Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • 1:0
      • Inter
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • 3:2
      • Alaves
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • -:-
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 27 54
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 27 37
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 27 35
10 Atletik Bilbao 27 35
11 Osasuna 27 34
12 Valensiya 27 32
13 Rayo Valyekano 27 31
14 Sevilya 27 31
15 Jirona 27 31
16 Alaves 27 27
17 Elche 27 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 27 18

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona
27-тур Vilyarreal 2-1 Elche
27-тур Xetafe 2-0 Betis
27-тур Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
27-тур Valensiya 3-2 Alaves
27-тур Espanyol 1-1 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

14/03/26 Alaves - Vilyarreal
14/03/26 Jirona - Atletik Bilbao
14/03/26 Atletiko - Xetafe
14/03/26 Real Ovyedo - Valensiya
15/03/26 Real Madrid - Elche
15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hujumchilar xavotiri: mahorat bilan rekord

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbolda darvozabon omili har bir jamoa uchun o‘ta muhim sanaladi. Bilamizki, darvozabon jamoaning yarmiga qiyoslanadi. Demak, bu gap bekorga emas. Boz ustiga, darvozabon pozisiyasidagi o‘yinchining mahorati, ko‘p hollarda jamoa g‘alabasini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Ayniqsa, jamoangizda penaltilarda muvaffaqiyatli darvozabonning bo‘lishi, nur ustiga a’lo nur!
APLning 11 turidan o‘rin olgan «Arsenal» hamda «Uotford» o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar posboni Ben Foster penalti vaqtida fantastik seyv ijro etib, Obameyang zarbasini qaytarib qola olgandi. Ingliz darvozaboni ushbu seyvi orqali Premyer-ligada eng ko‘p seyv ijrochilaridan biri nomiga sazovar bo‘ldi. Quyida Angliyadagi ana shunday «penalti-stopper»lar haqida gaplashamiz.

Yussi Yaaskelyaynen ‐ 7ta seyv

«Bolton» klubining sobiq posboni Yuaskelyaynen 2006 yilning oktabrida «Blekbern» qarshi bahsda naq ikkita o‘n bir metrlik jarima zarbasini qaytarishga erishadi. U APLda bu ishni uddalagan yettinchi darvozabonga aylanadi. Hozirda 46 yoshni qarshilagan sobiq darvozabon 1997 yildan boshlab, 15 yildan ortiq vaqt davomida «Bolton» sharafini himoya qiladi. Yaaskelyaynen, shuningdek, 90 yillarda 3 yil «Vest Xem»da, 2 yil «Uigan» klublarida faoliyat yuritgan edi. U APL uchrashuvlarida 436 marotaba ishtirok etgan. Shuningdek, o‘z darvozasini dahlsiz saqlab qolish borasida barcha davrlarning 14-o‘rindagi posboni sifatida e’tirof etiladi. U APLdagi karyerasida 7 marta penaltidan tepilgan zarbalarni bartaraf eta olgan.

Tim Xovard - 7ta seyv

Xovard Angliyadagi 13 yillik faoliyatida ikki klub – «MYU» hamda «Everton» sharafini himoya qilgan. U «Everton» safida 354 marta maydonda harakat qiladi. Tim 2009 yilda o‘tkazilgan Angliya kubogining yarim finalida sobiq jamoasi «MYU»ga qarshi maydonga tushadi va o‘sha o‘yinning o‘zida ikki marta penalti zarbasini qaytarishga muvaffaq bo‘ladi. O‘yin Xovard jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan edi. APLda esa, Xovard 2009-10 yilda, «Tottenxem»ga qarshi bahsda Jermeyn Defo amalga oshirgan qo‘shimcha vaqtdagi penaltini bartaraf etadi.

Lukash Fabyanskiy - 7ta seyv

Fabyanskiy ham APLdagi eng tajribali o‘yinchilardan. U so‘nggi 15 yilda aynan shu ligada harakat qilib kelmoqda. U Polshaning «Legiya» klubidan 2007 yilda «Arsenal» safiga kelib qo‘shiladi. Polshalik dastlabki penaltidan seyvini 2014 yilgi Angliya kubogi yarim finalida «Uigan Atletik»ka qarshi amalga oshiradi. APLdagi birinchi qutqaruvi esa, 2016 yilda «Suonsi» bilan «Lester»ga qarshi yuz bergan edi. U o‘shanda Riyad Maxrez tepgan 11 metrlik jarima zarbasini darvozasiga kirishiga yo‘l qo‘ymagan. O‘shandan buyon hech bir darvozabon APLda Fabnskiydan ko‘ra ko‘p penaltilarga qarshi chiqa olmagan.

Jo Xart - 7ta seyv

Angliyalik posbonning qilgan xatolari to‘g‘risida ko‘p gapirish mumkin bo‘lsada, uning eng gullagan davrini ham unutmaslik lozim. Xart 2010-2015 yillar mobaynida «Manchester Siti»da harakat qilgan 5 mavsumining 4tasida APLning «Oltin qo‘lqop» sovriniga ega chiqqan. Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni «shaharliklar»ning 2012 hamda 2014 yilgi chempionligida muhim o‘rin tutadi. 2016 yilda Pep Gvardiola jamoaga kelishi bilan, Jo Xartning «Man Siti»dagi faoliyatiga ham yakun yasaladi. Uning eng so‘nggi penaltidagi seyvi 2018 yilning sentyabrida, «Vest Xem» safida «MYU»ga qarshi bahsda yuz bergan.

Simon Minyole - 8ta seyv

So‘nggi paytlardagi o‘ta g‘alati va kulgili xatolari bilan yodimizda qolgan posbon, avvalari «Liverpul»ning eng ishongan futbolchisi edi. U klubda harakat qilgan olti yili mobaynida barcha musobaqalarda sakkiz marta penaltidan berilgan zarbalar yo‘liga g‘ov bo‘la olgan. Bu nafaqat APLda, balki jahonda ham yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.

Robert Grin - 9ta seyv

APLda to‘qqiz marta penaltilardan berilgan zarbalarni qaytara olgan uchta darvozabondan biri bu Robert Grindir. Ingliz posboni 1998 yilda ilk bor «Norvich»da bo‘y ko‘rsatgan edi. Uning eng esda qolarli faoliyati asosan «Vest Xem» klubida kechadi. Grin «bolg‘achilar» bilan yetti bor 11 metrlikdan kelgan to‘plarni bartaraf etgan edi.SHuningdek, u 2012 yilda «QPR» jamoasiga ko‘chib o‘tganidan keyin ham ikki bor seyv ijrochisiga aylanadi. Grinning eng esda qolarli seyvlari 2007 yilda Krishtianu Ronalduga qarshi, 2012 yilda esa, Stiven Jerrardga qarshi ko‘rsatgan mahoratlari edi.

Eurelio Gomes - 9ta seyv

Gomes bir o‘yinda ikki marta penaltilarda muvaffaqiyat qozongan darvozabonlardan biri sanaladi. Braziliyalik posbon 2010 yilda «Sanderlend» hujumchisi Darren Bent amalga oshirgan har ikki zarbani ham qaytaradi. Keyinchalik, 2016 yilda, «Uotford» safida ham xuddi shunday ishni takrorlay olgan edi. U o‘shanda «Vest Brom» futbolchisi Seydo Beraxinoning ikkita penalti zarbasi yo‘liga g‘ov bo‘ladi. Gomes bu bilan jamoasining g‘alabasini ta’minlaydi.

Ben Foster - 9ta seyv

Foster o‘z professional faoliyatini «Stok Siti» klubida boshlaydi. 2005 yilda esa «MYU»ga transfer qilinadi. U «Old Trafford»da ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lgan va asosan kubok bahslarida o‘ynagan. Shunga qaramay, aynan kubok uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatishni uddalay oladi. Xususan, Ben Foster 2009 yilgi Liga kubogi finalida «Tottenxem»ga qarshi o‘yinda Jeymi O‘'Xara tepgan penaltini bartaraf etib, jamoasini chempionlikka elitgan edi. U «MYU» bilan APLda penaltidan seyv ijro etmaydi. Uning Premyer-ligadagi qutqaruvlari «Vest Brom» hamda «Uotford»dagi yillariga to‘g‘ri keladi.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 18:03, 14.11.2021. O'qildi: 3322 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.