Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba.

  • Superliga
      • 08.08.2026 19:00
      • Neftchi
      • 5:0
      • Qizilqum
      • 08.08.2026 19:30
      • Bunyodkor
      • 2:3
      • OKMK
      • 08.08.2026 20:00
      • Nasaf
      • 0:0
      • Qo‘qon-1912
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 16 39
2 Paxtakor 16 35
3 OKMK 16 28
4 Navbahor 16 28
5 Buxoro 16 27
6 Lokomotiv 16 25
7 Nasaf 16 25
8 Andijon 16 21
9 Dinamo 16 21
10 Bunyodkor 16 19
11 Xorazm 16 19
12 So‘g‘diyona 16 18
13 Surxon 16 18
14 Qizilqum 16 17
15 Qo‘qon-1912 16 12
16 Mash’al 16 4

O'tgan o'yinlar.

16-тур So‘g‘diyona 1-0 Andijon
16-тур Paxtakor 2-2 Buxoro
16-тур Surxon 0-1 Navbahor
16-тур Lokomotiv 2-1 Dinamo
16-тур Xorazm 2-0 Mash’al
16-тур Neftchi 5-0 Qizilqum
16-тур Bunyodkor 2-3 OKMK
16-тур Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

So'rovnoma

  • JCH-2026da qaysi jamoa chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 11879 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 09.08.2026

      07:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Ремо" - "Атлетико Минейро".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Флуминенсе".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Гремио" - "Сан-Паулу".
      16:00 "Непобедимый".
      16:30 Чемпионат Бразилии. "Ремо" - "Атлетико Минейро".
      18:30 "Наши иностранцы".
      18:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Мирасол". Прямая трансляция.
      20:55 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Флуминенсе".
      22:55 Д/ф "Месси".
      23:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Интернасьонал". Прямая трансляция.
      02:00 "Бесконечная история". "1999 год".
      02:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Коринтианс". Прямая трансляция.
      04:30 Д/ф "Марадона Кустурицы".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 09.08.2026

      05:40 Плавание на открытой воде. Чемпионат Европы во Франции. Смешанная эстафета.
      07:35 "Эволюция спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:30 Хай-дайвинг. Чемпионат Европы во Франции. Женщины.
      10:25 Хай-дайвинг. Чемпионат Европы во Франции. Мужчины.
      11:40 Стендовая стрельба. Профессиональная лига спортинга в Санкт-Петербурге.
      13:05 Маунтинбайк. Чемпионат Европы в Швейцарии. Мужчины. Кросс-кантри.
      15:00 "Команда мечты".
      15:30 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Женщины. Прямая трансляция.
      16:45 Д/ф "Шахматные партии Холодной войны", 3 с. "Спасский против Фишера".
      17:30 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Мужчины. Прямая трансляция.
      18:50 "География спорта". Боровск.
      19:15 Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Дуэты. Произвольная программа.
      20:55 "Эволюция спорта".
      21:25 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      22:55 Всероссийская спартакиада 2026. Бадминтон.
      02:10 "Команда мечты".
      02:40 Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Группы. Произвольная программа.
      04:15 Всероссийская спартакиада 2026. Скейтбординг. Женщины.
  • MATCH-TV
    • Sana: 09.08.2026

      08:00 Смешанные единоборства. ONE FC.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      10:55 LIVE Всероссийская спартакиада 2026. Синхронное плавание. Дуэты. Прямая трансляция.
      12:30 "Чемпионы на все времена". Олег Молибога.
      13:00 "Вы это видели".
      14:05 Новости.
      14:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:05 LIVE Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 4 на автодроме "Игора Драйв". SMP GT4. Гонка 2. Прямая трансляция.
      16:25 LIVE Футбол. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Москва) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      18:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Родина" (Москва). Прямая трансляция.
      21:30 LIVE Футбол. Альфа-Банк Российская Премьер-Лига. 3-й тур. "Спартак" (Москва) - "Краснодар". Прямая трансляция.
      00:05 После футбола с Георгием Черданцевым.
      01:50 Новости.
      01:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Всероссийская спартакиада 2026. Бадминтон.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 09.08.2026

      05:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      06:30 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      08:00 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      09:30 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      11:00 LIVE Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1. Прямая трансляция.
      14:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      15:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 8 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      16:30 Фехтование. Чемпионат мира в Гонконге. Команды. Обзор.
      17:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 8.
      18:45 LIVE Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9. Прямая трансляция.
      22:45 Велоспорт. "Велошоу".
      23:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 11 в Лондоне, Великобритания.
      01:00 Снукер. Открытый чемпионат Китая в Тайюане. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Женщины. "Тур де Франс". Этап 9.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Piter Odemvinji: «O‘zbekistonda yarim mavsum o‘ynasam yaxshi bo‘lardi...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Bu futbolchi butsalarini 2019 yilda mixga ilgandi. Undan bir yil oldin Indoneziya chempionatida o‘ynadi. Lekin o‘yinchilik faoliyatini aynan o‘sha 2019 yilda O‘zbekistonda tugatishi mumkin edi. O‘shanda Odemvinjining Toshkentning «Lokomotiv» yoki «Bunyodkor» klubida paydo bo‘lishi kutilgandi. Biroq afsuski, «Lokomotiv» varianti Andrey Fyodorovning qarori (futbolchining yoshi 38da ekanligi shubhalantirgandi) bilan amalga oshmagan bo‘lsa, «qaldirg‘ochlar» shunchaki kelisha olishmadi. Yaqinda Sports.ru saytining «Uzbekskaya kuxnya» blogi muallifi Yevdokim Raimov ushbu futbolchi bilan kattakon intervyu uyushtirdi.

- Piter, salom! Faoliyatingiz voqealarga ancha boy, hayotingiz esa qiziqarli kechgan. Ammo faoliyatingiz tugagach, ko‘rinmay qoldingiz...

- Barcha sportchi va futbolchilar butsalarini mixga ilgandan keyin kelajakda shug‘ullanish uchun mashg‘ulot topishlari kerak. Ko‘pchilik bir muncha vaqt o‘z kasbida ishlamasligi mumkin, lekin biz tabiatan biror narsa bilan band bo‘lishimiz lozim. Futbolchi bo‘lamizmi yoki televideniyada ishlaymizmi, o‘z ishimizga ishtiyoqli odamlarmiz. Golfga ishtiyoq bilan kirganim sababli futbol olamini tark etdim. Hozir Birmingem universitetida professional golf yo‘nalishida o‘qiyapman va bunda nafaqat sportchi, balki golf biznes modeli sifatida ham tahsil olaman. Buning ham juda ko‘p detallari bor. Qolaversa, ingliz tilini ham mukammal o‘rganishga intilyapman. 13 avgust kuni yakuniy imtihonni topshiraman va shundan so‘ng oxirgi kursga o‘taman. Bu o‘z navbatida, menga murabbiylik uchun yo‘l ochadi. Aytgancha, hozir birinchi darajali lisenziyam bor, yaqinda ikkinchisiga ega bo‘laman. Golfni Nigeriyada, Afrikada, Rossiyada va ehtimol, O‘zbekistonda ham rivojlantirmoqchiman. Toshkentda bo‘lgan paytim golf o‘ynaydigan bir nechta joyni ko‘rdim. Ushbu sport turini rivojlantirish kerak. Agar siz bolalar uchun o‘zgacha muhit yaratmasangiz, ularning katta bo‘lgach yuksak maqsadlariga erisha olmasliklari ehtimoli ortadi. Bolalar orasida golfni rivojlantirish uchun dastlabki urug‘ni ekmoqchiman. Bilamizki, sport inson hayotini o‘zgartiradi. Ko‘pchilik mashhur sportchilar singari men ham badavlat oiladan emasman va bilamanki, bolalikda katta imkoniyatlar bo‘lmasa, biror narsaga erishish qiyin.

- Tarixingizni ko‘pchilik biladi, shu bois bolalik haqida so‘ramoqchiman. Toshkent haqidagi xotiralaringiz qanday?

- Bolalik - odamlarning eng qiziqarli davridir. O‘zbekiston haqida faqat iliq xotiralarim bor. Dastlabki yillarda Toshkent yaqinidagi Olmaliq shahrida yashadim. Keyin poytaxtga ko‘chib o‘tdik, uzoq yillar Chilonzorda yashadik. U yerda ko‘plab do‘stlarim bor edi. Mashg‘ulotlarni «Bunyodkor» stadioni BO‘SMda boshladim. O‘sha payt u «Trudoviye rezervi» deb nomlanardi. Biz tez-tez Mirzo Ulug‘bek bog‘iga tashrif buyurardik, u yerda sayr qilardik, ko‘lda cho‘milardik. Agar futbol haqida gapiradigan bo‘lsak, hamkasblar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarni eslaymiz, o‘shanda BO‘SMda ko‘pincha «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaganmiz. Natijada men u yerga ko‘chib o‘tdim. Keyinchalik Naberejniye Chelniga ketdik. Esimda, «Paxtakor»ning o‘yinlarida maydon tashqarisida futbolchilarga to‘p yetkazib berardim. Albatta, hozir o‘sha jamoada o‘ynaganlar ismlarini eslay olmayman. Lekin ular meni haqiqiy professionallar kabi ilhomlantirishgan. O‘sha paytdagi futbolning shiddatini eslayman va shuning uchun ham bolaligimdan futbolga oshiq bo‘ldim. To‘p yetkazib berayotganimda, men buni har doim tez bajarishga intilardim va buning uchun futbolchilardan biri meni maqtaganini eslayman. Bolalikdagi bunday orzular har doim ilhomlantiradi. O‘sha urug‘lar Toshkent davrida ekilgan va bu menga faoliyatimda katta yordam berdi.

- Chilonzor ko‘chalarida hozirgi mashhur futbolchilardan kim bilan to‘p ortidan quvgansiz?

- Aka-uka Ro‘ziyevlar, Artur, Murod, Nurik. Ularning otasi. Grisha amaki hamon murabbiy. U bilan Moskvada, SSKA maktab-internatida birga bo‘lganmiz. Artur bilan do‘stligimiz ancha mustahkam. Albatta, Server (Jeparov - YE.R) porlab chiqdi, Osiyoning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. O‘zbekistonda do‘stim Doniyor men bilan o‘ynadi. U jamoamiz sardori edi. Rostini aytsam, hozir uning familiyasini eslolmayapman. U Toshkentda yaxshi advokatga aylandi.

- O‘zbek oshxonasidan sizga qaysi taom yoqadi?

- Palov va lag‘monni yaxshi ko‘raman. Esimda, Toshkentga ko‘chib kelganimda, mashg‘ulotlardan keyin tez-tez lag‘mon tayyorlanadigan bir muassasaga borardim. Boshqa hech qayerda bunday lag‘mon yemaganman. Vaholanki, yaqinda pandemiyadan oldin Toshkentda bo‘ldim va somsa, palov yedim. Do‘stlarim bilan Samarqandda bo‘ldim va u yerga hech qachon bormaganim tufayli shaharga sayyoh sifatida bordim. O‘zbekistonning go‘zalliklari haqida hamma ham bilmaydi, oxirgi ikki safarim davomida o‘zim uchun turli joylarni qaytadan kashf qildim. Xivada qolish rejam ham bor. Angliyaliklarga qo‘rqmasdan O‘zbekistonga tashrif buyurishni maslahat beraman.

- O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini kuzatasizmi?

- Diqqat bilan kuzataman, deb aytolmayman. Lekin xalqaro yangiliklarni tomosha qilsam, albatta, terma jamoa haqida bilib olaman. O‘zbekiston shubhasiz, har doim o‘ziga xos futbol iqtidorlariga ega bo‘lgan mamlakat.

- Eldor Shomurodov «Roma» bilan shartnoma imzoladi. Nima uchun O‘zbekiston va rossiyalik futbolchilar, deylik, nigeriyaliklar darajasiga erisha olishmaydi?

- Birinchidan, masala reytingda. Qachonki mamlakat reytingi yuqori bo‘lsa, u yerdagi futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Agar sizda yaxshi iqtidorli futbolchi bo‘lsa va uni klublarga ko‘rsatgan bo‘lsangiz ham, ular uning O‘zbekiston yoki Rossiyadan ekanligini bilib, «Yaxshi, o‘ylab ko‘ramiz» qabilida javob berishadi. Ammo Nigeriyadan bo‘lsangiz: «Keling, ko‘raylik», deyishadi. Terma jamoaning reytingi yuqori bo‘lishi uchun mahalliy chempionat uyushgan va professional bo‘lishi kerak. Toshkentda bo‘lganimda Shota Arveladze bilan uchrashdim va u ko‘p narsani o‘zgartirish kerakligini aytdi: ovqatlanishdan tortib, kun tartibigacha. Menimcha, o‘zlari katta chempionatlarda o‘ynagan va o‘shanchalik darajadagi tajribalarini olib keladigan mutaxassislarni tez-tez taklif qilish kerak. Angliyada bazada ovqatlanasiz, keyin futbolchilar o‘z mashinalarida stadionga borishadi. Men buni shaxsan «Vest Bromvich» va «Stok Siti»da boshimdan o‘tkazganman. Angliyada hech kim sizga: «Agar yomon o‘ynasang, qaytib maydonga tushmaysan» demaydi. Chunki hamma o‘ynashni xohlaydi. Muxlislar shunday muhit yaratadiki, siz baribir o‘ynashni va jamoaga foyda keltirishni xohlaysiz.

