Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 23 58
2 Real Madrid 23 57
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 22 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 23 34
7 Selta 23 33
8 Real Sosyedad 23 31
9 Osasuna 23 29
10 Atletik Bilbao 23 28
11 Xetafe 23 26
12 Jirona 23 26
13 Sevilya 23 25
14 Alaves 23 25
15 Elche 23 24
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 22 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

23-тур Selta 0-0 Osasuna
23-тур Barselona 0-0 Malyorka
23-тур Sevilya 0-0 Jirona
23-тур Real Sosyedad 0-0 Elche
23-тур Alaves 0-0 Xetafe
23-тур Atletik Bilbao 0-0 Levante
23-тур Atletiko 0-0 Betis
23-тур Valensiya 0-0 Real Madrid
23-тур Vilyarreal 0-0 Espanyol

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xavining “Barselona”si

Baho:
+2 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

   Kataloniya derbisi Xavining “Barselona”dagi debyuti vazifasini ham bajarib berdi. Uning “Blaugranas”ga murabbiy bo‘lganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi. Shunday bo‘lishiga qaramay ispaniyalik jamoani ancha o‘zgaritishga muvaffaq bo‘lgan ko‘rinadi. Xar xolda birinchi o‘yindan so‘ng xulosalar shunday bo‘ldi. Hali uni oldinda jiddiy sinovlar kutib turibdi.

  La Masiyaga murojaat

Kechagi o‘yindan so‘ng ko‘pchilikni jamoadagi yangi nomlar xayratga solgan bo‘lsa ajab emas. Xaqiqatdan ham Xavi akademiyadan yana bir nechta iqtidorlarni topa oldi. Ulardan biri albatta Ilias Akomakdir. Ushbu yigitchaning to‘pni o‘zida olib yurishi va ishonchi ko‘plab muxlislarga manzur kelgan bo‘lsa ajab emas. U qulay vaziyat bo‘ldi deguncha zarba berishga intilaverdi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Ezzalzoulini ham ta’kidlab o‘tish kerak. Texnik harakatlari bilan braziliyaliklarni eslatib yuboruvchi marokashlikning tezligi ham yuqori ekan. Akomak nisbatan hali ancha yosh. Tabiiyki shu sabab unga e’tibor bo‘lmagan. Lekin marokashlik Abde Ezzalzouli 20 yoshni qoralab qo‘ygan. Klubning avvalgi murabbiylari nega unga e’tibor bermaganligi qiziq. Xavi hali bu ikki iqtidor bilan to‘xtamasa kerak. Undan yana yangi kashfiyotlarni kutamiz. Negaki, La Masiyada bunday iqtidorlilar topilaveradi.

 O‘xshayotgan tiki-taka

Xavining “Barselona”ga kelishi jamoada o‘xshamayotgan tiki-takani rivojlantirishi shubxasiz edi. Mutaxassisning mashg‘ulotlar jarayonidagi mayda paslarga urg‘u berayotgan videolari ancha ommaviylashganini ko‘rdik. Lekin u bu qadar tez foyda berishiga ishonish qiyin edi. Kuman qo‘l ostidagi kataloniyaliklar va hozirgi jamoani solishtirib ko‘ring. Avvalgi “Barselona” to‘pni bu qadar nazorat qilmas edi. Uning ustiga o‘sha klub to‘p bilan hujumda nima qilishni bilmasdi. Oddiy qilib aytganda to‘pni olib borib hujumni zarbagacha olib bora olmasdi. Uzatib-uzatib to‘pni raqibga oldirib qo‘yar edi. Xozir esa tezkor mayda paslar bilan Xavi jamoasi osonlik bilan raqibni dog‘da qoldirmoqda. Uning ustiga ularda uzatma uchun kamida 2-3ta variant bor. Bu esa jamoa bosim qilish jarayonida ham bo‘sh pozisiya topish uchun ko‘p yugurayotganidan dalolat.

Chalg‘ituvchi qanot

Albaning hujumga qo‘shilishini hamma biladi. U oldingi chiziqda ancha foydali o‘yin ko‘rsatadi. Lekin Kumanning qo‘l ostida maydonda unga to‘liq pozisiya yaratib berilmadi. Asosan Kuman Depayni chap qanotda ishlatdi. Shu tariqa Alba ko‘p hujumlarga qo‘shila olmadi. Xozir esa Xavi unga shu pozisiyani taqdim etmoqda. Taktik ko‘rinishga qaraganda chap qanot hujumida Gavini ko‘rdik, lekin jamoa bosim o‘tkazayotganida Gavi yarim himoyaga qaytdi va qanot Albaga qoldi. Hujum jarayonida shuni ko‘rdikki, jamoa 3-4-3 taktikasiga o‘tib olmoqda. Gavi va De Yong yarim himoya qanotlarida, Buskets ortroqda, Niko Depayning ortida va Alba qanot hujumida paydo bo‘lmoqda. Himoyada esa Pike, Mingesa va Erik.

Himoyadagi kamchiliklarni hujum bilan bartaraf etish

 “Barselona”ning himoyadagi kamchiliklari juda katta. La ligada “Barselona” ancha uchrashuvdan beri darvozasi dahlsizligini saqlay olmayotgan edi. Xavi buning chorasini topishda xali ancha boshi qotishi turgan gap. Negaki kuchsiz jamoalarga qarshi to‘p nazorati va aniqlik evaziga gol o‘tkazmaslik mumkin, lekin hujumkor jamoalarga qarshi buning iloji yo‘q. Erik katta ehtimol bilan Xavi tayangan futbolchi bo‘ladi. Uning yutuq tomoni paslardagi aniqlik. Ispaniyalik mutaxassis uchun aynan shunday futbolchi kerak.  Ammo bu bilan “Barselona”ning orqa chizig‘idagi muammolar hali beri bartaraf etiladiganga o‘xshamaydi.

Hamon o‘sha kamchilik

Xavining “Barselona”sini juda maqtadik. Ammo hamon eski hammom eski tos. Ya’ni jamoaning hujumlarni yakunlashdagi jiddiy kamchiligi davom etmoqda. Hozir “blaugranas”da haqiqiy goleador yo‘q. Aguyeroning faoliyatini yakunlashi, Fatining jarohatlari jamoaga qimmatga tushmoqda. Lyuk De Yong haqida gapirish menimcha shart emas. Jamoaga barbir kamida bitta gol mashinasi kerak. “Barselona”da vingerlar yetishmasligi haqida ham gapirar edik, ammo Akomak va Ezzalzouli shunday o‘ynashda davom etsa ulardan nimadir kutsa bo‘ladi.

To‘g‘ri hali hulosa chiqarishga erta. Xavining o‘yin uslubi qay darajada o‘zini oqlashi ham qorong‘u. Uning yutuq va kamchiliklarini kuchli jamoalarga qarshi o‘yindan so‘ng muhokama qilish kerak. Ammo tan olish kerakki, debyut yaxshi chiqdi. Xavining oldinda qiladigan ishlari ko‘p.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:22, 21.11.2021. O'qildi: 7088 marta. Fikrlar: 45 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Вильярреал Alberto Moleyro 9
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 9
9 Сельта Borxa Iglesias 9
10 Бетис Kucho Ernandes 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.