Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ular ketmoqchi edi, ammo...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yoz tugamoqda... Bu shuni anglatadiki, transferda oynasi ham tez orada yakuniga yetadi. Bunda biz bir-biridan shov-shuvli va qiziq ko‘chishlarga guvohi bo‘ldik. Eng kattasi esa hali oldinda ko‘rinadi. Hatto, Ronaldu ham o‘z klubini tark etib ulgurdi. Uning keyingi manzili Angliya ekanligi aytilgan. Ammo qaysi klubgaligi hozircha aniq emas. Mayli, hozir gap mutlaqo boshqa narsa haqida ketadi. Moziyga nazar solar ekanmiz, kuchli va barchaning e’tiborida bo‘lgan futbolchilar doimo haridorgir bo‘lganiga guvoh bo‘lamiz. Shunday o‘yinchilardan biri zamonamizda ham bor va u Harri Keyndir. U ketishni istadi, ammo olib qolindi. Qanday qilib bunga erishilganini siz yaxshi bilasiz.

1. Harri Keyn

Harry Kane

«Tottenxem» rahbari Daniyel Levi «Man Siti»ning shuncha urunishlariga qaramay, Keynni jamoada olib qoldi. Uning yana bir mavsumi Londonda o‘tadigan bo‘ldi. Keynning o‘zi esa boshqa jamoaga ketishni istaganini ochiq aytgandi. Ammo uning istagi inobatga olinmadi. Shundan so‘ng futbolchi Twitter`da bu haqda yozdi: «Klub muxlislarini qo‘llashini his qilish yoqimli. Men bir necha haftadan buyon ko‘plab shunday xabarlar qabul qildim. Men «Tottenxem»da qolaman. Endi to‘liq e’tiborimda sovrinlarga erishish bo‘ladi».
Keyn tarixdagi bu ahvolga tushgan birinchi futbolchi emas. Yana bir nechta mana shunday istaklari rad etilgan futbolchilar mavjud. Ularni esa quyida bilib olasiz.

2. Patrik Viyeyra

Patrick Viera

2000-2001 yilgi mavsum so‘ngida «Arsenal» afsonasi Viyera klubni tark etish istagida ekanini bildiradi. U jamoani tark etib, «Real»ga, ularning Galaktikosiga qo‘shilishni istar edi. U o‘sha payt shunday xabar yozgan edi: «Hammasini o‘zim uchun hal qildim. Men «Arsenal»ni tark etaman». Shunday bo‘lsa ham kanonirlar uni jamoada olib qolishni uddasidan chiqadi. Viyera 2005 yilgacha klubning oltin davrida birga bo‘ldi. Keyin esa «Yuventus» tomon yo‘l oldi.

3. Stiven Jerrard

Stiven Gerrard

Balki bu APL tarixida amalga oshmay qolgan eng mashhur transferlardan biridir...
«Liverpul» afsonasi Jerrard ma’lum vaqt jamoasining o‘yin uslubidan norozi kayfiyatda yuradi. Shu sabab, klubni tark etishgacha borishi mumkin edi. Unga «Chelsi»dan 32 million funtlik taklif kelib tushganida, futbolchining o‘z jamoasiga sodiqligi sinovdan o‘tkaziladi. O‘sha payt, Jerrard «Stenford Brij»ga borganida, «aristokratlar» muxlislari uni qarsaklar chalib, Londonga o‘tishga undashgan edi. Shunga qaramay, Jerrard «Enfild»da qoldi va faoliyatini shu yerda yakunladi.

4. Ueyn Runi

Wayne Rooney

Ueyn 2010 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etish uchun qattiq harakat qilib ko‘rgan edi. O‘sha payt jamoaning maqsadlari tanqid ostiga olingan, ustaga-ustak futbolchining Fergyussen bilan munosabati ham yomonlashgandi. Runi atrofida ko‘plab top klublar parvona, istagan jamoa uni jon-dili bilan o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin edi. Lekin amalda Runi o‘z jamoasiga sodiq qoldi va yana 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. U keyinchalik «qizil iblislar»ning barcha davrlardagi eng yaxshi to‘purariga aylangan.

5. Luis Suares

Luis Suarez

2014 yilda Suarez «Arsenal» bilan shartnoma tuzishga o‘ta yaqin keladi. Futbolchi uchun to‘pchilar 40,000,001 funt taklif qilgan edi. Hammasi Brenden Rojersni klubni tark etishidan boshlanadi. Uning ortidan Suares ham «Liverpul»dan ketmoqchi ekanini bildiradi. Bu haqda keyinchalik «Arsenal»ning o‘sha paytdagi murabbiyi Arsen Venger shunday degandi: «Biz futbolchi bilan kelishib olgan edik. Ammo uning agenti futbolchining jamoasi bilan biz taklif etgan 40 milliondan ham yuqori qiymatlangan shartnomasi borligini bildirdi. Men buni tekshirib ko‘rish uchun, atayin 40,000,001 funt taklif qilganman. Bundan aniq bo‘ldiki, aytilgan shartnoma amalda mavjud bo‘lmagan. Bu juda kulgili tuyuladi, buni bilaman. Lekin «Liverpul» rahbariyati bila turib, ketishni istagan futbolchisini sotishni xohlamagan».
Barchasi yakunlangach, masala oydinlashdi. Mersisaydliklar ko‘p o‘tmay, o‘z futbolchisini ikki barobar katta qiymatga, 75 million funtga «Barselona» klubiga pulladi.

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.uk
Kiritildi: 21:18, 27.08.2021. O'qildi: 8338 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.