Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xavi keldi, endi ...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 “Barselona” afsonaviy futbolchisi Xavi yana o‘z uyiga qaytdi. Bu safar murabbiy sifatida. Ispaniyalik mutaxassis jamoaning mana shu tarkibi bilan xech nimaga erisha olmasa kerak. Xavining o‘zi ham buni tushungan xolda klubdan bir nechta transferlarni amalga oshirishni so‘ramoqda. Stadion.uz Xavi va “Barselona”ning qiziqishlari va moliyaviy axvolidan kelib chiqib  jamoa uchun kerak bo‘lgan transferlar xaqida so‘z yuritadi.

Markaziy himoyachi: Jyul Kunde (60 mln yevro)

“Barselona” himoyasida yetarlicha muammolar mavjud. Yerik Garsiya yosh va tajribasizlik qilayotgan bo‘lsa, Pikening yoshi ba’zida o‘z so‘zini aytmoqda. Arauxo va Langleda esa beqarorlik muammosi mavjud. Umtitini “blaugranas” ro‘yxatmdan butunlay o‘chirib yuborishgan bo‘lishsa ajab emas. Xozirgi “Barselona” uchun tezkor va ishonchli himoyachi juda zarur. Ammo Kundeni kataloniyaliklar transfer qilishi ancha qiyin. Jyulga ko‘plab jamoalar qiziqish bildirishmoqda. “Barselona”ning moliyaviy ahvoli xam bunga javob berishi qiyin. Agar ularga jiddiyroq xomiy topilmasa, Kundeni olib kelish deyarli ilojsiz bo‘lib qoladi.

Nisbatan arzonroq variant: Yurryen Timber (20 mln yevro)

Kunde varianti amalga oshish ehtimoli biroz qiyin ekanligini hisobga olib kataloniyaliklar yana bir variant haqida o‘ylab ko‘rishsa kerak. Timber xaqida ko‘p gapirish yoki uni maqtashga xali erta. U yosh va juda tezkor ekanligini bilamiz. Timberning yutug‘i xam shunda. U “Ayaks”ning himoyasidagi asosiy futbolchi. Timber asosan markaziy himoyada o‘ynasada ten Xag ba’zida undan qanot himoyachisi sifatida xam foydalanadi. Timberning bir kamchiligi u xam Erik Garsiyadek yosh va aksariyat vaziyatda tajribasizligi tufayli xatolarga yo‘l qo‘yadi. Unga himoyadagi sovuqqonlik yetishmaydi.

Tekin variant: Erik Garsiya

Garisiyani ko‘p gapiramiz. Ko‘plab vaziyatda u xatoga yo‘l qo‘yadi, ammo Garsiya tiki-taka uslubiga juda xam mos tushadi. Uning paslari odatda 90 foiz aniq bo‘ladi. Mana shu kategoriya tufayli Xavi unga tayanishi mumkin.  Bir necha yilda undan katta futbolchi yasashiga Xavining ko‘zi yetsa, Garsiya “Barselona”ning asosiy tarkibida o‘ynashda davom etadi.

Markaziy yarim himoyachi: Pogba

Pogbaning transfer narxini yozish menimcha shart emas. Negaki, “Barselona” uni xarid qilishni boshlaguncha katta ehtimol u erkin agentga aylanadi. Unga xam grand klublardan qiziqishlar bor. Pogbani qo‘lga kiritish uchun xammadan ko‘proq maosh taklif qilish kerak. “Blaugrans”ga kreativ yarim himoyachi kerakligini hisobga olsak Pogba juda yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Ammo yana xammasi moliyaviy vaziyatga borib taqaladi. Fransiyalik uchun maosh to‘lash unchalik katta muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin moliyaviy feyr-pley bunga yo‘l qo‘ymasligi mumkin.

Arzonroq variant: Rayan Gravenberx (33 mln yevro)

Rayanning o‘yini xam ko‘plab mutaxassislar e’tiborini o‘ziga qarata olgan. Busketsdek bo‘ydor, lekin undan biroz baquvvatroq futbolchi mayda paslarda juda yaxshi o‘ynaydi. Uning yana bir ustun tomoni bu undagi ajoyib texnikadir. Markazda ishonch bilan raqiblarni aldab o‘ta oladigan futbolchi Xavi uchun kerak bo‘ladi. Inyesta va Busketsning birlashgan variantini “Barselona”da ko‘rishimiz mumkin. Gravenberxni ko‘proq maqtab yuborgan bo‘lishimiz mumkin, lekin Gravenberxni tarbiyalasa, undan shunday futbolchi chiqishi mumkin. Agar unga ishonch bildirilsa.

Tekin variant: Niko Gonsales

Xujumchilar:  Erling Xolland

Xolland xozirgi “Barselona”ga kelishi ancha murakkab. Uning transfer narxi ancha baland va bu pulni “blaugranas” topishi murakkab. Lekin “Barselona”ga top xujumchi juda zarur. Ko‘plab o‘yinlarda “Barselona”ning hujumlarini yakunlaydigan futbolchi topilmayapti. Mino Rayola Erlingning “Barselona”ga o‘tishini xohlayotganini xisobga olib, “blaugranas” pul topishga urinib ko‘rsa kerak. Xar xolda bunday hujumchini qo‘ldan chiqarish mumkin emas. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi.

Arzonroq variant: Antoni va Sterling

Jamoa Hollandni transfer qila olmasa ularda yana bir variant bor. Xozirgi tarkibda vingerlar kamligi sabab “Barselona” Fati kabi futbolchilardan vinger sifatida foydalanmoqda. Fati markaziy hujumda xam juda foydali o‘ynay oladi. Shunday ekan “blaugranas” ikki qanotga ikki tezkor futbolchini xarid qilishi kerak. Dembelening maydondan tashqarida ko‘proq vaqt o‘tkazishini hisobga olib “Barselona” transferlarni tezlashtirsa kerak. Jamoa uchun eng yaxshi variant bu Sterling va Antonidir. Sterlingning imkoniyatlari barchaga ma’lum. Antoni esa yangi nom. U xaqida shuni aytishim mumkinki: u juda xam yuqori texnika egasi va iqtidorli futbolchi.

“Barselona” tezroq o‘ziga kelsa bundan ko‘plab futbol muxlislari xursand bo‘lishadi. Shunda La liga chempionligi uchun kurash avjiga chiqardi. Balki “el-klassiko” xam avvalgidek qiziqarliroq bo‘larmidi?

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:05, 06.11.2021. O'qildi: 8029 marta. Fikrlar: 90 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик