Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“PSJ”da o‘zgarishlar sodir bo‘ladi(mi?)

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Rasmiy xabarlar
A A A

 Parijliklarning o‘yinida kamchiliklar juda ko‘p. Jamoa o‘zining deyarli har bir o‘yinida muammolarga duch kelmoqda. Ko‘plab bahslarda klub juda qiyinchilik bilan g‘alaba qozonmoqda. Klubda eng yaxshi futbolchilar yig‘ilgan bo‘lishiga qaramay parijliklar o‘yinida qandaydir mazmun yo‘qdek go‘yo.

Motivasiyasiz Messi

O‘tgan yili Messi “Barselona”dan ketish istagida payti jamoa uni qanday qilib ushlab qolgani hammaning yodida bo‘lsa kerak. Agar o‘sha payt Messiga to‘sqinlik qilmaganda, Messi katta ehtimol “Manchester Siti” klubiga yo‘l olar va yana o‘sha Ronaldu bilan bahslashar edi. “Barselona” ham bir mavsum davomida Messisiz o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rar edi. Umuman olganda, o‘sha paytda Messi ketishiga bu darajada to‘sqinlik qilinmaganda “ko‘k-anorranglilar” uchun ham Messi uchun ham yaxshi bo‘lar edi.

“PSJ”dagi Messida motivasiya yo‘q. Shunchaki majburlikdan o‘ynayotganday ko‘rinmoqda. “Barselona”ga bo‘lgan mehrini parijliklarga bera olmagani aniq. Messi faqat chempionlar ligasida mazmunliroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Liga 1dan esa hafsalasi pir bo‘lgan chog‘i. Negaki ikki musobaqada u ikki xil taassurot qoldirmoqda. Fransiya oliy divizionida deyarli maydonda ko‘rinmasa, qit’aning eng nufuzli musobaqasida jamoa yetakchisi sifatida ko‘zga tashlanmoqda. Agar Parij klubda ahvol shu darajada davom etsa, Messi jamoada ko‘p vaqt qolmasa kerak. Bu yerda unga yoqmayotgan narsalar ko‘proq. U o‘zini baxtli his qilishi uchun yoki “Barselona”da to‘p tepishi, yoki Gvardiola qo‘l ostida maydonga tushishi kerak, menimcha. Yoki “PSJ”ga Messini qo‘llab-quvvatlaydigan murabbiy kelishi kerak va uni jamoada yetakchi qilishi kerak. Ammo bunga “PSJ”ning tarkibidagilar rozi bo‘lmasa kerak. Chunki jamoada ko‘plab yulduzlar bor va ular Leoning e’tiroz va tanbehlariga ensasini qotirsa kerak. Hali Ramos jamoaga qaytgani yo‘q. U qaytgandan keyin jarayonni kuzatish kerak. Shundagina ma’lum bo‘ladi Messi qolish yoki ketishi.

Murabbiysiz jamoaning xolati

Bu g‘alati eshitilishi mumkin, lekin shunday. “PSJ”da murabbiy shunchaki nomiga mavjud. Parijliklarning o‘yinida Pochettinoning umuman uslubi yoki o‘yin taktikasi yo‘q. U hattoki ba’zi futbolchilarni almashtirishdan ham qo‘rqadi. Messini almashtirgani uchun qancha janjal bo‘lganini ko‘pchilik bilsa kerak. Argentinalik murabbiyga juda qiyin bo‘lmoqda. Umuman olganda murabbiysiz jamoa boshqacha o‘yin ko‘rsata olmaydi. “PSJ”da ham bu yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Qaysidir o‘yinda parijliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa bu futbolchilarning klassi orqali amalga oshirilmoqda. “Nyukasl” ham bundan xulosa chiqarib jamoa tuzishda ehtiyotkor bo‘lsa kerak. Menimcha parijliklar safida ko‘plab futbolchilar Pochettinoni xurmat ham qilishmasa kerak. Bir paytlar Ser Aleks Fergyuson yulduzlarni qanday tarbiyalab qo‘yganini ko‘rganmiz. Bunday ishlar Pochettinoning qo‘lidan kelmaydi. Maurisioning Parijdagi safari yakunlanib qolgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Jamoaga qattiqqo‘l va yulduzlarni boshqara oladigan boshqa murabbiy kerak. Bo‘lmasa “PSJ”ning o‘yini tobora cho‘kib boraveradi. Futbol tarixida bir-birini xushlamaydigan ikki futbolchini maydonda ajoyib juftlikka aylantirgan murabbiylarni ham ko‘rganmiz. Hozirgi “PSJ”ga aynan shunday murabbiy kerak.

Parij jamoasining eng katta muammosi

Agar jamoada Donnarumma bo‘lmaganida katta ehtimol “Manchester Siti” ustidan qozonilgan g‘alaba ham, yoki kechagi “Lill”dan tortib olingan uch ochko xam bo‘lmas edi. Parijliklar safida juda ko‘p yulduzlar bor va ular sovrin yutaverib o‘rganib qolishgan. Ular o‘z jamoasining yetakchisi bo‘lgan. Lekin, o‘sha futbolchilar qahramonlikka o‘rganib qolgan va qora mehnatga o‘z kuchini sarflashni istashmaydi. Misol, bitta Ronaldu “Manchester Yunayted” o‘yinida pressingda yaxshi ishlamagani uchun jamoa kuchsizlanib qolgandek ko‘rinmoqda. “PSJ”da pressingda va himoyada yordam berishni istamaydigan kamida 3ta futbolchi bor. To‘g‘ri “Manchester Siti” bilan o‘yinda hamma pressingda ishladi. Hatto Leo jonli devor ostida yotib olishni o‘ziga or deb bilmadi. U boshqa o‘yin edi. Aynan, o‘sha boshqa o‘yinda jamoa mehnati evaziga g‘alaba qozondi. Lekin hozirgidek o‘zboshimchalik davom etsa, buning oqibatida jamoa himoyasi ancha qiynlib qoladi. O‘sha pozisiyada kamchiliklar borligi ham yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi. Chempionlar ligasi guruh bosqichi “Manchester Siti”ga qarshi ikkinchi o‘yinda “PSJ” Liga 1dagi kabi o‘yin ko‘rsatsa, hisob qanday ko‘rinish olishini tahmin ham qilib bo‘lmaydi. Agar shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa, ishoning Gvardiola shogirdlari parijliklarni yanchib tashlaydi.

Zidan jamoaning yagona xaloskori(mi?)

OAVda Zidan “PSJ” murabbiyi bo‘lishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Xo‘sh u parijliklar uchun nima bera oladi? Zidan qo‘l ostida “PSJ” nimalar yuta oladi? Menimcha, Zidan jamoa uchun juda foydali mutaxassis. Demak, birinchi muammo sifatida yulduzlarni tilga oladigan bo‘lsak, Zidan ulardan ham mashxurroq va uni xurmat qilmaslik mumkin emas. Fransiyalik mutaxassis “Real” tarkibida ko‘plab yulduzlar bilan ishlagan va bu ishni juda yaxshi uddalay oladi. Uning ustiga Zidanning kelishi Mbappeni jamoada olib qolinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Zidan ko‘proq mehnat qiladigan futbolchilarga tayanadi. Yaqqol misol sifatida “Real”da Karim Benzema o‘zining mehnatlari evaziga asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lib qolavergan. Demak, kimningdir jamoa asosiy tarkibida o‘ynash istagi bo‘lsa ko‘proq pressingda ishlab mehnat qilishi kerak. Balki shunda rostmana “PSJ”ni ko‘rarmiz. Balki shunda Messi Neymar Mbappe triosi faqat nom jihatidan emas, balki maydonda ham daxshatli bo‘la olar. Buyog‘i esa vaqt hukmiga xavola. Kutamiz Parijda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi aniq.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:14, 30.10.2021. O'qildi: 5982 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик