «randalash» bilan o‘tdi, 2018 yil esa uni shakllantirishga sarflandi. Esimda, bizda ko‘plab sinov o‘yinlari bo‘lgan - Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Marokash, Albaniya... Hammasi ham amalga oshmagan bo‘lishi mumkin, ammo jiddiy sinovlarga tayyorgarlik jarayoni bor edi, u yerda. Sparringda men har doim ham asosiy tarkibda tushmasdim, lekin Millatlar Ligasini «asosiy»da boshladim va u yerda o‘z o‘rnimni egallashga muvaffaq bo‘lganman. Bu biz uchun muhim turnir bo‘ldi, jamoa ko‘plab ishlarni boshlab yubordi. Italiyadagi sinov o‘yini ham unutilmas bo‘ldi - u yerda yaxshi o‘yin namoyish etdik va men terma jamoadagi birinchi golimni urdim. Shundan keyin hamma Andrey Shevchenkoning ishonchiga erisha boshladi.

Italiyada meni kuzatishganmi yoki yo‘q, eslolmayman, lekin o‘sha payt Belgiyada ko‘p ishlar qildim. Garchi terma jamoadagi o‘yinlar har doim ajralib tursa-da, bu xalqaro daraja, boshqa mas’uliyat. Men juda ko‘p harakat qildim va milliy terma jamoa ham o‘zimni yaxshi darajada namoyish etishimga yordam berdi. Ko‘pchilik mamlakatingizning asosiy jamoasidagi o‘yiningizga qarab xulosa qilishadi.

«Saralash turniridagi ishtirokimizga 10 ochko beraman»

- Yevro-2020 saralash turniri uchun jamoamizga 10 ochkolik tizimda 10 ochko bergan bo‘lardim. Hazildan tashqari... Biz birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdik, birorta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadik, Portugaliyani, Serbiyani mag‘lub etdik, yaxshi futbol ko‘rsatdik. Bu juda ajoyib edi: Lvovdagi stadionda kuzatilgan noyob muhit, Olimpiya stadionidagi g‘azablangan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi - ehtimol, bu saralashning eng yorqin daqiqalari bo‘lishi mumkin. Serblar bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, ammo tan olishim kerak, ularning o‘zlari eng yomon uchrashuvlaridan birini o‘tkazishgandi. Biz ulardan butunlay o‘tib ketdik, har jabhada g‘alaba qozondik, tajovuzkorroq edik, hech narsa yaratishga imkon bermadik. O‘shanda «Atalanta» bilan muzokaralarim qaysi bosqichda bo‘lganini eslolmayman, lekin allaqachon boshlang‘ich rejalar mavjud edi. Nimadir hal bo‘layotgandi (kuladi).

Portugaliyaliklar Kiyevda ancha kuchli edi, ammo biz yaxlit jamoa sifatida yaxshiroq o‘ynadik. Barcha maksimal darajada ishladi, ham hujumda, ham mudofaada birdek o‘ynashdi. Lekin ko‘pchilik uchun yangilik bu bo‘lmadi, balki bizning texnik jihatdan ko‘rinishimiz: uzatmalar, tez qaror qabul qilishlar, bosimdan tezda chiqib ketishlar... O‘zimiz bundan hayron bo‘lmadik, chunki shunday futbolga uzoq vaqt tayyorlangandik.

«Endi barcha penaltilar meniki deb o‘ylamayman»

- Saralash turnirlarida har qaysi o‘yinda yutqazmaslik muhim, shu sababli Lyuksemburg va Litva ustidan qozonilgan g‘alabalar ham ahamiyatli edi. Ikki uchrashuvda litvaliklar darvozasiga uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldim. Hamma meni jarima zarbasidan urilgan gol bilan tabrikladi. Ular termada besh yildan oshiqroq vaqtdan beri hali bunday gol urilmaganini aytishdi. Ha, qulay vaziyatdan yaxshi zarba bera oldim. Ammo bu meni hayron qoldirmadi, chunki «Genk»da bu tarzda ikki yoki uch marta emas, bir necha marotaba gol urganman. Nima uchun barcha jarima va burchak zarbalarini men bajarmayapman? Chunki bizda buni qoyil qilib ijro etadigan yigitlar yetarli. Marlosning Portugaliyaga qarshi bahsda biz hisobni ochgan vaziyatdagi fantastik uzatmasini eslang.

Eng asosiysi, standartlarning mavjudligi, ularni qanday tarzda bo‘lishib olishimiz keyingi masala. Qaysi pozisiyadan, qanday vaziyatda va kim yaxshiroq bajarishini murabbiylar shtabi hal qiladi. Axir raqibni ajablantira olishingiz kerak-ku. Millatlar Ligasida Germaniya bilan o‘yinda masalan, men penaltidan gol urdim, ammo bu endi barcha penaltilar meniki degani emas. Bizda Andrey Yarmolenko va boshqa tajribali yigitlar bor. Oldin bu borada ishlashimiz kerak - ijrochi topiladi. Jamoamiz juda samimiy, murabbiylar shtabi bilan aloqalarimiz ham yaxshi. Ularni yevropaliklar deb aytgan bo‘lardim. Bizga ishonishadi, buni qadrlaymiz va ularni xafa qilib qo‘ymaslikka intilamiz. Hozir Andrey Shevchenkoning yordamchilari bilan italyan tilida gaplasha olaman, ba’zan Andrea Maldera bilan yozishib turamiz.

«Virus terma jamoamizga qattiq zarba berdi»

- Oxirgi Millatlar Ligasi - ancha qiyin davr bo‘ldi. Virus jamoamizga qattiq zarba bo‘ldi, ammo menimcha, bunga munosib tarzda bardosh berdik. Axir qanday raqiblar bilan qancha o‘yin o‘tkazdik. Qandaydir muvaffaqiyatsizliklar bo‘ldi, lekin muvaffaqiyatlar ham bo‘lgan. Ishonchim komilki, ushbu musobaqa biz uchun faqat foydali bo‘ldi. Pandemiya davrida ko‘plab yigitlar o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va ulardan ba’zilari foydalana olishdi. Murabbiylar shtabi ko‘plab foydali ma’lumotga ega chiqishdi va biz JCH-2022 saralashining ochilish o‘yinida Fransiyada ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Keyin ikkita durang bo‘ldi, ammo men buni muvaffaqiyatsizlik deb atamagan bo‘lardim. Finlyandiya o‘yin oxirida ko‘plab imkoniyatlar yaratdimi? Qanday qilib? Penalti kutilmagan vaziyatda yuzaga keldi. Qozog‘iston bilan o‘yin uchun o‘zimiz aybdormiz. Ikkinchi golni urib, o‘yinni yopish kerak edi. Bundan buyon sovuqqonroq bo‘lamiz. Oldinda hali uchrashuvlar ko‘p va biz kamchiliklarni to‘ldirishga ulguramiz. Hammasi o‘z qo‘limizda, lekin hozircha barcha o‘y-xayolimiz faqat Yevroga qaratilgan.

«Jismoniy holat hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin»

- Yevropa chempionatida juda qiziqarli guruhga tushib qoldik - barcha raqiblar turlicha va o‘ziga xosdir. Biz hamma jamoalar bilan yaxshi saviyada o‘ynashimiz mumkinligini bir necha bor namoyish etdik. Shunday ekan, barchasi faqat o‘zimizga bog‘liq. Nafaqat o‘yin nuqtai nazaridan, balki ruhiy jihatdan ham tayyor bo‘lishimiz muhim. Chidamlilik birinchi planga chiqadi - axir, o‘yinlar birin-ketin o‘tadi. Bir taktikadan boshqasiga tezda qayta qurish juda muhim - raqibga qarab murabbiylar oldimizga turli vazifalarni qo‘yishlari aniq. Aytgancha, jismoniy tayyorgarlik hal qiluvchi omil bo‘lishi mumkin. O‘yinchilarning aksariyatiga Yevroga tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki haftadan kamroq vaqt kerak bo‘ladi, zich mavsum borligini ham unutmaylik. O‘tgan yilning yozi qanday bo‘lganini hamma yaxshi eslaydi. Bu galgisi ancha yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman. Avvalo, Ukraina terma jamoasi uchun...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:44, 17.06.2021. O'qildi: 1493 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 5
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.