Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eng yaxshi va eng yomon: muxlislar didi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Liboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol olamida maydon, undagi o‘yinchilar, murabbiylar, taktikalar va boshqa omillardan chetda bo‘lgan narsalar ham mavjud. Klub imiji haqida gap ketganida, beixtiyor birinchi navbatda futbolchilar egnidagi libos ko‘z o‘ngimizga keladi. Bu narsa hozirgi dunyo futbolida daromadli tarmoqlardan biri sifatida qaraladi. Hatto siz biror jamoaning eng ashaddiy muxlisi bo‘lsangiz ham, klub yoki terma jamoa formasi uchun pul sarflayotganingizda ikki martalab yaxshilab o‘ylab, keyin xarajat qilasiz. Shunda ham libos ko‘rinishi sizga ma’qul kelganida, albatta.

«Manchester Siti»ning yangi mavsum uchun taqdim etgan uchinchi raqamli libosi ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. «Puma» tomonidan dizaynlashtirilgan forma muxlislar tomonidan tarixdagi eng yomon uchinchi to‘plam degan nom oldi. Xuddi shu kabi, «Ayaks» uchun tayyorlangan yangi libos ham jiddiy e’tirozlar ostida qolgan. Quyida siz muxlislar tomonidan eng yaxshi hamda eng yomon deb topilgan klub liboslar bilan tanishasiz. Ularning bari jamoa uchinchi raqamli libosi sifatida taqdim etilgan edi.

Eng yomon:

«MYU», 1992-93 yilgi mavsumda

«Qizil iblislar» ushbu to‘plamda Nyuton Xitning davrini esga olgan edi. 1878 yilda jamoa shu nom ostida tashkil etilganlarida ular yashil rangdagi futbolka kiygan, libos o‘rtasidan oltinrang chiziq tortilgan edi. Jamoaning 90 yillar boshida taqdim etilgan libosi ham xuddi shu ko‘rinishga ega bo‘lib, muxlislar tanqidiga sabab bo‘ladi.

«Liverpul», 2012-2013 yilgi mavsumda

Mersisaydliklar o‘sha mavsumdagi libosi uchun katta malomatlarga qolib ketgan edi. Bu libosni hatto Luiz Suarez ham yoqtirmagan deyishadi. «Warrior Sports» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan futbolkalar siyohrang hamda sariq ranglar kombinasiyasidan iborat bo‘lgan. Bu ranglar ayrim ta’sirchan ko‘zlar uchun juda og‘ir qabul qilingan. «Siti»ning yuqorida aytilgan libosigacha, mana shu to‘plam APLning eng yomon to‘plami sifatida e’tirof etilardi.

«Tottenxem», 2006-2007 yilgi mavsumda

Jigarrang rangli futbolka «shporlar» uchun o‘ta g‘alati va noan’anaviy edi. Shunday bo‘lsa ham 2006 yilgi mavsumdan jamoa shokoladrang liboslarda ko‘rinish beradi. Bu London jamoasi uchun tanqid toshlari otilishiga asos bo‘lgan edi.

«Chelsi», 2020-2021 yilgi mavsumda

«Aristokratlar» uchun o‘tgan mavsum omadli kelgan bo‘lsa ham, ularning imiji borasida bunday deya olmaymiz. G‘arbiy London klubi uchinchi raqamli libosi orqali «Kristal Pelas»ga qiyoslanadi. Bu esa klub muxlislarini Twitter`da «isyon» ko‘tarishiga sabab bo‘lgan edi. Klub a’zolari mavsumning ilk oylaridayoq libos noqulayligini o‘zlarida his etishadi.

Eng yaxshi:

«Roma», 2019-20 yilgi mavsumda

Zamonaviy futbol liboslari haqida gap ketganida, italiyaliklar didiga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. «Roma»ning 2019-2020 yilgi mavsum uchun taqdim etgan uchinchi raqamli formasi 90 yillar klassik uslubini yodga solar edi. Mumtoz rimliklar tepaligida «Lupetto»(bo‘rining boshi) quyuk ko‘k rang fonida tasvirlangan. Bu o‘ziga xos klub maqsadlariga hamohanglik berardi.

«MYU», 1993-1994 yilgi mavsumda

Qora rang aralashgan har qanday narsada biroz sovuqlik mujassam sanaladi. «Qizil iblislar» 90 yillar markazida ajoyib ko‘rinish kasb etishdi. O‘shanda jamoaning uy yoki mehmon formasi emas, balki uchinchi raqamli libosi barcha yodida qolishga muvaffaq bo‘lgan. Futbolkadan ko‘k va sariq rangli chiziqlar o‘tkazilgan edi. Shuni ham aytish kerakki, afsonaviy to‘plamlar uni kiyib yurgan ajoyib futbolchilar sababli ham esda qoladi. Erik Kantona mana shunday afsonaviy libosdagi, afsonaviy shaxs edi. Harxolda, muxlislar uni haligacha shunday eslashadi.

«Arsenal», 2021-2022 yilgi mavsumda

«Kanonirlar» maydondagi harakatlari bilan maqtana olishmasada, hech bo‘lmaganda ular kiyib olgan libos zamonaviy va o‘ta didli. O‘tgan hafta «Brenford»ga qarshi mag‘lubiyatli kechada, jamoa ko‘k zig-zag naqshga ega yangi mavsum uchun uchinchi to‘plamda debyut qilgan edilar. «Adidas» tayyorlafan libos yoqasida esa muxlislarga ruh bag‘ishlovchi «Hamma narsa Arsenal uchun» shiori yozib qo‘yilgan. Bu libos ham aslida 90 yillar mahsuli bo‘lib, unda Dennis Bergkamp ham maydonda harakat qilgan edi. Aynan uning aqlga sig‘mas ajoyib harakatlari mana shu ko‘k rangli futbolkada amalga oshirilgan deyish mumkin.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.uk
Kiritildi: 21:18, 21.08.2021. O'qildi: 6705 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик