Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • 2:3
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • 1:3
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 1:1
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      •   Vyetnam
      • 1:1
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 43
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 34
7 Atalanta 20 31
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Piza - Atalanta
17/01/26 Udineze - Inter
17/01/26 Napoli - Sassuolo
18/01/26 Kalyari - Yuventus
18/01/26 Parma - Jenoa
18/01/26 Bolonya - Fiorentina
18/01/26 Torino - Roma
19/01/26 Milan - Lechche
19/01/26 Cremonese - Verona
20/01/26 Lasio - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Legionerlarimiz. Shomurodov sobiq jamoasiga qarshi, Yaxshiboyevni esa “Real”ga qarshi uchrashuv oldidan muhim o‘yin kutmoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Terma jamoalar o‘rtasidagi xalqaro tanaffus yakuniga yetdi. Dam olish kunlari yana klub darajasidagi musobaqalar boshlanadi. “Stadion.uz” nashri ushbu haftada Yevropa va Osiyo maydonlarida to‘p suradigan legioner futbolchilarimiz jamoalarining navbatdagi tur uchrashuvlari haqida ma’lumot beradi.

 

Jasur Yaxshiboyev

Moldova chempionatida ijara asosida to‘p tepadigan Jasur uchun mavsum bir tekisda ketmayapti. Chempionlar ligasi doirasidagi “Real”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Yaxshiboyev sekin-asta yana o‘z o‘yinini tiklab bormoqda. “Sherif” ayni paytda chempionat turnir jadvalida 34 ochko to‘plab, 2-o‘rinda ketmoqda. Biroq, Tiraspolliklar 1-pog‘onadagi “Petrokub”dan 3 ta o‘yin kam o‘tkazgan.  Yaxshiboyev ichki chempionat doirasida 6 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urishni uddalagan. Bugun “Sherif” Moldova chempionati 18-tur doirasida safarda “Floresht” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, 25 noyabr kuni Yaxshiboyev va uning jamoasiniyana bir muhim uchrashuv kutmoqda. Bu Chempionlar ligasi doirasidagi Madridning “Real” jamoasiga qarshi uchrashuv. Biz esa har ikkala o‘yinda Jasurdan gol kutib qolamiz.


Eldor Shomurodov

Terma jamoamiz tarkibidagi eng mashhur futbolchi Eldor Shomurodov to‘p tepadigan “Roma” Italiya A seriyasining navbatdagi turida “Jenoa”maydoniga safar qiladi. Ushbu bahs terma jamoamiz a’zosi uchun o‘ziga xos uchrashuv bo‘ladi. Sababi, Eldor o‘tgan mavsumda aynan “Jenoa” safida o‘ynagan va ushbu jamoadan “Roma” tarkibiga ijara asosida qo‘shilgan. Shomurodovning “bo‘rilar” tarkibidagi ishlari unchalik yaxshi emas. Chunki, klubning portugaliyalik bosh murabbiyi Joze Mourinyo Eldorga unchalik ishonch bildirmayapti. Ammo, o‘tgan turdagi “Venesiya”ga qarshi kechgan o‘yinni (2:3) asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz o‘z hisobiga 1 gol va 1 asistni yozdirib qo‘ydi. Ehtimol, Shoma ushbu natijalari orqali Joze ishonchini oqlagan bo‘lishi mumkin va “griffonlar”ga qarshi o‘yinda ham boshlang‘ich tarkibda tushar?! Uchrashuv 21 noyabrdan, 22 noyabrga o‘tar kechasi Genuyadagi “Luijji Ferraris” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jaloliddin Masharipov

Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p tepadigan Jaloliddin Masharipovning ham ishlari ancha yaxshi. Legioner futbolchimiz to‘p tepadigan “An-Nasr”  o‘z maydonida Saudiya Arabiston Premyer-ligasi 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Al-Rayed”ni qabul qiladi. Masharipov saudiyaliklar asosiy tarkib futbolchisi hisoblanadi. Hujumchimiz hozirgacha Riyod klubi tarkibida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga ikkita asistni yozdirib qo‘ygan. “An-Nasr” esa chempionat turnir jadvalida 13 ochko bilan 9-o‘rinni band etgan. Ammo, ularning hisobida ikkita zahira uchrashuvi bor. Umuman olganda, “An-Nasr” – “Al-Rayed” bahsida ustunlik Masharipov jamoasi tarafida. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi so‘ng 5 o‘yinning 4 martasida “Nasr” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 bahsda raqining qo‘li baland kelgan. Ushbu o‘yin ertaga Toshkent vaqti bilan 21:40da boshlanadi.

Otabek Shukurov

  

Otabek Shukurov to‘p tepadigan “Al-SHarja” bu turda mehmonda o‘ynaydi. Ular BAA Birichi divizioni 10-tur doirasida safarda “Xaur-Fakkan” maydoniga safar uyushtiradi. Sharja klubining chempionatdagi ishlari yaxshi emas. Ular 9-turdan so‘ng, 13 ochko billan turnir jadvalining 8-pog‘onasidan joy olgan. Otabek musobaqaning joriy mavsumi doirasida 9 ta uchrashuda maydonga tushgan. Ertangi bahs Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

Igor Sergeev

Ayni paytda qo‘shnilarimiz uchun futbol musobaqalari deyarli yakunlangan. Sergeev esa “Tobol” bilan Qozog‘iston chempioniga aylandi. Faqatgina, Qozog‘iston kubogi yarim final javob uchrashuvlari va final bahsi qolgan. Kostanoy klubini esa kubok uchrashuvi kutib turibdi. Ular dastlabki Uchrashuvda yirik 5:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. Ikkinchi o‘yin esa 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Aziz G‘aniyev

Yaqinda jarohatdan tuzalgan Azizjon yana avvalgi darajasini tiklab bormoqda. Terma jamoamiz a’zosi to‘p suradigan BAAning “Al-Ahli” jamoasi navbatdagi tur doirasidagi uchrashuvni safarda o‘tkazadi. Dubay derbisi maqomida o‘tadigan uchrashuvla “An-Nasr”ni mag‘lub etishga harakat qilib ko‘radi. Ayni paytda “Al-Ahli” BAA chempionati turnir jadvalida 16 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinni band etgan.

 

Bobir Abdiholiqov, Shahzod Ubaydullayev, Doniiyor Abdumannopov



Birdaniga 3 nafar futbolchimiz to‘p tepadigan “Energetik BGU” jamoasi yakunlanayotgan mavsumda o‘z o‘yinini ko‘rsata olmayapti. Borisovliklar ayni paytda Belarus chempionati turnir jadvalida  30 ochko bilan 12-o‘rinni band etgan. “Andijon” safidan o‘tgan Doniyor BGU safida haligacha o‘z o‘rnini topa olmagan. U shu paytgacha bir marta maydonga tushgan. Shuningdek, Bobur Abdiholiqov 12 uchrashuvda maydonga tushgan va 1 gol urgan. “Metallurg” klubi sobiq futbolchisi Shahzod Ubaydullayev “Energetik BGU” safida  9 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol va 2 golli uzatmani amalga oshirgan. Borisov klubi navbatdagi turni o‘z maydonida “Slavan” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

Oston O‘runov

“Spartak” safidagi omadsiz uchrashuvlardan so‘ng, yana “Ufa”ga qaytgan Oston yana o‘z o‘yinini namoyish etishni boshladi. Oston “Ufa” safida Rossiya Premyer ligasi doirasida 6 uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, Xalqaro uchrashuvlar paytida o‘tkazilgan SSKAga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘z  hisobiga gol yozib qo‘yishni ham uddaladi. “Ufa” ayni paytda RPL turnir jadvalida  12-o‘rinda ketmoqda. Klub 14 uchrashuvda, 14 ochko qo‘lga kiritishgan. Oston va uning jamoasi ertaga 15 tur doirasida safarda “Rostov”ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv 21 noyabr kuni “Rostaov arena” stadionida Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

 
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 10:24, 20.11.2021. O'qildi: 3969 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Верона Gift Orban 7
5 Милан Rafael Leau 7
6 Болонья Rikkardo Orsolini 7
7 Интер Xakan Chalxanoglu 7
8 Наполи Rasmus Xeylund 6
9 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
10 Рома Matias Soule 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.