Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xavi “Barselona”da qanday muammolarni hal qilishi kerak? Murabbiyning asosiy vazifasi nima?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Qatarning “As-Sadd” klubi Xavi “Barselona”ga qaytganini ma’lum qildi. Shu tariqa kataloniyaliklar baribir o‘z an’analariga sodiq qolishdi. Ya’ni klub boshqaruviga “ko‘k-anorranglilar” safida o‘ynagan murabbiy tayinlandi. Shu munosabat bilan “Stadion.uz” nashri Xavi “Barselona”da nimalarni o‘zgartirishi kerakligi haqida biroz fikr yuritishga qaror qildi.

“Barselona” hozir shunday achinarli holatdaki, har qanday yangi murabbiy jamoada ko‘p narsani o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi. Kataloniyaliklarning na Ispaniya La Ligasidagi, na Yevropa maydonlaridagi ishlari yaxshi emas. Bu jamoaning juda ham tarqoqligini, hamda sifatsiz futbol namoyish etayotganini ko‘rsatib beradi. “Barselona” hozir shunday “vayrona”ga aylanganki, Xavi bu “bino”ni qayta qurish haqida o‘ylamay, ikkilanishsiz ishni yangi “Barsa”ni qurish uchun poydevor qo‘yishdan boshlashi kerak.

Xavi - tiki-taki g‘oyalarining ustasi, shuning uchun u prinsipial jihatdan qanday jamoa qurmoqchi ekanligi aniq. Shu sababli, ehtimol, murabbiyning birinchi vazifasi “Barselona” uchun yangi “motor”, ya’ni jamoaning yangi yetakchisini aniqlash kerak. Hozirda Kataloniya klubi lagerida bunday futbolchi yo‘qligini hisobga olsak, ushbu o‘ringa kimni topshirish mumkinligini taxmin qilamiz. Ayni payt “Barsa” tarkibida yetakchilikka da’vogarlar orasida Pedri, Puch, Gavi, Fati va Niko kabi futbolchilar bor. Ulardan kim jamoaning yangi primasi bo‘lishga qodirligini taxmin qilish qiyin, sababi bu futbolchilarning hammasi yosh va o‘z salohiyatini hali to‘liq namoyish etib ulgurmagan.

Yana birmuhim vazifa - Frenki de Yong uchun yaxshi pozisiya va jamoada unga munosib joy topish. Gollandiyalik futbolchi o‘yin jihatdan “Barselonaga mos keladigan aqlli futbolchi, ammo so‘nggi paytdagi barcha murabbiylar yarimhimoyachining iqtidoriga shubha bilan qarashdi. De Yong juda ko‘p pozisiyada o‘ynagan, lekin ushbu joylarning hech qaysi gollandiyalik uchun mos emasdi. Gollandiyalik maydon markazida erkin o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Ammo, Kuman vatandoshiga bunday imkoniyatni taqdim etmagan. Xavi esa futbolchining kuchidan maksimal tarzda foydalanish uchun Frenkiga munosib rol topish kerak.

Garcha bular bog‘liq vazifalar bo‘lsa-da, Xavi maydon markazidagi muammolarni yakunlagach,hujum muammosi haqida o‘ylashi talab etiladi, “Barselona”ning hujum chizig‘i ham achinarli holatda. Kataloniya klubi Breytveytni ham, Agueroni ham yo‘qotgan. Mutaxassislarning fikricha, ularga yordamchi sifatida taklif qilingan Lyuk de Yong klub o‘yin tizimiga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Ba’zi manbalar tarqatgan xabarga ko‘ra, gollandiyaik hujumchi qishki transfer oynasi vaqtida jamoadan ketadi. Agar shunday bo‘lsa, “Barselona” nominal markaziy hujumchisiz qoladi. Sababi, Depay hujum markazida umuman o‘ynamaydi. Xavi klubga kelgan zahoti, oldingi chiziq haqida jiddiy bosh qotirishi kerak. Agar, yangi hujumchi sotib olinmasa, o‘sha Depay, Fati, va katta ehtimol bilan Koutinyo yordamiga tayanishga majbur bo‘ladi.

Xavi himoyadagi muammolarni qanday hal qilishi alohida savol. “Barselona” so‘ngi paytlarda qachon kuchli himoya qo‘rg‘oniga ega bo‘lganini eslash qiyin. Avvallari kataloniyaliklar raqib hujumlarini yo‘qqa chiqarish maqsadida, shunchaki to‘pni nazorat qilishga harakat qilishgan va ba’zi himoyachilarning individual mahorati tufayli raqibning qarshi hujumlari to‘xtatilgan. Hozirda “Barselona”ning himoya chizig‘ida aytarli yulduz futbolchi yo‘q. Pike va Alba kabi futbolchilarning holati avvalgi kabi emas.

 

Qolaversa, Xavi jamoani qanday yangilab borish haqida ham o‘ylash talab etiladi. Mana necha yildirki, Alba, Buskets, Pike kabi futbolchilar “Barselona”ning yetakchilari hisoblanadi. Ammo, bularning yoshini hisobga olsak, vazifa yanada qiyinlashadi. Albatta, transferlar murabbiyning asosiy vazifasi emas, lekin u jamoani qanday qilib qayta qurish haqida o‘ylashi, yakunda yangi yetakchilarni izlashi kerak. Negaki, hozirda Messi ketganidan keyin “Barselona”da aniq yetakchi yo‘q va bu borada ham jamoada inqiroz bor.

 

Umuman olganda, Xavining oldida jiddiy vazifa turibdi. U kundan-kunga yetakchilar qatoridan tushib borayotgan klubni avvalgi holiga qaytarishi kerak. “Barselona” Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqishi va keyingi mavsumda musobaqada qatnashish uchun yo‘llanmaga ega chiqishi kerak.

Keling, Xavi bu vazifani qanday hal qilishini kuzatamiz.



Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 08:00, 06.11.2021. O'qildi: 7244 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик