Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • -:-
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • -:-
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8837 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2945 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

E’tirof: Tentak, janjalkash, bezori va yetakchi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

JCH-2022 saralashida rossiyaliklarni «pley-off» raundiga yo‘liqtirib, o‘zi Qatar chiptasini naqd qilgan Xorvatiya milliy jamoasida yetakchilik roliga da’vogar futbolchilar ko‘p. Ulardan biri - JCH-2018 finali oldidan 2 kilogramm kolbasani paqqos tushirgan pala-partish va tentaknamo Marselo Brozovich. «Inter» yarim himoyachisi vaqtida shifoxonada harbiylar bilan janjallashgan, kechasi mast holatda avtomobilda sayrga chiqib, «qo‘l»ga tushgan. Xullas, Marselo bugungi Xorvatiya termasining «aqldan ozgan» yetakchisi. U JCH-2022 saralash sikli doirasidagi deyarli barcha o‘yinlarda ishonchni to‘liq oqladi, faqat «bemajol» Malta termasiga qarshi bahslar bundan mustasno: birinchisida zaxirada o‘tirdi, ikkinchisida avtogol muallifiga aylandi (shunchaki, hovliqish oqibati) va tanaffusda o‘rnini boshqa futbolchiga bo‘shatib berdi. Asosiy fakt shuki, aynan Brozovich JCH-2022 saralashida Xorvatiya termasi safida eng ko‘p vaqt to‘p surgan futbolchi bo‘ldi. Xorvatning «Inter»dagi holati ham shunday: joriy mavsum biror o‘yinni qoldirgani yo‘q, qolaversa, hammasida boshlang‘ich tarkibdan joy oldi (to‘g‘ri, u «A» seriyadagi umumiy daqiqalar bo‘yicha jamoada atigi to‘rtinchi o‘rinda). Umuman, oxirgi 4 mavsumga qarasak, Brozovich har safar «A» seriyaning kamida 31ta o‘yinida ishtirok etdi. Tentakligiga kelsak, yarim himoyachi Italiyaga ko‘chib o‘tishi bilan «Instagram»dagi sahifasiga oziq-ovqatga to‘la do‘kon aravachasi (muzlatilgan pissa, shirinliklar) va bir setka pivo suratini qo‘ydi...


YOSH, OZG‘IN, BO‘RIDAY OCH...

Marselo Brozovich Fransiya termasiga qarshi kechgan JCH-2018 finalida butun vaqt davomida tinmay yugurdi. Maydonga tushishdan oldin esa rosa kaloriya to‘plagan ekan. Himoyachi Deyan Lovren buni o‘ziga xos tarzda tavsiflagandi: «Ochig‘i, Brozovich qanaqasiga shuncha ko‘p ovqat yeyishini bilmayman. Deylik, u jahon chempionati finalidan oldin 2 kilogramm kolbasa va 2ta kruassan (bulochkasimon pishiriq)ni paqqos tushirdi, yana bir necha shisha kola ichdi. Keyin maydonga tushib, 90 daqiqa davomida muammosiz 15 kilometr yugurdi. Agar Marselo bilan teng ovqatlanganimda, tiklanishim uchun 4 kun ketardi. Men shuncha ovqatni qanday tanovul qilishini so‘raganimda, shunchaki, osmonga qarab baqirdi: «Oh, kolbasa, kolbasa...!» Eng qizig‘i, ochofatlik Brozovichning sport formasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. «Inter»da hattoki, uni ozg‘inligi uchun kalaka ostiga olishadi. Masalan, Nikolo Barella: «Kiyinish xonasiga olib kirgan ikralaring qolib ketdi...».

 

XILMA-XIL MUAMMOLAR...

Brozovich - bu muammolar to‘plami: mast holda avtomobil boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilish, «Inter» murabbiyiga tanqid sifatida «Instagram» tarmog‘iga joylashtirilgan post ortidan 1 oylik diskvalifikasiya... Ayniqsa, 2020 yilning yozida ro‘y bergan voqea katta shovqinga aylandi. O‘shanda Brozovich oyog‘i jarohatlangan do‘stini Milandagi shifoxonaga olib bordi. Yigit ozgina qon yo‘qotgandi, Marselo bundan vahimaga tushdimi, shifokorlardan do‘stini navbatsiz qabul qilishlarini talab qildi. Ammo muassasa xodimlari «iltimos»ni inobatga olishmadi. Natijada futbolchi yaxshigina janjal ko‘tardi, shifoxona rahbariyati esa uni tinchlantirish uchun avvaliga polisiya, keyin maxsus harbiylarni chaqirishga majbur bo‘ldi. Brozovich jiddiy ogohlantirishdan keyingina biroz hovuridan tushib, shifokorlardan kechirim so‘radi va do‘sti bilan umumiy navbatda o‘tirdi. U ushbu voqeadan atigi 1 oycha muqaddam tunda mast holda avtomobil boshqarib, svetoforning qizil chirog‘ida ham to‘xtamagan, oxir-oqibat, polisiya tomonidan ushlangan edi. Marselo buning oqibatida haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi. Kamiga «Inter» unga 100 ming yevro miqdorida jarima soldi. 2016 yili ham shunga o‘xshash holat kuzatilgandi: Rojdestvo kunlari futbolchiga tegishli BMW X6 avtomobili svetoforning qizil chirog‘iga 2 marta «bo‘ysinmagani» aniqlandi. Vaholanki, o‘sha vaqt Brozovichda «toychoq» rulini qo‘lga olish huquqi umuman yo‘q edi, chunki 2 ikki oycha oldin yo‘l harakati qoidasini buzgani uchun haydovchilik guvohnomasidan vaqtincha mahrum qilingan edi.

2016 yili «Inter» Yevropa Ligasida kamtarin «Xapoel (Beer - Sheva)ga yutqazdi. O‘yinning tanaffusida almashtirilgan Brozovich yana bir mojaroni keltirib chiqardi: «Instagram» tarmog‘idagi sahifasida jamoa bosh murabbiyi Frank de Burni rosa «tuzladi». Klub esa bunga beparvo qaramadi va Marseloni 1 oyga diskvalifikasiya qildi. Lekin futbolchi muddatidan oldin tarkibga qaytdi. «Brozovich aybiga yarasha jazolandi va kechirildi», - deya izoh bergandi «Inter»ni atigi 3 oy boshqargan de Bur o‘shanda. Niderlandiyalik mutaxassis jamoadan ketgach, Brozovichning tartib-intizomiga yana bir marta to‘xtaldi: «Har safar nihoyat, natija yaxshilangani va hammasi tinchlangani haqida o‘ylaganingizda, birdan qandaydir muammo chiqadi - Ikardi o‘z kitobida muxlislarni tanqid qiladi yoki Brozovich tungi klubda ko‘rinish beradi. Natijada yana kimnidir jazolashdan o‘zga chora qolmaydi. Jamoada atigi 3 oy ishladim, lekin ochig‘ini aytaman, bu vaqt men uchun xuddi 1 yildek o‘tdi».

 

MOJAROGA MOYILLIK...

Vaqt o‘tishi bilan Brozovichning mojaroga moyilligi yo‘qolmadi. Xususan, 2018 yili «Bolonya»ga qarshi kechgan g‘alabali o‘yinda almashtirilgan xorvat «Inter» muxlislarining hushtakbozliklari va noroziliklariga javoban kinoya bilan qarsak chaldi. O‘shanda Gazzetta dello Sport nashrida «Inter» Marseloni bu xatti-harakati uchun jarimaga tortishi va undan omma oldida rasman uzr so‘rashini talab qilishi haqida yozildi, biroq sobiq bosh murabbiy Luchano Spalletti bunga qo‘shilgani yo‘q: «Muxlislarga gapim shuki, sizlar ba’zida kimnidir jazolashni istaysizlar, biroq tushuning, bu naf bermaydi. Jamoa va menejer aniq qoidalarni belgilab qo‘ygan, agar kimdir ularga rioya qilmasa, albatta, jazolanadi. Ammo Brozovichni jazolash o‘rinsiz, chunki u o‘zini jazolab bo‘ldi».

 

O‘ZIGA XOS ISHORA

Brozovichda o‘ziga xos ishorasi bor. U buni qo‘liga ham chizdirgan, hattoki, shaxsiy barining tashviqotida ham shu «imzo» - ishoradan foydalanadi. Hammasi oddiy - futbolchi bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan iyagini ushlagancha o‘ychanlikni tasvirlaydi. Qiziq, bu qanday paydo bo‘lgan? «Aniq esimda, avgust oyi o‘rtalari edi. Avtomobilda opam va uning dugonasi bilan Milan markaziga bordik. Yo‘lga tushishdan oldin kelishib oldik - shahar o‘rtasida suratga tushamiz. Keyin ayni shu holatda suratga tushdim, hammasi tabiiy, hech qanday sababsiz. Mantiq nima? Ochig‘i, bilmayman. Ehtimol, yaxshi yigit yoki olijanob ekanligimni ko‘rsatishga urinishdir. «Qarang, men qandayman» qabilida. Yaxshi kunlardan birida Gazzetta nashrida ishoram haqida yozilgan maqolani ko‘rdim. Shu-shu hammasi yangi darajaga chiqdi va ishora men uchun o‘ziga xos «tashrif qog‘ozi»ga aylandi», - degandi Brozovich bu borada.

Marselo ushbu ishorasini chap qo‘liga muhrlagan - tatuirovkada o‘ychan emozi. U gollarini nishonlashda ham, chempionlik tantanalarida ham, ta’til vaqtida ham shu suratni ko‘z-ko‘z qiladi. Umuman, Brozovich badani tatuirovkalarga to‘la. Ularning soni allaqachon 20tadan oshgan. Eng yorqin va yangisi - joriy yilning bahorida bo‘yniga chizdirilgan bomba shaklidagi emozi. O‘ychan yuz tasvirlangan emozini esa Brozovichning EpicBrozo nomli shaxsiy bari eshigida ham ko‘rish mumkin. Bu muassasada darts o‘yini uchun sharoitlar yaratilgan. Binobarin, Marselo shu o‘yin shaydosi. Aytish joiz, futbolchi EpicBrozo atamasidan ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanadi. Brozovichda shaxsiy kiyim-kechaklar brendi ham bor va futbolkalarni aynan EpicBrozo yozuvi bilan sotuvga chiqaradi.

Marselo Brozovich CHLda «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuvda raqib jarima zarbasini tepishga chog‘langan pallada «jonli devor» oldiga yotib olgan va bu harakatini EpicBrozo atamasi yordamida ifodalagandi. U keyinchalik ushbu taktik uslubni tez-tez qo‘llashga odatlandi. Xorvat o‘sha harakatini timsoh yurishi sifatida ta’riflaydi. U yana Xellouin bayramida shunga muvofiq, yashil kostyumni tanlagandi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:00, 26.11.2021. O'qildi: 3433 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.