Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Paxtakor-79: Sirojiddin va qilichboz qiz

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

1976–1978-yillar davomida G.S.Titov nomli Respublika sport maktab-internati (hozirgi Respublika Olimpiya zahiralari kolleji)da tahsil olganman. O‘sha paytda bu maskanda respublikaning eng iqtidorli yosh sportchilari ta’lim olishar edi. Birgina futbol bo‘limining o‘zida, keyinchalik bosh jamoa – “Paxtakor” va mamlakat yoshlar termalarida to‘p surgan Dmitriy

Roman, Gennadiy Denisov, Igor Povolyayev, Zafar Selimov, Igor Burov, Konstantin Novikov,
Paxriddin Islomov, Vitaliy Jilkin, Hayitboy Irismetov, Sur’at Salimjonov singari yoshlar bilim
olish bilan birga, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli to‘p surishardi.

 

Sur’at bilan bir sinfda o‘qiganmiz, qolganlar esa bizdan bir necha yosh katta bo‘lgan va ularning
o‘yinlarini tribunadan miriqib tomosha qilardik. O‘sha paytda ular safida yana bir yorqin iqtidor
bo‘lgan, biroq u endi katta futbolga kirib kelayotgan paytda, 18 yoshida mash’um aviahalokat
natijasida halok bo‘lgan. Uning ismi-sharifi Sirojiddin Bozorov edi...

 

Sirojiddin aka bizdan 3-sinf yuqorida o‘qirdi. Odatda bitiruvchi bo‘lmish 10-sinf o‘quvchilari
ma’lum obro‘ga ega bo‘lardilar. Ularning aytgani va buyrug‘i qolgan barcha o‘quvchilar uchun
qonun edi. Sport sohasida ko‘zga ko‘rinib qolganlari uchun, hatto muallimlar ham ular bilan
hisoblashishar edi. Sirojiddin aka esa yetarli mavqega ega bo‘lishi uchun bitiruvchilikni kutib ham
o‘tirmagan. 9-sinfligidayoq butun internatni “ushlab” qo‘ygandi.

Yo‘q, u urishqoq yoki zo‘ravon emasdi. Samarqandlik bo‘lgan bu yigit chapani ekani va
haqiqatgo‘yligi bilan obro‘ qozongandi. Futbolni zo‘r o‘ynardi (bejiz o‘quvchilik paytidayoq
“Paxtakor”ga qabul qilinmagan).

O‘sha paytda butun internat bir sevishgan juftlikni muhokama qilardi. Sirojiddin aka bir qilichboz
qiz (hozir uning ismini ochiqlash, nazarimda, unchalik to‘g‘ri emas) o‘rtasidagi muhabbatdan
barcha xabardor edi. Ularning uchrashuvlarda odob doirasidan chiqqanini hech kim ko‘rmagan.
Bu juftlik kechqurunlari internat hovlisidagi o‘rindiqlarda uzundan-uzun suhbatlashib o‘tirishar
edi. Ichki nizomga ko‘ra har bir sinfga tarbiyachi belgilangan va u o‘quvchilarning vaqtida dars
tayyorlashi va uxlashga yotishiga mas’ul hisoblanardi. Lekin, yuqorida ta’kidlaganimdek,
Bozorovning obro‘si juda yuqori edi va hech qaysi tarbiyachi uning bu “quloqsizligi”ga e’tiroz
bildira olmasdi.

O‘sha qizni hali ham yaxshi eslayman. Oppoqdan kelgan, durkungina toshkentlik qiz edi. Aynan
shuning uchun ham, ya’ni yashash joydagi tafovut tufayli yoshlar ko‘pincha tortishib qolishardi.
Sirojiddin aka unga uylanishini aytib charchamas, qiz esa ota-onasi uni Samarqandga
uzatmasligini qayta-qayta ta’kidlardi.
Biz ular tortishayotganini bitta “signal”dan bilardik. Sirojiddin aka 3-qavatda istiqomat qilardi va
ko‘pincha xonasidan yoqimli musiqalar eshitilardi. 1975-yili Shvesiyaning ABBA guruhi
“ABBA” nomli albomi bilan butun dunyo xit-paradlarining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan.
1976-yil Toshmuhamedov nomli Toshkent gramplastinka zavodi shu albomni o‘zimizda
chiqargan. Anqoning urug‘iga aylangan ana shu plastinka Sirojiddin akada bor edi va u baland
ohangda qo‘yilganda biz sevishganlar tortishayotganini bilardik. Sokin paytda past tovushdagi
sevgi izhorlarini hech kim eshitmagandek, ular tortishganda hamma ABBAni eshitardi, janjal
mavzusi esa musiqa sadolari ortida qolib ketardi...

Xorij estradasiga qiziqishim o‘sha paytda boshlangan. Hozirda uydagi kompyuterimda
“shlyager” nomli papka bor va unda 80-yillar diskotekasidagi eng mashhur qo‘shiqlar saqlangan.
Bo‘sh qolgan paytlarim yorqin xotiralar sifatida ularni eshitib turaman va navbat “AVVA”
albomiga kelganda internatdagi sevgi afsonasini eslayman.

Mendan tashqari yana bir inson ham huddi shunday qilishiga ishonaman. Bu o‘sha qilichboz qiz.
U allaqachon nevara-evarali bo‘lib ketgandir. Lekin avgustda ketma-ket ikki kunni o‘tmish
xotiralari bilan o‘tkazadi. 10-avgust kuni uning birinchi muhabbati – Sirojiddin Bozorovning
tug‘ilgan kuni va u ABBA musiqasi ostida hayolan marhumni eslab pichirlab tabriklaydi. Bugun,
11-avgust kuni esa “Paxtakor” halokatga uchragan kun. U yaratgandan Sirojiddin akasi bilan
jannatda ko‘rishishni iltijo qiladi...

 

Abror Imomxo‘jayev

Manba: Xabardor.uz
Kiritildi: 13:39, 11.08.2021. O'qildi: 3461 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик