Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • 4:1
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • 1:1
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Lechche
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • -:-
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • 3:0
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Valensiya
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 4:1
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 0:1
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • 0:1
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • 2:0
      • Everton
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Tottenhem
  • O‘zbekiston superkubogi
      • 15.03.2026 19:30
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 27 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 27 31
16 Alaves 28 28
17 Elche 28 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Van Deyk «qaynoq» o‘yinlardan umidvor

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan mavsum jiddiy jarohat tufayli deyarli o‘ynamagan Virjil van Deyk yana safda. Bu «Liverpul» ustozi Yurgen Kloppni rosa xursand qilayotgani tayin. Qolaversa, niderlandiyalik himoyachi yaqinda «qizillar» bilan shartnomasi muddatini uzaytirdi va endi 2025 yilning yozigacha «Enfild Roud»da qoladi. Ma’lumot uchun, u yangi mavsum startidan oldin klubda hamkorlik bitimini yangilagan 4-futbolchi bo‘ldi. «Liverpul» rasmiy sayti shu bahona Virjilni suhbatga chorladi.

- Virjil, avvalo, yangi shart­noma bilan tabriklaymiz. Hozirda aynan nimalarni his qilyapsiz?

- Hamkorlikni davom ettirishdan xursandman va bundan faxrlanaman. Oilam ham g‘ururlanmoqda. Xullas, hozirgacha bajargan mashaqqatli ish besamar ketmayapti. Muhimi, klubdagi kelajagimga ishonch bilan qarayapman. Umid qilamanki, ulkan zafarlarimiz hali oldinda.

- Shartnoma muddatini uzaytirish masalasida bir to‘xtamga kelishda qiynalmadingizmi?

- Yo‘q, aslo. «Liverpul» safiga qo‘shilgan birinchi kundanoq muxlislar, jamoadoshlarim va klub xodimlari mehrini yaqqol his qildim. Hamma meni  birdek qo‘llab-quvvatladi. Shu munosabat o‘laroq, jamoaning bir qismiga aylanishim mumkinligini tushundim. Hammasi kutilganidan-da yaxshi ketayotgandi, afsuski, avvalgi mavsum ritmni buzdi. Ochig‘i, barchasini yana esga olishni aslo xohlamayman. Asosiysi, bu yerda o‘tkazgan vaqtdan chinakamiga zavqlandim, keyinchalik ham shunday bo‘lishini istayman. Albatta, muxlislar bilan birga imkon boricha ko‘proq shodlanishni xohlayman.

- «Liverpul»ga 3,5 yil oldin kelgandingiz. Hozir Liverpulda o‘zingizni xuddi uydagidek his qilayotgandirsiz...

- Ha, albatta. Aynan jamoadoshlarim, klub xodimlari va muxlislar tufayli yangi muhitga moslashishda muammo sezmadim, nisbatan qisqa fursatda hammasiga ko‘nikdim. Albatta, bunda meni nihoyatda iliq kutib olishgani ta’siri bor.

- Ortda qolgan vaqtda «Liverpul»ga munosabatingiz nechog‘li o‘zgardi? Bu yerga kelishdan oldingi tasavvurlaringiz to‘g‘ri chiqdimi?

- O‘ylaymanki, ko‘pchilik «Liverpul»ning qanday klub ekanligini biladi. Lekin jamoa naqadar katta va buyukligini teran anglash uchun uning ichiga tushish kerak. Demoqchimanki, barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz boshqacha, baribir. Albatta, «Liverpul» bilan shartnoma tuzishdan oldin ham jamoaning dahshatli muxlislar armiyasi haqida eshitgan, uning naqadar fidoiy ekanligini bilganman. Lekin deylik, AQSHda olib borilgan o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini chog‘i jamoa muxlislari geografiyasi men o‘ylagandan ancha kengligini tushundim. Hammasi shunchaki, fantastik darajada, muxlislarimizni nihoyatda yaxshi ko‘raman.

- Fabinyo, Alisson va Trent-Aleksandr Arnold ham yaqinda klub bilan yangi shartnoma tuzdilar...

- Bu yigitlar jamoaning muhim a’zolari, saviyali futbolchilar. Shunday ekan, ularning yangi bitim ostiga imzo chekishgani - yaxshi yangilik. Bu jumladan, klub uchun ham muhim lahzadir.

- Kayfiyat qanday, to‘liq kuch bilan o‘ynashga tayyormisiz?

- Avstriya va Fransiya yig‘inlarida qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazildi va ularda maydonga tushdim. O‘ylaymanki, muammo ortda qoldi va endi tezroq yuqori sport formasini tiklasam, bas. Menimcha, yangi mavsumda aksariyat o‘yinlar «qaynoq» o‘tadi. Shunday ekan, bor kuch bilan to‘p surish talab etiladi.

- Jamoa muxlislariga nima deysiz?

- O‘yinlardan zavqlaning, bizni butun mavsum davomida oldingidek, qo‘llab-quvvatlang. Sizlarni sog‘inib qoldik. Qanday o‘ynashimiz sizlarga ham bog‘liq, albatta.

- Yangi mavsum uchun shaxsiy maqsadlaringiz...?

- Iloji boricha ko‘proq o‘ynab, avvalgi maromga qaytish. Yaxshiyamki, faoliyatimda ko‘p jarohatlangan emasman. Umid qilamanki, o‘tgan mavsumdagi holat yagona bo‘lib qoladi. Tabiiyki, uzoq vaqt maydon chetida qolgan futbolchining to‘liq tezlik olishiga ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Muhimi, organizmimni, qancha yuklama olishim kerakligini yaxshi bilaman. Qolganini mavsum davomida ko‘ramiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 25.08.2021. O'qildi: 2406 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.