Saudiya Arabistonining “An-Nasr“ klubida to‘p surayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Forbes jurnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Reyting nashrning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Ronaldu ketma-ket to‘rtinchi yil va faoliyati davomida oltinchi bor serdaromad sportchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda. U so‘nggi 12 oy ichida soliqlar va agentlik to‘lovlarigacha bo‘lgan miqdorni hisoblaganda taxminan 300 million dollar ishlab topdi. Ushbu umumiy summaning qariyb 235 million dollari uning “An-Nasr” klubi bilan tuzilgan yillik shartnomasidan, 65 million dollari esa reklama, tadbirlaridagi ishtirok, lisenziyalash, esdalik sovg‘alari va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan tushgan.
Ronaldu sportchilar daromadlari reytingida olti marta peshqadam bo‘lish bo‘yicha Maykl Jordan bilan tenglashib oldi. Bu borada undan oldinda 11 marta yilning eng boy sportchisi reytingini boshqargan Tayger Vuds joylashgan. Shunga qaramay, Ronalduning so‘nggi ishlab topgan summasi tarixiy hisoblanadi.
2025-yilga nisbatan Ronalduning daromadi 25 million dollarga oshdi. Bu yil unga o‘z sport turlarida daromad bo‘yicha rekordlarni yangilagan yana ikki nafar sportchi hamrohlik qilmoqda.
"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi esa reytingda uchinchi o‘rinni band etdi. U bir yil davomida jami 140 million yevro ishlab topgan. Ushbu daromadning yarmi maydonda, qolgan yarmi esa maydondagi tashqaridagi faoliyati orqali topilgan.
“Ferrari” poygachisi Luis Hemilton so‘nggi 12 oy ichida taxminan 100 million dollar ishlab topdi. Bu uning 2021 yilda “Mersedes” tarkibida harakat qilgan paytida o‘zi o‘rnatgan Formula-1 rekordini (82 million dollar) yangiladi. “Los-Anjelos Dodjers” jamoasi yulduzi Shohey Otani esa 127,6 million dollar ishlab topib, beysbol boyicha Meyjor Liga “tojini” qaytarib oldi. Undan avval, 2025 yilda ”Nyu York Mes” tashqi himoyachisi Xuan Soto 114 million dollar bilan bir yil davomida peshqadamlik qilayotgan edi.