Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 25.11.2025 00:45
      • Sassuolo
      • 2:2
      • Piza
  • APL
      • 25.11.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Everton
  • La-liga
      • 25.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 2:1
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 25.11.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:0
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 25.11.2025 15:00
      • Kangvon
      • 1:3
      • Matida Zelviya
      • 25.11.2025 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:3
      • Seul
      • 25.11.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:1
      • Sanfrechche Xirosima
      • 25.11.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 25.11.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 4:0
      • Ash-Shorta
      • 26.11.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • -:-
      • Buriram Yunayted
      • 26.11.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • -:-
      • Vissel Kobe
  • OChL-2
      • 25.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:0
      • Al-Hussayn
      • 26.11.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • -:-
      • Selangor
      • 26.11.2025 17:15
      • Lion Siti Seylors
      • -:-
      • Persib
      • 26.11.2025 18:45
      • Andijon
      • -:-
      • Arkadag'
      • 26.11.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • -:-
      • An-Nasr (SA)
      • 26.11.2025 22:00
      • Istiqlol
      • -:-
      • Al-Vasl
      • 26.11.2025 22:00
      • Az-Zavra
      • -:-
      • Goa
  • ECHL
      • 25.11.2025 22:45
      • Ayaks
      • 0:2
      • Benfika
      • 25.11.2025 22:45
      • Galatasaroy
      • 0:1
      • Yunion
      • 26.11.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 4:0
      • Vilyarreal
      • 26.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Barselona
      • 26.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 2:3
      • Yuventus
      • 26.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 0:2
      • Bayer
      • 26.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 26.11.2025 01:00
      • Slaviya
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 26.11.2025 01:00
      • Napoli
      • 2:0
      • Qorabog‘
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Munosabat. Mbappe La Ligaga yo‘qolgan obro‘ni qaytara oladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy mavsumdagi ilk «El-Klasiko» 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtitilgan. Eng qizig‘i, o‘sha kuni Liga 1 doirasida «PSJ» - «Marsel» va APLda «Manchester Yunayted» - «Liverpul» to‘qnashuvlari ham o‘tkaziladi.

Ya’ni bir kun ichida maydonga Mbappe, Messi, Neymar va Ronaldu birgalikda chiqib keladi.

Endi tasavvur qilyapsiz-a? - butun dunyo futbol ixlosmandlari qanday o‘yinlar guvohiga aylanishadi. Albatta, ushbu muhim kunda qaysidir ma’noda ramziy xususiyatlar mavjud.

Yaqinda Madridda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Karlo Anchelotti Mbappeni «PSJ»dan sotib olishga rahbariyatning urinishlari haqidagi savollardan qochishga harakat qildi. U buning uchun qo‘lidan kelgan barchasini qildi. Shuningdek, keyinchalik undan jurnalistlar Mbappesiz La Liga ulkan ovozssiz qolishi haqida qanday fikrdasiz degan ma’noda fikr so‘rashdi. Italiyalik esa bunga salbiy ohangda javob qaytardi:

«La Ligada juda ko‘p nomlar va kuchli futbolchilar bor», deb javob berdi u. - «Barselona», «Atletiko» va boshqa jamoalarda juda ko‘plab yulduzlar bor va «Real» haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

O‘n yil oldin bunga hech kim shubhalanmagan va La Liga birinchi darajali yulduzlar ligasi sifatida nom qozongan. Bu yerdagi jamoalar Yevro turnirlarda g‘olib bo‘lishga asosiy da’vogar sifatida ko‘rib kelinadi. 2006 yildan 2018 yilgacha Chempionlar Ligasi deyarli har doim «Real» yoki «Barsa» tomonidan zabt etib kelingan.

«El -Klassiko» sayyoradagi eng muhim uchrashuv edi va unga bo‘lgan e’tibor jahon chempionati yoki Yevro finalidan kam bo‘lmagan. 2012 yili Joze Mourinyo shunday degan edi: «Real Madrid» «Barselona» bilan to‘qnash kelganida butun dunyo ikkiga bo‘linardi. Va haqiqat shuki: 500 million tomoshabin Messi va Ronaldu duelini ko‘rish uchun televizor qarshisiga mixlanishardi. To‘g‘ri, hozir to‘qnashuvning saviyasi biroz pasaygan, biroq bu La Ligani keskin tanqid qilishga yetarli emas.

Buning ustiga 2009 yildan 2019 yilgacha La Liga futbolchilarining «Oltin to‘p» sohibiga aylanishlari odatiy holga aylandi. Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va bir marta Luka Modrich bu sovrinni butun dekada davomida hech kimga berishmadi. Hatto ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda ham ko‘pincha ispan futbolchilari joy olishardi, xoh Xavi, xoh Inyesta yoki bo‘lmasa Neymar...

FIFA World XI ramziy ro‘yxatini ham deyarli har doim «El -Klassiko» futbolchilari bezab berishgan. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 2005 yildan buyon «Barsa» va «Real» a’zolari unda yuz martadan ko‘proq qatnashishdi.

Butun dunyodagi yulduzlar u yoki bu jamoaning formasini kiyishni orzu qilishardi. Hatto Premyer-ligada g‘olib bo‘lganlar ham buni alohida xohlashgani barchaga ma’lum. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday afsonalarning hammasi yo‘q bo‘lib ketdi va ularning o‘rnini bosadiganlar endi mavjud emas. Xavi Qatarga, Andres Inyesta Yaponiyaga, David Vilya esa AQSHga uchib ketdi. Ronaldu yangi klubi sifatida «Yuventus» ni tanlab butun dunyoni larzaga keltirdi, keyin esa «MYU»ga qaytdi. So‘ngra Eden Azar yettinchi raqamli futbolkani ko‘tarib keta olmadi. Bu yozda esa har ikkala klub yetakchilari ham erkin agent sifatida jamoalaridan ketishdi.

Biroq Messining «Barsa»dan ketishi kataloniyaliklarga og‘irroq ta’sir o‘tkazdi. Ramosning «Real» dan ayyorlik bilan ketgani ham aslida katta voqelik. Bu yerda uning jarohatini inobatga olmaslik kerak, chunki aynan u Ronaldu transferidan keyin yetakchiga aylandi. Hozir «Blankos»ning yangi sardori - bu o‘z pozisiyasi bo‘yicha to‘rtinchi raqamli futbolchi - Marselo. Aslida amaldagi sardor - bu Benzema, lekin u butun javobgarlikni bo‘yniga ololmaydi. Beyl va Azar lazaretda yotgan holida millionlab pul ishlab topishmoqda, ammo ular tomoshabinlarda faqat negativlikni keltirib chiqaryapti. «Qaymoqranglilar»da barcha mashhur futbolchilar o‘ttiz yoshni allaqachon urib qo‘yishgan.

Messisiz qolgan «Barselona»da, ayniqsa, yoshlar bilan bog‘liq muammolar yetarli. Qaysidir vunderkind hali beri mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladigan emas. Pike, shubhasiz yetakchi - 34 yoshga to‘ldi. Biroq tobora uning tanasidan quvvat kamayib bormoqda. Koutinyo va Dembele esa «Real»dagi Azar va Beyl rolini bu yerda «samarali» o‘tab berishmoqda. Frenki de Yong, Ter Shtegen va Pedri nisbatan o‘rtacha formada, biroq muxlislarning qoniqishiga yetarlicha o‘yin ko‘rsatishmayapti.

Memfis Depay dastlabki uchrashuvlardanoq o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsata oldi, ammo uning muvaffaqiyati haqida gapirishga hali erta. «Agar hammasi yaxshi bo‘lib tugasa, Depayning «Barselona»si jumlasini bemalol ishlata olasizmi? Unda yetakchilik xususiyatlari qanday shakllangan? Bu kabi savollar «ko‘k-anorranglilar» muxlislarini doim tashvishga solib turadi.

Joao Felish «Atletiko»da superyulduzga aylanishi kerak edi, hatto unga to‘langan 127 million pullar ham buni isbotlab turadi. Lekin doimiy jarohatlari bunga to‘sqinlik qildi.

Luis Suares - haqiqiy yulduz, lekin u 34 yoshda va uni oldindan kuchli formasini ushlab turishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Yangi stadionga ko‘chib o‘tgandan so‘ng, amaldagi chempionlar avvalgidan ko‘ra ko‘proq tomoshabinlarni jalb qilmoqda. Aksincha »Real« va »Barsa«da o‘ynaydigan yulduzlar kamroq bo‘lishiga qaramay, bu muxlislar qamroviga unchalik ta’sir qilmagan.

So‘nggi yillarda «Santyago Bernabeu»ga tashrif buyurishlar soni doimiy ravishda kamayib bormoqda. Ayniqsa, Ronaldu ketganidan keyin bu ko‘rsatkichlar juda ham bilinib qoldi. Portugalsiz o‘tgan birinchi uchrashuv - «Xetafe»ga qarshi 2:0 hisobida «Real»ning foydasi bilan yakunlangan. Tomoshabinlar soni esa rekord darajada pastladi. (48446).

Messining ketishi ham xuddi shu tipda jamoaga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra naq 26 mingta chipta egasi yangi mavsumda stadionga kirishdan bosh tortgan. Bu esa klub uchun 40 million yevroga yaqin zarar keltirdi.

Tomoshabinlar kamligi albatta klub tovarlarining sotilish foizlariga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Tabiiyki, homiylar va klub do‘koni egalari bundan kamroq foyda olishni boshlaydi. Bu tendensiya «Barselona»ning Superliga loyihasiga qo‘shilishga sabab bo‘lgan. Va u hali ham amalda.

O‘tgan safargi transferlar oynasi birgina La Liga uchun emas, balki tarixdagi eng qiziqarli va kutilmagan voqealarga aylandi. «PSJ», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘z xohishlariga ko‘ra pul sarflashdi, «Real» va «Barsa» esa asosan tekin transferlar bilan cheklanishdi. «Real Madrid» 16 yil davomida eng ko‘p qilingan transferlar bo‘yicha rekord o‘rnatdi. «Barselona» ham 2017, 2018 va 2019 yillarda har bir o‘yinchi uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag sarflagan.

Endi asosiy mablag‘lar va bonuslarning La Liga hisob raqamiga tushishi keskin pasayadi va buni futbolchilarning o‘zlari ham yaxshi tushunib turishibdi. «Rayo Valyekano» yarimhimoyachisi, «Uotford» va «Fiorentina»ning sobiq o‘yinchisi Mario Suares Ronalduning transferiga munosabat bildirdi: «Premyer-liga endi yangi pog‘onaga ko‘tarildi», ligaga pullar oqib kelishini endi ko‘ring», - deydi futbolchi.

Mbappening kelishi esa hamma narsani fojiali tarzda qaytadan bo‘yamaslikka imkon beradi - uning yulduzlik maqomi shubhasiz ancha yuqori pog‘onada. Instagramdagi obunachilar soni ham yomon emas. Ronalduda 336 million, Messida 276, Neymarda 159 va Mbappeda 57 million kuzatuvchj mavud. Biroq uning yoshida yuqoridagi 3 futbolchi bu singari raqamlarga ega bo‘lmagan. Birgina Suares va Benzemaning 42 million muxlisi bor, Pikeda bu ko‘rsatkich19 million. Mbappe esa 22 yoshida hammasidan o‘zib ketdi. Bekorga uning joriy narxi 180 million yevro emas.

La Liga prezidenti Xavyer Tebas yozda Messining jamoadan ketmasligiga umid qilgandi, ammo chempionatdagi katta nomlar Leoni liganing kuchiga katta ta’sir qilmasligi kerak deya ta’kidlashdi. Bu yerda Messi albatta barcha klublarning raqobatbardoshlik darajasini hisobga olgan va o‘z shaxsiy qarorini dadil qabul qila oldi. Bizningcha ham bu eng optimal yo‘l. Ammo biz hozircha La Liganing «yuzi» kim degan savolga javob bera olmaymiz. Grizmann? Benzema? Simeone? Kamdan-kam hollarda birgina transfer butun ligaga katta ta’sir ko‘rsatadi, lekin Mbappeni sotib olish «Real»ni top klubga aylantirishini inkor etib bo‘lmaydi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 22:33, 14.09.2021. O'qildi: 4261 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.