- Afrika futbolini uchta so‘z bilan ifodalang.

- (Kuladi) Kuch. Ijodkorlik. Quvnoqlik.

- Hech sizga ochiqchasiga irqchilik kayfiyatida baqirishganmi?

- Ba’zan uchrab turadi, hatto rafiqam bilan ham shunday holat kuzatilgan. Men ketganimdan keyingi «Lokomotiv» bilan bog‘liq vaziyatni hamma biladi. O‘shanda yoqimsiz holatni kuzatdim. Ammo bunga e’tibor berish kerak emasligini tushundim. Shunday bo‘lsada, qandaydir yo‘l orqali bu bilan kurashmoqchi bo‘lgan insonlar borligidan xursandman.

- O‘zbekiston yoki Rossiya terma jamoasida o‘ynash taklifi bo‘lganmi?

- 2002 yilda Nigeriya chempionati to‘purari bo‘ldim va meni terma jamoaga taklif qilishdi va darhol Keniyaga qarshi o‘ynadim. Shundan so‘ng, boshqa jamoalarga o‘tish imkonsiz edi.

- Aytgancha, o‘zbek tilini unutmadingizmi?

- Nutqni tinglaganimda, ko‘p so‘zlarni eslayman. Toshkentga borgan paytim u yerliklarning o‘zaro muloqotini eshitib, ham raqamlar, ham shevalarni darhol esladim. Lekin tabiiyki, hammasini ham tushunavermayman. Axir, mening ildizim tatar va bu turkiy tillar oilasidan sanaladi. Onam va buvim har doim tatar tilida gaplashishardi. Umuman olganda, tillarni yaxshi ko‘raman. Fransuz, kamchilik bilan bo‘lsada ispan, portugal tillarida gaplashaman. Shuningdek, biroz niderland tilini ham o‘zlashtirganman.

- Angliyada qaysi himoyachiga qarshi o‘ynash qiyin bo‘lgan?

- Albatta, ular juda ko‘p. Jeymi Karrager, Jon Terri, Rio Ferdinand, Robert Xut, Rayyan Shoukross, Martin Shkrtel, Daniel Agger. Lekin men uchun eng noqulay bo‘lgani - Nemanya Vidich.

- Anchadan buyon Angliyadasiz, Britaniya pasportini olish jarayonini allaqachon boshlagandirsiz?

- 11 yildan beri shu yerda yashayman. Uch nafar farzandim bor va taxminan besh yildan buyon ular kabi men ham Britaniya fuqarosiman. Kelajakda ham shu yerda yashayman va bolalar katta bo‘lgunicha ishlayman. Katta o‘g‘lim 8 yoshda, ikkinchisi 7 yoshda, qizim oktyabrda 5 yoshga to‘ladi. Ular universitetni bitirgunicha shu yerdaman, keyin esa hayot ko‘rsatadi.

- Faoliyatingizni Toshkentning «Lokomotiv» jamoasida tugatishingiz mumkin edi...

- «Lokomotiv»da emas. Ammo bir paytlari o‘rtog‘im bilan Toshkentda o‘ynash imkoniyati borligi haqida gaplashdik. Gap «Bunyodkor» haqida borgandi. Hech bo‘lmaganda yarim mavsum O‘zbekistonda o‘ynasam yaxshi bo‘lardi, deb o‘yladim. Axir shu yerda tug‘ilib o‘sganman. Men uchun pul masalasi muhim emasdi. Shunchaki, bu hayajonli lahza edi.

- Endi, qisqa savollar, Nigeriyadagi eng yaxshi 3 futbolchi?

- Kanu, Okocha... Martins yoki Yakubu. Aytaylik, Martins.

- O‘zbekistonning top-3 futbolchilari?

- Qosimov, albatta, darhol esga tushadi. Server Jeparov, keling, Eldor Shomurodov.

- 20 yoshli Piter Odemvinjiga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Qaror qabul qilishga shoshilma!

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 06.09.2021. O'qildi: 7845 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 12
2 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 9
4 Нефтчи Stipe Perisa 8
5 Пахтакор Chinedu Stefan 8
6 Насаф Bobur Abduxoliqov 7
7 Пахтакор Doston Hamdamov 7
8 Навбаҳор Husayn Norchayev 6
9 Нефтчи Jamshid Iskanderov 6
10 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик