Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolchilikdan murabbiylikkacha: ustozga aylangan shogirdlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol dunyosida nafaqat o‘yinchilik davri bilan, balki undan keyingi murabbiylik faoliyati bilan ham ma’lum va mashhur shaxslar mavjud. O‘z kasbi so‘ngida murabbiylik va menejerlik sohasiga qadam qo‘yish ko‘plab futbolchilar uchun o‘ta murakkab jarayon sanaladi. Shuning uchun hamma ham bu ishga qo‘l uravermaydi. Shunday o‘yinchilar borki, ular tarixda futbolchilik bilan bir paytda butun boshli jamoani boshqarib, o‘z ortidan ergashtira olgan. Hozir bir nechta ana shunday futbol fidoyilari haqida gap ketadi.

1. Ueyn Runi, «Derbi Kaunti»

O‘z faoliyatini futbolchi sifatida mardonavor yakunlagan Ueyn Runi ko‘p muddat sevimli kasbidan uzilib qolmadi. Jismoniy imkoniyatlaridan maksimal foydalangandan so‘ng, u murabbiylik qila boshladi. Ingliz hujumchisi 2020 yilda Chempionship jamoasi «Derbi Kaunti» bilan shartnoma imzoladi. O‘zining ilk murabbiylik mavsumini to‘la-to‘kis va omadli o‘tkaza olmagan bo‘lsa ham Runi harakatdan to‘xtagani yo‘q.

2. Vinsent Kompani, «Anderlext»

«Manchester Siti»dagi uzoq davrli o‘yinlaridan keyin belgiyalik himoyachi 2019 yilda o‘z faoliyatini boshlagan joyga, «Anderlext»ga qaytadi. Eski jamoa uni dastlab 2019-2020 yilgi mavsum uchun o‘yinchi-murabbiy sifatida ishga oladi. Ammo u o‘sha mavsumdayoq klubning 1998-1999 yildan beri eng yomon natijasi sababchisiga aylanganidan so‘ng, tezda ishdan bo‘shatiladi. U mavsum so‘ngida jamoadan ketishga majbur bo‘ladi.

3. Piter Reyd, «Manchester Siti»

Reyd 1980 yillarning eng mashhur va afsonaviy futbolchisi sifatida hammaning ongida qolgan edi. Sobiq futbolchi 1990 yilda «Siti»ga o‘ynovchi-murabbiy sifatida ishga o‘tkach, barchasi yaxshi tomonga o‘zgargandek edi. Ketma-ket ikki yil PL turnir jadvalida beshinchi o‘rin egallanishi hamda «MYU»dan yuqorida mavsum yakunlanishi jamoada Reyd qo‘lini sezdirib turardi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay 1993 yilda u iste’foga chiqariladi.

4. Samuel Eto'o, «Antalyaspor»

Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz! O‘z vaqtida barchaning sevimli hujumchisiga aylangan «Barsa»ning sobiq futbolchisi Eto'o faoliyatini yakunlagach, 2015 yilda Turkiya safariga tutinadi. U «Antalyaspor» klubi bilan bitimga kelishib, o‘z tajribasi, qobiliyati va kuchini murabbiyga aylanish uchun sarfladi. O‘sha yilning dekabr oyida jamoaga o‘yinchi-murabbiy sifatida kelgan mutaxassis futbolchi bir necha oy davomida klub muxlislariga nimalarnidir isbotlashga harakat qilib ko‘radi.

5. Hans-Piter Flik, «Viktoria»

O‘z futbolchilik faoliyatini boshlagan klubda yana davom ettirish imkoniyati nasib etgan futbolchilardan biri bu Flikdir. Nemis futbolchisi 90 yillarda o‘z faoliyatini gullagan davrini boshdan o‘tkazdi. Ko‘p o‘tmay esa o‘z jamoasi «Viktoria Bammental» bilan shartnoma imzolab, 2000 yilgacha u yerda barqaror ravishda o‘yinchi hamda murabbiy bo‘la olgan edi.

6. Jon Toshak, «Svonsi»

«Liverpul» klubidagi sakkiz yillik faoliyatidan keyin jarohatlar olib maydonni erta tark etgan Toshak o‘z ishini 1978 yildan boshlab «Svonsi»da davom ettiradi. U o‘sha yiliyoq, 29 yoshida jamoada o‘yinchi-murabbiylik qila boshlaydi. Toshak jamoani ikkinchi divizonga ko‘tarilishiga katta yordam beradi. Qolaversa, klub tarkibida to‘purarlikni ham qo‘lga olgan edi. Uning harakatlari jamoani yuqori marralar zabt etishida muhim rol o‘ynaydi.

7. Kenni Dalglish, «Liverpul»

Jamoaning eng muvaffaqiyatli xaridi sifatida e’tirof etiluvchi «Liverpul» forvardi Dalglish 1985 yilda murabbiylik roliga ko‘tariladi. U ilk mavsumidayoq Birinchi divizionda chempionlikni nishonlaydi. Qolaversa, jamoani o‘sha yili mamlakat kubogi sohibiga aylantiradi. U 1987 yilga qadar jamoasi bilan ikkita liga titulini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi. Uning o‘yinchi hamda murabbiylik davri shonli onlarda yuz beradi.

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:55, 12.08.2021. O'qildi: 3345 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик