Bugun 30 dekabr, 2025 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 29.12.2025 00:45
      • Atalanta
      • 0:1
      • Inter
      • 30.12.2025 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 31.12.2025 00:30
      • Byornli
      • -:-
      • Nyukasl
      • 31.12.2025 00:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Bornmut
      • 31.12.2025 00:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Everton
      • 31.12.2025 00:30
      • Vest Xem
      • -:-
      • Brayton
      • 31.12.2025 01:15
      • Arsenal
      • -:-
      • Aston Villa
      • 31.12.2025 01:15
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Vulverhempton
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 18 42
2 Manchester Siti 18 40
3 Aston Villa 18 39
4 Liverpul 18 32
5 Chelsi 18 29
6 Man. Yunayted 18 29
7 Sanderlend 18 28
8 Brentford 18 26
9 Kristal Pelas 18 26
10 Fulhem 18 26
11 Tottenhem 18 25
12 Everton 18 25
13 Brayton 18 24
14 Nyukasl 18 23
15 Bornmut 18 22
16 Lids 18 20
17 Nottingem Forest 18 18
18 Vest Xem 18 13
19 Byornli 18 12
20 Vulverhempton 18 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
18-тур Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
18-тур Arsenal 2-1 Brayton
18-тур Brentford 4-1 Bornmut
18-тур Byornli 0-0 Everton
18-тур Liverpul 2-1 Vulverhempton
18-тур Vest Xem 0-1 Fulhem
18-тур Chelsi 1-2 Aston Villa
18-тур Sanderlend 1-1 Lids
18-тур Kristal Pelas 0-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

31/12/25 Byornli - Nyukasl
31/12/25 Chelsi - Bornmut
31/12/25 Nottingem Forest - Everton
31/12/25 Vest Xem - Brayton
31/12/25 Arsenal - Aston Villa
31/12/25 Man. Yunayted - Vulverhempton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Har safargisidan ham qiziqroq A Seriya. Start oldidan italyan grandlarining potensiali qay ko‘rinishda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

A Ceriyaning o‘tgan mavsumi, tarixiy voqelik sifatida ko‘pchilikning yodida qolib ketdi.

«Inter» «Yuventus»ning uzoq davom etgan gegemoniyasini buzib, 11 yil deganda mamlakat chempioni nomini o‘zgartirdi. «Milan» uzoq yillik tanaffusdan so‘ng nihoyat Chempionlar Ligasiga qaytdi. «Atalanta» ikkinchi mavsumdirki, o‘zining yetuk o‘yini va top-klub maqomini tasdiqlamoqda. Italiya chempionatining bugun boshlanadigan yangi mavsumi yanada qiziqarli va hayajonli voqealarni muxlislarga va’da qilishi tayin. Stadionlarga ham tomoshabinlar qaytishni boshlagan. 

Stadion.uz esa Skudetto uchun asosiy da’vogar jamoalarning imkoniyatlari xususida fikr almashadi. 

Liderisiz qolgan «Inter»

Mamlakatning amaldagi chempioni o‘z kubogini bu safar himoya qilishi ancha qiyin bo‘ladi deya taxmin qilinmoqda. Yozda «Inter» o‘zining eng yaxshi ishongan tog‘lari - Romelu Lukaku va Ashraf Hakimilarni qo‘yib yubordi. Bu yerda rahbariyat qo‘ygan talabga qarshi chiqishning iloji bo‘lmadi. Og‘ir moliyaviy ahvol sababli jamoa yuqoridagi futbolchilarini sotishga majbur bo‘ldi. Ulardan oldinroq Kontega ham iste’fo berildi. Uzoq yillik tanaffusdan so‘ng jamoaga chempionlikni taqdim etgan murabbiy uchun bu albatta hurmatsizlik belgisini bildirardi. Klub rahbarlarining fikricha, yutib berilgan kubok qaytaga bosh staffga qimmatga tushib ketgan. Naqadar mantiqsiz holat!

Ko‘rinib turibdiki, bu «neradzurrilar»ning amalga oshirgan majburiy chorasi edi, lekin rahbarlar bu futbolchilarga hech bo‘lmaganda munosib o‘rinbosar ham topa olishmadi. Hakimi o‘rniga «qora-ko‘klar» PSVdan Denzel Dyumfrisni 12,5 million yevroga sotib olishdi. Gollandiyalik futbolchi o‘z chempionatida o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatgandi, ammo uning A Seriyada qanday o‘ynashi haligacha so‘roq ostida turibdi. Xo‘sh, 35 yoshli Edin Jeko qanday formada? Ko‘pyillik tajribasiga qaramasdan u baribir Lukakuga haqiqiy o‘rinbosar bo‘la olmaydi. Shu ma’noda ham «Inter»ni yaqqol lidersiz qolgan jamoa sifatida ta’riflasak bo‘ladi. Simone Indzagining «Lasio»dagi ishonchli o‘yini endi «Inter»da Skudettoni yutishga yetarmikan?

«Yuventus» Skudetto poygasiga qaytmoqda

Bunday deyishimizga sabab mavsum sari ahvoli yomonlashib borayotgan «zebralar» boshiga jamoaning tajribali va o‘ziga qadrdon murabbiyi Allegri qaytganligida. O‘tgan mavsum «Yuventus» va rahbariyat uchun anchayin halokatli yakunlandi. «Byankonerilar» yuqorida ta’kidlaganimiz, ketma-ket to‘qqiz mavsumlik gigamoniyasidan so‘ng g‘oliblikni «Inter»ga boy berib qo‘yishdi. Chempionlar Ligasida esa doimgidek ilk bosqichlardanoq qoqildi. Bu safar Allegri bilan endi «keksa sinyora»ning chempionlik uchun imkoniyatlari sezilarli darajada oshishi tabiiy hol.

Qolaversa, «Yuventus» transferlar bozorida juda yaxshi ishlayapti. «Byankonerilar» umidli hujumchi Kayo Xorxe bilan shartnoma imzoladi, «Shalke»dan umidli Ueston Makkennini sotib oldi va «Sassuolo»dan esa Manuel Lokatelli ijaraga olindi. Bular albatta «Yuventus»ning A Seriya g‘olibligi uchun imkoniyatlarini keskin oshirsa ajab emas.

Mourinyoning qaytishi

Joze Mourinyoning «Roma» bosh postiga tayinlanishi A Seriyaning mavsumlararo eng katta yangiliklaridan biri bo‘ldi desak yangilishmaymiz. Portugaliyalik mutaxassisning bu yerga qaytishi chempionatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgani rost. Mour A Seriyada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Ammo bu voqea sodir bo‘lganiga 10 yildan oshib ketdi. Rim klubiga tayinlanish, u uchun bir tomondan qiyinchilik, ikkinchi tomondan esa tanqidchilarga o‘zining top murabbiy bo‘lib qolaverishini isbotlashiga so‘nggi imkoniyat.

«Bo‘rilar» Mourinyo boshchiligida o‘zini qanday ko‘rsatishi esa barchaga birdek qiziq. Jamoaning Konferensiyalar ligasiga katta mas’uliyat bilan yondashishlari dargumon. «Roma»ning asosiy maqsadi albatta, kelasi mavsum uchun Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish bo‘ladi. Albatta, portugaliyalikning kelishi rimliklar uchun muntazam ommaviy axborot vositalari nishonida bo‘lishini ta’minlaydi, biroq shu o‘rinda natijalarni ham unutmaslik kerak.

«Milan»ning ambisiyalari

O‘tgan mavsumda «Milan» A Ceriyada 2-o‘rinni egalladi va bu jamoa uchun katta muvaffaqiyat sifatida e’tirof etildi. «Rossonerilar» uzoq vaqtdan beri birinchi marta Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi, lekin murabbiy va futbolchilar bu bilan cheklanib qolmoqchi emaslar. Endi «qizil-qoralar» ikki frontda ham teng darajada kurashishlariga to‘g‘ri keladi. Kelgusi mavsumda Stefano Pioli shogirdlari bu borada jiddiy sinovdan o‘tsalar ajab emas. Ammo «Milan» tarixiy jihatdan o‘z ambisiyalariga ega bo‘lgan jamoa.

Klub doimiy ravishda tarkibni kuchaytirish ustida ishlab keladi. «Rossonerilar» transferlar oynasida ancha faol bo‘ldi. Klub Liga 1ning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Mayk Menyan bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, Olivye Jiru kabi hujumchi ham jamoaga qo‘shib olindi. «Qizil-qoralar» o‘z navbatdagi Fikayo Tomori va Braim Diaz kabi muhim o‘yinchilarni jamoada saqlab qolishga erishdi. Shu va boshqa jihatlarni-da olib qaralsa, «Milan» o‘sishda davom etmoqda va har qanday holatda ham chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib qoladi.

«Napoli»ning umidlari bu safar ham puch yong‘oqqa aylanadimi?

O‘tgan yilgi mavsumda «Napoli»ga Chempionlar Ligasiga chiqish uchun birgina ochko yetishmadi xolos. 2019/20 yilgi mavsumda neapolliklar A Seriya turnir jadvalida 7-o‘rinni egallagan edilar. «Adzurri» prezidenti Aurelio De Laurentis kelasi mavsumdan boshlab jamoadan umidlari katta ekanligini aytgandi. Lekin maqsadlarga erishish uchun 2 yildan beri mashg‘ulot o‘tkazmagan Luchiano Spalettining tayinlanishi bizga ancha mantiqsiz holatdek tuyulmoqda. De Laurentisning o‘zi mavsum boshlanishidan oldin jamoada ba’zi muammolar borligini ochiqchasiga tan oldi. «Napoli» transferlar oynasida o‘zining ikki himoyachisi va bir yarim himoyachisini yo‘qotdi.

Xaridlar borasida esa birgina «Inter»dan qanot himoyachisi Matteo Politano sotib olindi. Bundan tashqari, darvozabon David Ospina, hujumchi Dris Mertens va jamoa sardori Lorenso Insinyelar bilan shartnomalar uzaytirildi. Neapolliklarga har doim chempionlik yo‘lida nimadir to‘sqinlik qilib qoladi. Yangi mavsumda esa qanday bo‘ladi - buni vaqt ko‘rsatadi.

Sarrining «Lasio»dagi yurishi - sirli jamoa

Sarrining «Lasio»ga tayinlanishiga biroz kutilmagan hol sifatida qaraldi. Mutaxassisning oldin «Yuventus» va «Chelsi» kabi klublarni boshqarganini hisobga olsak, bu biroz kutilmagan qaror bo‘ldi. Har doim italiyalik murabbiy o‘z jamoasiga moslashib olish uchun 1 mavsumni qurbon qilardi. Murabbiyga vaqt berilishi mayli, kutilar, lekin futbolchilarning saviyasi uning talablariga javob bera olarmikin, bu boshqa masala.

Sarrining «Chelsi»ni tark etishida unga «ko‘k»larning yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmagani sabab bo‘lgandi. Rimda mutaxassisning jamoani kuchaytirishi uchun rahbariyat ko‘p pul sarflay olmaydi. «Burgutlar»ning tarkibi esa ancha eski. Eng asosiysi, yangi murabbiyning uslubi futbolchilar avvalroq o‘rganganlari - Indzagining o‘yinidan butunlay farq qiladi. Umuman olganda, «Lasio» mavsum oldidan katta jumboqli jamoa bo‘lib qolyapti. Ammo boshqa tomondan Sarri ishlagan jamoalar doim barchaga qiziq bo‘lgan.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 20:32, 21.08.2021. O'qildi: 5134 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Тоттенхэм Risharlison 7
8 Брайтон Denni Uelbek 7
9 Манчестер Сити Filip Foden 7
10 Ньюкасл Nik Voltemade 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.