Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mashg‘ulotga bepisand afsona

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Garchi ko‘pchilik muxlislar professional futbolchilarni har kuni 90 daqiqadan bemalol o‘ynay oladilar, deb o‘ylashsada, aslida ular hatto mashq qilishga ham yaramay qolishlari mumkin. Ko‘pincha ishqibozlar haftalab to‘p suradigan ayrim futbolchilar o‘zlarini o‘ta og‘ir jismoniy yuklamalarga jalb etishlarini unutib qo‘yadilar. E’tiboringizga qandaydir sabablarga ko‘ra juda kam mashq qiladigan futbolchilar haqidagi materialni havola etamiz.

LEDLI KING

O‘z vaqtida unga qarshi to‘p surgan Tyerri Anri Ledlini dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etgandi. Chindan ham, King yuksak saviyali futbolchi edi. Tizzasidagi surunkali muammolar tufayli himoyachi «Tottenxem»dagi mashg‘ulotlar tugul, bolalar bilan o‘ynashga ham yaramaydigan holatda edi. Biroq shunga qaramasdan, u jamoaning barcha o‘yinlarida maydonga tushar va albatta, «mas­ter-klass» darajasini namoyish etardi.«Hafta davomida bir marta ham mashg‘ulotga kelmaydigan o‘yinchi shanba oqshomida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo‘lganini ko‘rgan kishi aqldan ozishi aniq», - degandi Garri Rednapp 2011 yilda.

JONATAN VUDGEYT

Vudgeyt «Tottenxem»da Kingning jamoadoshi bo‘lgandi. 19 yoshli paytida u «Lids»da o‘ynardi. Jarohat tufayli muammolari «Nyukasl»da boshlanib, faoliyatining oxirigacha uni ta’qib etdi. «Uayt Xart Leyn»dagi hayratlanarli o‘yinlariga qaramasdan, himoyachi Fabio Kapello rahbarligidagi Angliya terma jamoasi bilan JCH-2010da ishtirok eta olmasligini kuyunib e’tirof etgandi: «Taslim bo‘lmasdan, qo‘limdan kelganicha harakat qildim. Biroq men muntazam ravishda mashq qilmayman. Unga esa har kuni mashg‘ulotlarga keladigan o‘yinchilar yoqadi».

RONALDO

Dunyoning eng yaxshi futbolchilari darajasiga ko‘tarilgan davrida ham Ronaldo hech qachon mashg‘ulotlarda o‘zini boshqalardek ko­yitmaganligini ta’kidlash adolatdan bo‘ladi. Unga «Inter»da ustozlik qilgan Jidji Simoni ham boshqa futbolchilar oldiga qo‘yadigan talablarni uning oldiga qo‘ymaganligini tan olgandi: «Barcha o‘yinchilarni bir xil qoidada boshqarish qanchalik to‘g‘ri ekanligini hech qachon o‘ylab ko‘rmagandim. Ronaldo yagona istisno edi. Men uni yugurishga majbur etmadim, shunchaki, to‘p bilan muomala qilish u uchun yetarli edi». 2006 yilda Fabio Kapello kelganida, braziliyalik hujumchi ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan bo‘lsada, mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormasdi. «Quloq soling, uning vazni 96 kg. edi. Men undan JCH-2002da g‘olib chiqqanida vazni qancha bo‘lganini so‘radim. U 84 deya javob qaytardi. Shunda men og‘irligini hech bo‘lmaganda 90ga tushirishni so‘radim. Ammo u gapimni inobatga olmadi».

Shunday bo‘lsada, don Fabio hamon Ronaldoni murabbiylik faoliyatidagi eng zo‘r futbolchi, deb hisoblaydi. «U shunchalik ajoyib o‘yinchi ediki, maftun bo‘lmaslikning iloji yo‘q edi», deya Sid Lou qiziq bir voqeani aytib berdi: «Mavsumoldi yig‘inida yangi o‘yinchilardan biri maydonda beparvo ketayotgan Ronaldoga baqirdi: «Yugur, baqaloq!». Tabiiyki, Ronaldo pinagini buzmadi: «Sen yugurasan, men esa - yo‘q. Men gollar uraman». 5 daqiqadan keyin u gol urdi va yangi jamoadoshiga yuzlandi: «Qalay, hammasi joyidami?» U shunaqa futbolchi edi». Hatto jamoadoshlari ham «So‘yloq»ning har bir harakatida o‘ziga xos mantiqni tuyushardi. Michel Salgado jilmaygan tarzda o‘yinchilar murabbiydan uni mashq qilishga majburlamaslikni iltimos qilishganini hikoya qilgandi: «Ronaldo shunday dedi: «Xavotir olmang, siz uchun 2ta gol uraman». Keyin va’dani bajardi»

ROMARIO

Mahorat bobida mashhur vatandoshidan aslo qolishmaydigan Romario ham murabbiylarning erkatoy shogirdi sifatida barcha futbolchilar faqat orzu qilishi mumkin bo‘lgan istaklarini amalga oshira olardi. Masalan, u Yoxann Kroyffdan Riodagi karnavalga kechikmay yetib borishi uchun bitta mashg‘ulotni o‘tkazib yuborishi va o‘zi ishtirok etadigan o‘yinni barvaqt tark etishiga ruxsat berishiga ko‘ndirgandi. «Bir kuni Romario Braziliyadagi karnavalga borishi uchun mendan izn so‘radi. Unga ertaga bo‘ladigan o‘yinda 2ta gol ursa, 2 kun qo‘shimcha dam olish kuni berishni va’da qildim. Ertasiga u 20 daqiqa ichida 2ta gol urdi va menga yuzlandi: «Ustoz, o‘rnimga boshqa o‘yinchini tushiring, samolyot bir soatdan ke­yin Rioga uchadi».

POL MAKGRAT

Makgratning «Aston Villa»dagi qahramonligi xususida King juda ko‘p gapirardi. Tizzasidagi jarohati bilan u ikki marta Liga kubogi sohibiga aylangan va «Yil o‘yinchisi» unvoniga sazovor bo‘lgandi. «Dastlabki bir necha oy mashg‘ulotlarda to‘liq qatnashdim. Keyingi 7 yilda 1 marta ham borgan emasman. «Villa»ning shifokori qadrdon do‘stim va men uchun haqiqiy qahramon edi. Butun faoliyatim davomida u meni qo‘llab-quvvatlab turdi. Agar u bo‘lmaganda, 4 yilda futbol bilan xayrlashishga to‘g‘ri kelardi. Jim men uchun maxsus mashqlar tizimini o‘ylab topdi. Unga ko‘ra, har kuni ertalab 10 daqiqa velosipedda sayr qilardim. Ba’zan shunchaki, vannada cho‘milish bilan kifoyalanardim. Sport formasida bo‘lishim uchun shu yetarli edi. Ochig‘i, boshqalarning shug‘ullanishiga jimgina qarab turish men uchun og‘ir edi. Mashg‘ulot tugagach, to‘plarni yig‘ishtirardim. Lekin jamoadoshlarim yaxshi yigitlar edi. Ularning hech qaysisi arz qilmadi, meni to‘g‘ri tushunishdi».

JORJ BEST

Afsonaviy yulduzning mashg‘ulotlar, umuman, futbolga munosabati rasmiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. 1972 yilning yanvarida Best «MYU» mashg‘ulotlarida bir hafta qatnashmagan, buning o‘rniga, Britaniya go‘zali bilan sayr qilgandi. Hatto Jorj­ning xotirasi va faoliyatiga bag‘ishlangan veb-sayt ham uning ichkilikka ruju qo‘yganligi mashg‘ulotlar sifatining pasayishi va tashqi ko‘rinishining buzilishiga olib kelganligini ochiq-oydin qayd etgandi. Shunday bo‘lsada, agar siz har o‘yinda 6talab gol ursangiz, barcha ayblaringizga ko‘z yumishadi...

RONALDINYO

Braziliyalik afsonaning «PSJ»dagi jamoadoshi Jerom Lerua shunday degandi: «Ronaldinyo hech qachon mashg‘ulotda ishtirok etmagan, haftada bir kun bo‘lsada mashq qilmagan. Shunchaki, shanba kuni maydonga tushish uchun juma kuni paydo bo‘lardi. O‘ylashimcha, u tun bo‘yi ko‘chalarda sang‘ib yuradigan Romariodan ibrat olgandi. Ertalab Ronaldinyo quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynagini taqqan holda uqalash xonasiga kelar va o‘sha yerda uxlardi. O‘ta noyob iqtidor sohiblari odatda sal tentakroq bo‘ladilar».

KARLOS KAYZER

Bu qahramonimiz el orasida hech qachon maydonga tushmagan eng buyuk futbolchi sifatida tanilganini inobatga olsak, uning tarixi uchun kamdan-kam uchraydigan noyob hodisa ta’rifi ozlik qiladi. O‘z faoliyatida Kayzer 10ta jamoa, jumladan, Braziliya grandlari - «Botafogo», «Flamengo», «Vasko da Gama» va «Fluminense» a’zosi bo‘lgan. Biroq amalda hech qachon to‘p surmagan, mashg‘ulotlarni chetlab o‘tish uchun turli jarohatlar va tobi qochganligini bahona qilib yurgan. Chunki u chindan ham futbolchi bo‘lgan emas. Ha, 80-yillarda Internet tugul, risoladagidek telefon aloqasi ham yo‘q edi. Bundan unumli foydalangan Karlos Kayzer xaridor jamoalar vakillarini argentinalik nomdoshi - Karlos Enrikening gollari yozilgan videolavhalarni namoyish etish orqali aldagan. Rivoyatga ko‘ra, braziliyalik soxta futbolchi «Independyente» hujumchisiga juda o‘xshash bo‘lgan. Ana shu o‘xshashlik unga qo‘l kelgan. «Men boshqa futbolchilar orasida bo‘lishni istardim. Faqat o‘ynashni yoqtirmasdim. Agar futbolchi bo‘lishimni istagan bo‘lishsa, bu ularning muammolari», - degandi Kayzer.

JON SHERIDAN

«Lids» ikkinchi divizionda qatnashgan 80-yillarda Jon «Elland Roud»ning chinakam qahramoni edi. Shu bois, bosh murabbiy erkatoy yarim himoyachisini rag‘batlantirib turardi. Sheridan uchun esa dushanba kuni dam olishdan ko‘ra yaxshiroq mukofot yo‘q edi. Axir dam olish oqshomlaridagi maishatdan keyin hushyor tortib, o‘ziga kelib olishi kerak edi-da. Biroq Billi Bremner o‘rnini egallagan Xovard Uilkinson Sheridanga bunday iltifotni lozim topmadi - ayniqsa, mast holdagi futbolchining polisiyachi bilan mushtlashuvidan keyin. Natijada, Jon lash-lushlarini yig‘ishtirib, «Nottingem»ga o‘tib ketdi.

DARREN MAKGREGOR

Nil Lennon 2017 yilda «Xibernian» himoyachisining mashg‘ulotlarda qatnashmasligidan boxabar bo‘lgach, MakGregorni MakGratga qiyoslagandi. 2015 yilda «Reynjers»ning «Yil o‘yinchisi» unvonini qo‘lga kiritgan MakGregor keyinchalik tizzasidan 2ta jarohat olgan va Lennon uni «jangchi» deb atagandi. «Darren anchadan beri tizzasidagi jarohat bois, mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti. O‘tgan mavsumda ham u mashg‘ulotlarda shug‘ullanish o‘rniga, xuddi Pol MakGrat kabi haftani velosipedda sayr qilish bilan o‘tkazmoqda».

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:31, 18.09.2021. O'qildi: 5215 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик