Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol tarixidagi g‘alati shartnomalar: Alvesh haftasiga 1 yevro maosh oladi…

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

  Dani Alveshning “Barselona”ga qaytishi shov-shuvli bo‘lgan bo‘lsa-da, uning olayotgan maoshi undanda ko‘proq muxlislar e’tiborini o‘ziga qarata oldi. Braziliyalik himoyachi kataloniyaliklar safida haftasiga 1 yevro maosh oladi. Albatta, Alveshga puldan ko‘ra o‘zining sevimli jamoasi muhim ekanligi taхsinga sazavor. Quyida stadion.uz sayti futbol tarixidagi g‘alati shartnomalar haqida so‘z yuritadi.

 “Sautgempton” uchun 25 million yevro

Ingliz jamoasi tarkibida hozirgi kunda yulduz darajasiga yetgan ko‘plab futbolchilar to‘p tepishgan. Ularning eng mashxuri so‘zsiz Garet Beyl bo‘lgan. 2007 yilda “Tottenxem” uyelslikni “Sautgempton”dan 16 million yevroga xarid qilgan. Beylning kelajagini ko‘ra olgan “qizil-oqlar” futbolchining shartnomasiga bir bandni qo‘shishgan. Ya’ni agar “shporlar” uyelslikni sotishsa, transfer summasining 25 foizi “Sautgempton” hisobiga o‘tkazilishi kerak edi. Yakunda londonliklar Beylni “Real Madrid”ga 101 million yevroga sotishgan. Shunday qilib “qizil-oqlar” o‘z futbolchisi uchun yana 25 million ishlab olishgan.

Ukani olib qolish uchun olib kelingan aka

“Milan”dan “PSJ”ga o‘tgan Donnarumma haqida yaxshi bilasiz. Uning Antonio ismli akasi borligini eshitganmisiz? 2017 yil “rossenori” Jiji bilan shartnomani yangilaydi. Shartnomaning bir bandi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan. O‘sha paytlardayoq yosh darvozabon uchun ko‘plab jamoalar qiziqish bildirishayotgan edi. Shu sababli “Milan” o‘z iqtidorini jamoada olib qolish uchun uning so'raganini bajarishga tayyor edi. Janluidji esa klubdan akasi bilan ham shartnoma imzolashini so‘ragan. Shu tariqa milanliklar o‘sha yilda ikki darvozabon bilan shartnoma imzolagan. Ular aka-uka Donnarummalar edi. Ma’lumot uchun, Antonio Donnarumma debyutidan beri milanliklar safida gol o‘tkazmagan yagona darvozabon.  U jamoa tarkibida 300 daqiqaga yaqin o‘ynagan.

“Arsenal”ga o‘tish mumkin emas

“Liverpul”ning daxshatli hujum triosi vaqtida hech kimga tinchlik bermagan. Ular orasida Roberto Firminoning shartnomasi boshqalarinikidan ajralib turadi. Gap shundaki, braziliyalik “Liverpul”dan “Arsenal”ga o‘tishi mumkin emas. Bu bandni albatta “mersisaydliklar” qo‘shishgan bo‘lsa kerak. Negaki o‘sha paytdagi ikki jamoaning kuchi deyarli teng edi. Roberto Firminoning shartnomadagi tovon puli 96 million yevroni tashkil etadi. Shu o‘rinda, bu summani to‘lash yo‘li bilan transfer qilish hamma jamoaga mumkin. Faqatgina “Arsenal”dan tashqari.

Qizil olmaslik uchun qo‘shimcha pul

Mario Balotellining og‘ir harakteri hammaga ma’lum. Uni o‘z tarkibiga qo‘shayotganda “Liverpul” rahbariyati shartnomaga bir band qo‘shishgan. Ularning shartiga Mario amal qilsa, yillik maoshiga yana 1 million funt qo‘shib olishi mumkin edi. Super Mariodan so‘ralgan nasra u bir mavsumda uchtadan ko‘p qizil kartochka olmasligi kerak edi.

 Bir mavsum uchun bir uy

Germaniyalik hujumchi Juzeppe Reyna 1996 yilda "Arminiya"ga o‘ziga hos shart asosida ko‘chib o‘tadi: unga ko‘ra klub har bir mavsum oldidan futbolchi uchun yangi uy qurib berishi lozim bo‘lardi. Shartnoma esa uch yilga mo‘ljallangandi. Unga ko‘ra Reyna uch yil ichida uchta uy egasiga aylanishni rejalashtirgan.

Ammo, uning ushbu rejasi amalga oshmadi. Reyna ushbu shartnomaga hech qanday qo‘shimcha bandlarni qo‘shmagandi (o‘z o‘rnida uyning joylashishi va hajmini ham). Shu sababli ham klub pulni ayyorona tarzda tejab qolishga qaror qiladi.

Yakunda "Arminiya" rahbariyati har mavsum boshlanishi oldidan unga Lego o‘yinchoqlaridan yasalgan uychalarni taqdim etgan.

Safar o‘yinlariga uchib bormaslik imkoniyati

"Arsenal" gollandiyalik futbolchi Dennis Bergkampga safardagi o‘yinlarga samolyotda uchmaslik uchun ruhsat bergan. Aеrofobiya (samolyotda uchishdan qo‘rqish) sababli, futbolchi o‘yinlarga yaxshi tayyorlana olmasligi mumkin edida!

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:42, 19.11.2021. O'qildi: 5567 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.