Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Atletiko» Kumanni ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda: «Barselona» boshi berk ko‘chada, jamoani faqat yangi murabbiy qutqaradi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» Lionel Messisiz birinchi mavsumini juda yomon boshladi. Hamma Ronald Kumanning iste’fosini kutmoqda, bu tez orada bo‘lishi kerak. Stadion.uz sayti klubdagi vaziyatni biroz tahlil qilib ko‘rishga urinib ko‘rdi.

Shanba kuni Ispaniya chempionatida super o‘yin bo‘lib o‘tadi. Madridda amaldagi chempion «Atletiko» «Barselona»ni qabul qiladi. Katta ehtimol bilan, bu uchrashuv Ronald Kuman uchun «ko‘k-anorranglilar» ustozi sifatida oxirgi uchrashuv bo‘ladi. Bundan tashqari, niderlandiyalik murabbiy diskvalifikasiya qilingan, shuning uchun u yana maydon chetida ham bo‘lolmaydi. To‘g‘ri, bu qay darajada kataloniyaliklar o‘yini uchun qay darajada ta’sir qilishi noma’lum.

Hamma «Barselona»ning Lionel Messisiz birinchi mavsumi, qachon sodir bo‘lgan bo‘lsa ham, juda qiyin bo‘lishini tushinardi. Biroq, hech kim kataloniyaliklarning uzoq yillik yetakchisi jamodan ketsa, bu qadar og‘ir vaziyatga tushib qolishini kutmagandi. Ispaniya chempionatida kataloniyaliklar hozirda oltinchi, yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha esa to‘rtinchi o‘rinda. Peshqadam «Real» bilan ochkolar bo‘yicha farq kichik bo‘lsada, lekin o‘yin jihatidan «qaymoqlilar» ancha kuchliroq ko‘rinishmoqda. Kataloniyaliklar Chempionlar ligasi haqida umuman eslashni xohlamayaptilar. «Bavariya»ga qarshi 0:3 hisobini muxlislar qabul qila olishdi, lekin «Benfika»dan uchralgan mag‘lubiyatni qabul qilib bo‘lmaydi.

Qizig‘i shundaki, «Barselona» barcha moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, Kumanga Messini yo‘qotish jamoaga kamroq zarar keltirishi uchun hamma sharoitlarni qildi. Unga bir yildan beri so‘rab kelayotgan Memfis Depay va Lyuk de Yongni jamoaga olib kelishdi. Kuman bu mavsumda «Barselona»ni Niderlandiya terma jamoasi futbolchilari bilan qayta qurishi mumkin edi. Biroq, hozircha na yaxshi qurilgan o‘yin, na istiqbol ko‘rinadi.

Kumanning o‘zi ham jamoani oldinga yetaklay olmayotganini tushundi. Uning asabiylashishi va g‘alati matbuot anjumanlari vaziyat niderlandiyalikning nazoratidan chiqib ketganini ta’kidlaydi. Kuman, suzib yetishi mumkin bo‘lgan masofani bosib o‘tdi. «Barselona» barcha turnirlardagi so‘nggi oltita uchrashuvda faqat bir marta g‘alaba qozonganini, hatto «Granada» va «Kadis» bilan ham ochkolarni baham ko‘rayotganiga qarasak, murabbiyning ahvolini tushunish mumkin.

Bunday vaziyatda ketma-ket muvaffaqiyatli uchrashuvlar uni qutqarib qolishi mumkin edi, lekin hozirda kataloniyaliklarning taqvimi juda murakkab: «Atletiko», «Valensiya», «Dinamo» Kiyev va «Real». «Barselona»ning hozirgi holatiga nazar tashlasak, bir narsani ishonch bilan aytish mumkinki, Ronald Kuman «klasiko»gacha yetib bormaydi. Ehtimol, bu «Barselona» uchun yaxshilikkadir.

«Barselona» kadrlar bilan bog‘liq qiyinchiliklarini boshidan kechirayotgani aniq. Shu bilan birga, Kuman jamoaning va uning ixtiyorida bo‘lgan futbolchilarning imkoniyatlarini ham tog‘ri baholay olmayapti. Kataloniyaliklar har qanday holatda ham «Granada», «Kadis» va «Benfika»ni mag‘lub etishlari kerak edi. Bu «janglar»dagi omadsizliklar aniq murabbiy xatolari bilan bog‘liq.

Albatta, hammani bir savol qiynamoqda, Kuman o‘rnini kim egallashi mumkin? Yurgen Klopp haqidagi mish-mishlarga ishonishning ma’nosi yo‘q, ayniqsa, nemis mavsum o‘rtalarida «Liverpul»ni tark etishini siz ham tasavvur qila olmaysiz. Tyeri Anri «Monako» boshqaruvidagi tajribasidan so‘ng, uni «Barselona»ga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Xavi najot farishtasi bo‘lishi ham dargumon. Ehtimol, u murabbiy sifatida iqtidorlidir, lekin yana, yosh mutaxassisni cho‘kayotgan kemani qutqarish uchun qoldirish juda xavfli qadamdir. Balki Roberto Martines mos variant bo‘lardi, lekin shuni tushunish kerakki, u besh yil davomida klub miqyosida ishlamagan, Belgiya terma jamoasi ham so‘nggi yillarda Martinesni ishdan bo‘shatish uchun sabab ko‘rmaydi.

Ko‘rinib turibdiki, hozirgi «Barselona» uchun ideal murabbiy ... Zinedin Zidan. «Real»dagi fransuz har qanday muammo bilan har qanday tarkibda qanday muvaffaqiyat qozonish mumkinligini ko‘rsatdi. Zidan nima bo‘lishidan qat’i nazar, har safar moslashishga va g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, fransuz hech qachon «Barselona»ni boshqarmasligi aniq.

Katta ehtimol bilan shanba kuni «Atletiko» «Barselona»ni mag‘lub etadi va Kuman ishdan bo‘shatiladi. Shu bilan birga, mavsum oxirigacha kataloniyaliklarni vaqtinchalik mutaxassis boshqarishi mumkin, bu mavsumni shunchaki tugatish uchun, va kelasi yozda yangi yuqori malakali mutaxassisni topish mumkin bo‘ladi.

Nima bo‘lgan holatda ham har qanadu buyuk klub tarixiga nazar solar ekansiz, unda qora chiziqlar borligiga guvoh bo‘lasiz. «Barselona» hozir aynan shunday qora kunlarni boshdan kechirmoqda. Bunday vaziyatda muxlislar qo‘llab-quvvatlashi har qachongidan muhimdir. Futbolni seving, «Barselona»ni seving!


Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 10:49, 02.10.2021. O'qildi: 4574 marta. Fikrlar: 24 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.