Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar. Kim ushbu sovringa ko‘proq loyiq?

Baho:
+ | -1
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2020-2021 yilgi mavsum va terma jamoalar o‘rtasidagi turnirlar ham o‘z yakuniga yetdi. Ochig‘ini aytganda, bu mavsumda futbol shunchaki yondi. Kutilmagan natijalar, kuchli qarama-qarshiliklar va ancha vaqt eslab yurishga arzigulik holatlarni bu galgi futbol mavsumi bizga taqdim etdi. Xo‘sh, bu safar kim eng yaxshi? "Oltin to‘p" sovrini kimga nasib etadi? Mazkur savol butun futbolga aloqador insonlar va muxlislar o‘rtasidagi aktual mavzuga aylanmoqda. Keling, bu sharafli nomga loyiq ko‘rilishi mumkin bo‘lgan futbolchilar va ularning natijalariga to‘xtalib o‘tamiz. 

Robert Levandovski (Polsha, "Bavariya")

Polshalik "yirtqich" to‘purar "Bavariya" tarkibida yaqin mavsumlar ichida ko‘plab gollar urib kelmoqda. Uning Myunxen klubida o‘rni beqiyos. Buni biz "PSJ"ga qarshi chorak final o‘yinida ham yana bir bor guvohi bo‘ldik. Aynan o‘sha ikki bahsda Robert jarohat olib, jamosiga yordam bera olmadi va myunxenliklar Parij klubiga mag‘lub bo‘ldi. Ha, u o‘z gollari bilan "Bavariya"ni yanada kuchliroq va "qo‘rqinchiliroq" qilib turadi. U yakunlangan mavsumda Bundesliganing 29 o‘yinida 41 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, YECHLda 5 ta va Polsha safida Yevro-2020 turnirida ham 3 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Leva 2020-2021 yilgi mavsumda "Bavariya" bilan Bundesliga chempioniga ham aylana oldi. Balki, bu safar u va jamoadoshlari o‘tgan yilgi kabi katta natijalarga erisha olmagandir. Shunday bo‘lsada, 32 yoshli hujumchi o‘z sermahsulligini maksimal darajada ko‘rsata oldi. 

Ngola Kante (Fransiya, "Chelsi")

"Kante charchamaydigan "6 ta o‘pkali" haqiqiy jangchi". "U maydonda bo‘lgan payti uning jamoasi bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaydi". Shu kabi tariflar fransuz yarimhimoyachisiga nisbatan ko‘p ishlatilib turiladi. U maydonda ko‘proq mehnat qiladi va foydali harakatlari amalga oshiradi. Yakuniga yetgan mavsum "Chelsi" keskin burilish qilib, YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritib ketdi. To‘g‘ri, Ngola butun mavsum bir xil tempda o‘ynamadi, ammo hal qiluvchi pallada jamaosini o‘zi bilan yetakladi. Agar, u Fransiya bilan ham Yevro-2020da g‘olib chiqqan taqdirda, bemalol uni "Oltin to‘p"ga asosiy da’vogar degan bo‘lar edik, ammo bir kam dunyo deganlariday u va jamoasi bu turnirni erta tark etdi. Kante mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lmas, ammo aniq ayta olaman, u o‘z nuqtasida eng yaxshisi bo‘ldi. Shuningdek, Kante "aristokratlar" "ko‘xna qit’a" chempioni bo‘lishida eng katta hissa qo‘shgan futbolchi hamdir. Buni hech kim inkor qila olmasa kerak. 

Jorjinyo (Italiya, "Chelsi")

"Chelsi"ning yana bir yarim himoyachisi Jorjinyo uchun ham yakunlangan mavsum o‘ta muvaffaqiyatli keldi. London klubining chempionligida u asosiy figura bo‘lmagandir, biroq terma jamoalar miqyosida eng nufuzli turnirlardan biri bo‘lmish Yevropa chempionatida uning ko‘rsatgan o‘yinlari taqsinga loyiq. Italiya terma jamoasi bilan u Yevropa chempioni bo‘la oldi va bu uning "Oltin to‘p" uchun kurashda imkoniyatlarini oshirishi aniq. Jorjinyo mehnatkash va omadli bo‘lishiga qaramay, top darajadagi futbolchi emas. Shunday ekan, u yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi biroz qiyin. Yanayam kim biladi deysiz. 

Janluiji Donnaruma (Italiya, "PSJ")

Ketma-ket ikki "Chelsi" futbolchisini da’vogarlar safiga qo‘shdim. Ketma-ketlikni davom ettiraman. Bu safar ikki italiyalik ro‘yxatda yonma-yon. Ha, Donnaruma Yevro-2020ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi va bu ro‘yxatga qo‘shilib qoldi. Umuman kutilmagan holatda, o‘zi kutmagan joyda paydo bo‘lib qoldi, bu yigitcha. Bilasizmi, xattoki u Yevro-2020ning eng yaxshi darvozaboni bo‘la olmaydi deb o‘ylagan edim. Pikford o‘ta "tejamkor" tarzda bu turnirni o‘tkazayotgan edi, ammo finalda hammasi hal bo‘ladi. So‘nggi o‘yinda qolgan 7 ta o‘yin unutiladi. Finalda Italiya g‘olib, penaltilar seriyasida Donnaruma qahramon va eng yaxshi o‘yinchi ham aynan 21 yoshli posbon.10 va xatto 100 ta piyoda bir bo‘lib, shoxga bas kela olmaydi. Shu o‘xshatishdan boshqasi hayolimga kelmadi. Shunday ekan, Donnaruma ushbu ro‘yxatga qo‘shilishga haqli. Axir, uning qo‘lida "asosiy figura" bor. 

Lionel Messi (Argentina, "Barselona")

Levandovskidan tashqari yuqoridagi 3 nomzod bu ro‘yxatda mehmon, aslida. Biroq Messini bemalol mezbon deyaversak bo‘ladi. U nima qilmasin bu ro‘yxatdan joy olaveradi. Uning iqtidori "Oltin to‘p" da’vogarlari orasidan tushib qolishga yo‘l qo‘ymaydi va har doim shunga yarasha o‘yin ko‘rsatadi. Leo yakunlangan mavsumni biroz sustroq boshladi, biroq mavsum o‘rtalaridan yaxshi temp oldi. Garchi, La Liga va YECHLda jamoasi va u omadsiz o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsada, Ispaniya Kubogi aynan "ko‘k-anorranglilar"ga nasib etdi. Shuningdek, Messi La Liganing to‘puari va eng yaxshi assistenti bo‘ldi. "Bular yetarli emas" deydiganlar topiladi, albatta. Yaqinda yakuniga yetgan "Kopa Amerika" turnirida Leo va Argentina terma jamoasi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. U bu g‘oliblikni uzoq kutgan edi. Turnirning to‘puari, eng yaxshi assistenti va eng yaxshi o‘yinchisi deb aynan Leo tan olindi. Har qanday kriteriyalar bo‘yicha Messi bu turnirning eng yaxshisi bo‘lib chiqdi. Dribling, kalit paslar, vaziyatlar yaratish hamma-hammasida u birinchi raqamli. Balki, Messi mana shu muvaffaqiyatidan so‘ng "Oltin to‘p" uchun ham asosiy nomzodga aylanib olgandir. Har holda undan yaxshiroq natijaga ega futbolchi yo‘q. 

Aslida, klublar miqyosidagi turnirlardan so‘ng da’vogarlar butunlay boshqacha tartibda joylashgan edi, biroq Yevro-2020 va "Kopa Amerika" turniri barchasini o‘zgartirib yubordi. Kim eng yaxshi bo‘lishga loyiq? Hozircha faqat taxminlar yangramoqda. Da’vogarlar qatorida esa bir nom yaqqol ajralib turibdi.  Yakunda ham "Oltin to‘p" o‘z "qadrdoni"niki bo‘ladimi yoki boshqaga nasib qiladimi? Buni vaqt ko‘rsatadi.   

 

                                                                              Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:19, 15.07.2021. O'qildi: 13631 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик