Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo futbol konfederasiyasi klublar musobaqalari reytingini yangiladi

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bilasiz, OFK qit’a miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalarning natijalari asosida a’zo mamlakatlar uchun klublar musobaqalari reytingini shakllantirib boradi. Yakunda mana shu reyting asosida mamlakatlarga OCHL yoki OFK kubogi uchun yo‘llanmalar taqsimlanadi.

OFKning 2017 yil 15 dekabrdagi sirkulyarida belgilangani kabi klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingiga asoslandi va bunda milliy terma jamoa natijalari 10 foiz ulushni, klublarning OFK musobaqalaridagi natijalari esa 90 foiz ulushni tashkil etdi.

OFKning klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingi qit’a chempionlar ligasi hamda OFK kubogida mamlakatlar klublarining muvaffaqiyatli ishtirokiga qarab yangilab boriladi.

Qayd etish joiz, joriy yil Osiyo miqyosida 3 ta klubimiz xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qildi. Jumladan, “Paxtakor” va AGMK OCHLda qatnashgan bo‘lsa, “Nasaf” hamon OFK kubogida zafarli yurishini davom ettirmoqda.

“Paxtakor” va AGMK OCHLda 7 tadan ochko jamg‘arishdi. Jami 14 ochko 2 ta qatnashchi jamoa nisbatiga bo‘linganida OCHLdagi ballar soni 7tani tashkil qilmoqda. Bunga, shuningdek, AGMKning pley-offdagi g‘alabasi uchun 0.6 ball ham qo‘shiladi.

“Nasaf” esa OFK kubogida hamon muvaffaqiyatli odimlamoqda va reytingga ballar qo‘shishda davom etmoqda. Guruh bosqichidagi g‘alabalar uchun mazkur musobaqada 1.43 balldan jamg‘arish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, keyingi bosqichda “Nasaf” g‘alaba uchun 2.5 va ishtirok uchun 0.5 qo‘shimcha ballarga ega bo‘ldi.

Shu tariqa, 31 avgust holatiga ko‘ra, OFK klublar musobaqalari reytingida O‘zbekiston 33.22 ball (jami – 63.701) jamg‘argan holda qit’a bo‘yicha 7-pog‘ona, G‘arb mintaqasida Saudiya Arabistoni, Eron va Qatardan so‘ng 4-o‘rinda bormoqda. Bu esa agar yil so‘ngiga qadar reytingda katta o‘zgarishlar yuz bermasa, 2023 yilda OCHLda 2+2 kvotaga ega bo‘lishi mumkinlgini anglatadi. Ushbu reytingni tuzishda pandemiya sabab ayrim musobaqalar bekor qilingan 2020 yil natijalari inobatga olinmaydi va reyting 2018 (9.4 ball), 2019 (9 ball) va 2021 yil asosida tuziladi.

Quvonarli jihati shundaki, “Nasaf” agar OFK kubogida finalga qadar yetib borib, bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, reytingdagi natijalarimiz yaxshilanishi ehtimoli mavjud. Yakuniy reyting yil so‘ngida e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joiz, OFK klublar o‘rtasidagi musobaqalar reytingidan kelib chiqqan holda yo‘llanmalarni taqsimlab chiqadi. Qaysidir a’zo mamlakat assosiasiyasi klublari biror sabab bilan (masalan, lisenziyalashdan o‘ta olmay) qit’a miqyosidagi musobaqalardan chetlashtirilsa, yo‘llanmalar sonida o‘zgarishlar bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:32, 01.09.2021. O'qildi: 5811 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик