Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 28 70
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 28 44
6 Selta 28 41
7 Real Sosyedad 28 38
8 Espanyol 28 37
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 28 34
12 Jirona 28 34
13 Rayo Valyekano 28 32
14 Valensiya 28 32
15 Sevilya 28 31
16 Malyorka 28 28
17 Alaves 28 28
18 Elche 28 26
19 Levante 28 23
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche
28-тур Malyorka 2-1 Espanyol
28-тур Barselona 5-2 Sevilya
28-тур Betis 1-1 Selta
28-тур Real Sosyedad 3-1 Osasuna
28-тур Rayo Valyekano 1-1 Levante

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03/26 Elche - Malyorka
21/03/26 Espanyol - Xetafe
21/03/26 Levante - Real Ovyedo
21/03/26 Osasuna - Jirona
22/03/26 Sevilya - Valensiya
22/03/26 Barselona - Rayo Valyekano
22/03/26 Selta - Alaves
22/03/26 Atletik Bilbao - Betis
23/03/26 Real Madrid - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL klublarining omadli transferlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Oxirgi yillarda futbol jamoalari katta transferlarni amalga oshirishi muxlislarni unchalik ajablantirmay qo‘ydi. Hattoki klublar yosh iqtidorlar uchun ham million yevrodan voz kechib yubormoqda. Misol uchun, Angliya Premmer ligasini olaylik. Shu yillarda APL jamoalari tarkibni kuchaytirish maqsadida milliardlab summani sarflashdan ham qaytishmaydi. Lekin, shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, garchi Premyer liga klublari futbolchi uchun katta xarajat qilsa-da, futbolchilarini boshqa jamoalarga qimmat narxlarda sotishni ham yaxshigina uddalashadi. Quyida esa biz sizlar bilan aynan shu haqida suhbatlashamiz. Demak, APL tarixidagi eng qimmat transferlar.

Oskar

"Chelsi"dan "Shanxay SIPG"ga

Transfer narxi: 60 million funt

Oskar 2017 yilning yozida "Chelsi"ni tark etdi. Londongi so‘ngi mavsumida futbolchi juda kam maydonga tushdi. Shuning uchun ham braziliyalikning ketishi mantiqan to‘g‘ri edi. Biroq, ko‘pchilik futbolchining chin mamlakati chempionatiga borganiga hayron bo‘lishdi. Chunki, Oskar iqtidorli va Shanxay jamoasiga o‘tish vaqtida vinger bor yo‘g‘i 24 yoshda edi. Futbolchining o‘zi esa Xitoy Superligasini tanlaganidan afsuslanmasligini ta’kidlab o‘tdi. Oskar ushbu mamlakat chempionatida o‘zini juda yaxshi his qildi. Ammo, futbolchi so‘nggi intervyularida faoliyatining keyingi qismida "Chelsi"ga qaytish rejasi borligini ham yashirmayapti. Ammo braziliyalikning Londonga qaytishi hozir iloji bo‘lmagandek, kelajakda ham dargumon.

Romelu Lukaku

"Manchester Yunayted"dan "Inter"ga

Transfer narxi: 73 million funt

Lukakuning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati unchalik yaxshi bo‘lmagan. Shu sababli futbolchi 2019 yilning yozida Manchesterni tark etdi. Belgiyalik uchun "Inter" "mankunianlar’" hisob raqamiga 73 million funtni o‘tkazib berishga majbur bo‘lishgan. Ushbu kelishuvdan so‘ng "Manchester Yunayted" rahbarlari afsuslangan bo‘lsa ajab emas. Sababi, Romelu A Seriyaga o‘tgandan keyin "neradzurri"larning muhim futbolchisiga aylandi. Ketma-ket uchrashuvlarda maydonga tushib, jamoasi uchun muhim gollarni urishga muvaffaq bo‘lgan. Lukakuning Milanga kelishi Italiya klubi uchun ancha omadli bo‘ldi. Sababi, Antonio Konte boshchiligidagi "Inter" ushbu mavsumda "skudetto"ni qo‘lga kiritishga erishdi. Belgiyalik Italiya chempionatidagi ikkinchi mavsumida ham to‘purarlardan biriga aylandi. Yaqinda chiqqan xabarlarga asoslanadigan bo‘lsak, Romeluning goleadorlik qobiliyati qayta uyg‘onganini ko‘rgan "Manchester Yunayted" futbolchini yana qayta sotib olishni ko‘zlamoqda.

Luis Suares

"Liverpul"dan "Barselona"ga.

Transfer narxi: 75 million funt

Suares "Liverpul" tarkibida 3,5 mavsum o‘ynagan va 133 o‘yinda 82 gol kiritishni uddalagan. Urugvaylik faoliyatining eng yuqori cho‘qqisida bo‘lgan paytda, ya’ni 2014 yilning yozida Liverpulni Kataloniyaga almashtirdi. Ushbu transfer o‘sha paytda "qizillar" tarixidagi eng qimmat sotuvga aylandi. "Barselona"da Luis yanada yorqinroq o‘ynadi. U "ko‘k-anorranglilar" safidagi 283 uchrashuvida maydonga tushib, o‘z hisobiga 195 gol va 112 golli pasni yozdirib qo‘yishga erishdi. Suares Ispaniyaga kelishi oldidan bergan intervyularida "Barsa" tarixidagi eng yaxshi to‘urarlardan biri bo‘lishni xohlashini aytib o‘tgandi. Lekin, Luisning ushbu orzusi amalga oshmadi. Sababi, futbolchi 34 yoshida jamoasining azaliy raqibi bo‘lgan "Atletiko" safiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Suares "martaschilar" safida ham o‘zining ajoyib o‘yinini namoyish etdi va La-liga to‘purarlaridan biri bo‘ldi. Shuningdek, Madrid jamoasi muxlislarining anchadan beri xohlayotgan orzusi Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishni ham uddalagan.

Krishtianu Ronaldu

"Manchester Yunayted"dan "Real Madrid"ga

Transfer narxi: 80 million funt

Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etganda ancha yosh edi. 2009 yilning iyul oyida "Real Madrid" Krishtianu uchun Angliya klubiga naqd 80 million funt to‘lagan va albatta bundan sira ham afsuslanmagan bo‘lsa kerak. Portugaliyaliklarning "qirollik klubi"dagi davri juda yorqin o‘tdi. Hujumchi bir mavsum davomida 40, 46 va 48talab to‘p kiritishga erishgan. Ronalduning ushbu gollari "qaymoqranglilar"ga ko‘plab sovrinlarni yutishiga yordam berdi. 2018 yilning iyulida Ronaldu Madrid jamoasini tark etib va "Yuventus" klubiga o‘tdi. Krishtianu hali ham ko‘p gol urmoqda, ammo uning ushbu gollari Turin klubining muvaffaqiyatlariga unchalik katta yordam bermayapti. Sababi, "keksa sinyora"ning ishlari na Italiyada, na xalqaro maydonlarida yurishmayapti. Portugaliyalik ushbu mavsumda ham A Seriya to‘purari sifatida mavsumni yakunlagan bo‘lsa-da,lekin uning jamoasi 10 yil deganda "skudetto"ni qo‘lga kirita olmadi. Qolaversa, Chempionlar ligasidagi yurishini ham erta yakunlashga majbur bo‘ldi. Mish-mishlarga qaraganda, Ronaldu ushbu mavsum so‘ngida klubdan ketadi. Lekin, shuni ham aytib o‘tishimiz kerakki, portugaliyalik qaysi klubga o‘tsa ham, ushbu jamoani maksimal darajada kuchaytirishga qodir.

Garet Beyl

"Tottenxem"dan "Real Madrid"ga

Transfer narxi: 86 million funt

Beylning hikoyasi hamma uchun yaxshi ma’lum. Uelslik futbolchining Madriddagi faoliyati unchalik yaxshi yakun topmayapti. Sababi, "qaymoqranglilar" safida Garet bir tekisda o‘yin namoyish eta olmayapti. Ilgari Beyl "qirollik klubi"ning muhim futbolchisi bo‘lgan. Klubga o‘tganidan keyingi dastlabki mavsumlarda vinger 15, 13 va 19talab gol urdi. Futbolchi ichki maydonda ham, Yevropa maydonida ham "qaymoqranglilar"ga yordam berdi. Lekin oxirgi yillarda uelslikning Madriddagi ishlari yaxshi ketmayapti. Shuning uchun ham o‘tgan mavsumda "Real" rahbariyati uni sobiq jamoasi "Tottenxem"ga ijaraga berib yubordi. Mavsum avvalida "Real" futbolchidan qutilishni mo‘ljallayotgan edi.  Ammo, Madrid klubining yangi murabbiyi Karlo Anchelotti Beylni jamoada olib qolishini aytdi. Ehtimol uelslikning o‘yini endi ochilib ketar?!  

Eden Azar

"Chelsi"dan "Real Madrid"ga

Transfer narxi: 88 million funt

Aslida "Real" Azar uchun 88 million funtdan ko‘proq pul to‘lagan (yoki endi to‘laydi), ammo dastlabki transfer summasi xuddi shuncha etib belgilangan. Belgiyalik allaqachon "qirollik klubi"ning tarixidagi eng omadsiz transferlardan biriga aylanib ulgurgan. Chunki, Eden Madrid klubida "aristokratlar" tarkibidagi o‘yining yarmini ham namoyish etmayapti. Qolaversa, futbolchi ispan klubiga ko‘chib o‘tgandan keyin jarohatga moyil bo‘lib qolishi, shuningdek janjalli holatlar va ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolar ham Azarning yaxshi o‘yin ko‘rsata olmasligiga sabab bo‘lmoqda. Futbolchining o‘zi ham Ispaniya poytaxtda ajoyib o‘yin ko‘rsatishga maksimal darajada harakat qilmoqda va ushbu holatga "qaymoqranglilar" rahbariyatini ham ishontirishga urinib ko‘rmoqda, ammo vaqt o‘tgan sayin, "Real" muxlislari belgiyalikdan umidlarini uzishmoqda.

Filippe Koutinyo

"Liverpul"dan "Barselona"ga

Transfer narxi: 145 million funt

Koutinyo hali 30 yoshda ham emas, lekin u allaqachon Ispaniya va Angliya futboli tarixiga kirib kelgan. Braziliyalik futbolchining transferi "Liverpul", "Barselona" va APL uchun rekord darajadagi narx bo‘ldi. Endi Fil ham Kataloniya klubi tarixidagi eng "xavfli" transferlardan biriga aylanishga yaqin turibdi. Yarim himoyachining o‘yini "ko‘k-anorranglilar"ga o‘tganidan so‘ng darhol pasayib ketdi. Hatto, "Bavariya" tarkibida bir mavsum ijarada o‘ynashi ham futbolchiga yordam bermadi. "Barselona" endi Koutinyoga ortiq umid bog‘lamoqchi emas. Bundan tashqari, kataloniyaliklar futbolchini uchun "Liverpul"ga har xil bonuslarni to‘lamaslik uchun ham, uni tezroq sotishga harakat qilishmoqda. Albatta, Filippeda yana yaxshi darajaga qaytish uchun vaqt bo‘ladi. Ammo futbolchining karyerasi o‘tkinchi va hech kim yo‘qotilgan yillarini unga qaytarib bermaydi.

Kiritildi: 23:59, 13.07.2021. O'qildi: 4737 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Сельта Borxa Iglesias 11
9 Барселона Rafinya 11
10 Атлетико Aleksandr Serlot 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.