Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Italiyaga talpingan ko‘ngillar: A seriyaga kimlar tashrif buyurdi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yozgi transferlar oynasi bizga bir nechta ajoyib xaridlarni taqdim etdi. Butun Yevropa klublari yoz davomida o‘z futbolchilarini qidirish bilan vaqt o‘tkazdi. Ayniqsa, Italiya klublari ancha yangiliklarni amalga oshirdi. Bu boshqa chempionatdan bo‘ladimi yoki ichki ko‘chishlar, baribir klublar saviyasini belgilab beruvchi va ta’sir etuvchi kuchga ega bo‘ldi. Quyida siz bilan A seriyada amalga oshirilgan eng yaxshi transferlar haqida gaplashamiz.

1. Merix Demiral – «Atalanta»

O‘tgan mavsumda «Yuventus»dan markaziy himoyachini ijaraga olgan «Atalanta» uni sotib olish sharti bilan tarkibga qabul qilgan edi. Demiral Italiyada bir mavsumda yil himoyachisi nomiga loyiq topiladi. Klub Kristian Romeroni Demiralga almashtirdi deyish mumkin. Bu jamoaga faqat foyda keltiradi. Chunki Demiral o‘ta tajribali futbolchi.

2. Manuel Lokatelli – «Yuventus»

Transferlar oynasi ochilgan paytda biz aynan mana shu xaridni kutgan edik va bu sodir bo‘ldi. Lokatelli Turinga ko‘chib o‘tdi. Sobiq «Sassuolo» yulduzi «Yuve» jamoasi markaziga o‘yin nazorati borasida ijobiy balans beradi. U Turinga yana shonli yurishlarni qaytara olishi taxmin qilingan. Super maestro deb nom olgan Manuel pleymeykerlikni yaxshi o‘zlashtirgan.

3. Xoakin Korrea – «Inter»

Milan shahrining amaldagi chempionlari yozgi transferlar oynasida boyidi, ammo o‘z yetakchilaridan mahrum bo‘ldi. Lukaku va Hakimini Yevromaydondagi raqiblariga sotib yuborgan klub, yaxshi transferlarga ham qo‘l urgan. Ulardan biri va ko‘p ta’kidlangani, Xuakin Korreadir. U «Lasio»dan sotib olindi. Ilk mavsumdagi debyutidayoq «Verona»ga qarshi maydonda o‘zgarishlar qila oldi. Korrea tez orada «San Siro»ni «yondirishi» mumkin.

4. Mattia Zakani – «Lasio»

Rimliklar bu yozda Korreani yo‘qotdi. Ammo ular Zakaynini qo‘lga kirita oldi. Uni Italiyadan tashqarida yaxshi tanimasliklari mumkindir, biroq 26 yoshli hujumchi raqiblar uchun yaxshi boshog‘riq bo‘lish xususiyatiga ega. Zakkayni aqlli hujumchi va juda ham tezkor sanaladi. U Maurisio Sarri boshchiligida yaxshi natijaga erisha oladi. Shuningdek, jamoaning hujumkor tizimini barpo etishi mumkin.

5. Teun Kopmeyners – «Atalanta»

Yevropaning elit klublari eshelonidagi qismi Koopmenersga qiziqqan edi. Hatto, «Liverpul» ham. Ammo «Atalanta» iqtidorli niderlandni o‘ziga «bo‘ysundira oldi». 23 yoshli futbolchi maydonning markaziy qismida yetakchiga aylana oladi. Undan ko‘p narsa kutilmoqda. Gasperini bekorga «AZ Alkmaar»ga bu futbolchi uchun 12 million yevro to‘lagani yo‘q, axir...

6. Eldor Shomurodov – «Roma»

Yoz bo‘yi rimliklarga yaxshi bir hujum vakili kerakligi haqida ko‘p gapirildi. «Roma» bu paytda o‘z nishonlari ortidan quvayotgan edi. Ularning biri Shomurodovdir. Yorqin o‘zbek futbolchisi bu yozda «Jenoa»dan Italiya poytaxtiga yo‘l oldi. U allaqachon o‘zini barcha uchun isbot eta olgan. Garchand u jamoada kafolatlangan asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasada, Jozening asosiy quroliga aylanishi mumkin.

7. Patrik Kutrone – «Empoli»

Kutronening faoliyati juda beqaror edi. Asli «Milan» hujumchisi bo‘lgan 23 yoshli futbolchi ancha yillardan beri «Vulverxempton», «Fiorentina» va «Valensiya»dagi ijaralarda yurib qaytdi. Uning darbadarligi debyutant klub «Empoli»da yakun topdi. Hozirda u g‘alabalar uchun tayyor va buni «Yuve»ga qarshi o‘yinda isbot eta oldi.

8. Marko Arnautovich – «Bolonya»

Bir nechta beshlik klublari radarida bo‘lgan Marko bu yozda Yevropaga yana qaytdi. Uning Xitoydagi sarguzashtlari yakun topgach, Italiyaning eng o‘rtamiyona klubi «Bolonya»ga kelib qo‘shildi. U doimo jarima maydonchasi atrofida xavfli bo‘lgan. Bu «rossoblyular» uchun yaxshi poydevorga aylanishi mumkin.

9. Alvaro Odriosola – «Fiorentina»

Alvaroning faoliyati bundan uch yil ilgari «Real»ga ko‘chganidan so‘ng, yuksalib ketishi taxmin qilingan edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Madridliklar uni Italiyaga sotib yubordi. Binafsharang libos egalari futbolchiga o‘zini namoyish etishi uchun yaxshigina imkoniyat yaratmoqchi. O‘ng qanot himoyachisi yillar davomida barqaror o‘ynay olmayotgan edi. «Fiorentina» rahbariyati esa ispaniyalikni talanti hali to‘liq ko‘rinmaganini sezdi shekilli, darrov uni jalb qildi. U Italiyada kuchli mudofaa yasashi mumkin. Bu jarayonni esa kuzatishda davom etamiz.

10. Tammi Abraxam – «Roma»

Ancha o‘ylardan keyin, ohiri baribir sotib yuborilgan futbolchi yangi klubiga tezda moslashib ketdi. U ilk bahslardanoq o‘zini ko‘rsatib, gollar ura boshladi. «Chelsi»da joy topa olmagan Tammi, Italiyada yuksalishni lozim ko‘rdi. «Roma» esa u orqali hujumini kuchaytirib oldi. To‘g‘ri, klub yozda tarkib uchun anchagina harajatga botdi. Endilikda, buni natijasini ko‘rishdan umidvor bo‘lib turibdi. Harxolda, bekorga Abraxam uchun 35 million funt sarf etilmagan.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 09.09.2021. O'qildi: 4079 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик