Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 12 7 9 28
2 Italiya 8 4 11 23
3 AQSh 6 8 5 19
4 Niderlandiya 6 5 1 12
5 Avstriya 5 7 3 15
6 Shvesiya 5 5 1 11
7 Shveysariya 5 2 3 10
8 Germaniya 4 7 6 17
9 Fransiya 4 7 4 15
10 Yaponiya 4 5 9 18
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Zlatan Ibragimovich: «Gap shartnomalar yoki nom chiqarishda emas...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

The Guardian jurnalisti shvesiya­lik mag‘rur hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan maydonda «uzoq umr ko‘rish» siri va kelajak rejalari haqida suhbatlashish maqsadida Milanga yo‘l oldi va maqsadiga erishdi. «Aslida menga oson emas. Har kuni ertalab butun vujudimda og‘riq his qilgan holda, uyg‘onaman», - deya suhbatga kirishdi Ibra Milanellodagi bazada. Qudratli hujumchi «Milan»ning mashhur mashg‘ulotlar markazida mag‘rur qadam tashlaydi. 40 yoshda ham yuqori saviyada o‘ynash nimani ang­latishini uning yurishidan osongina tushunish mumkin.

Ibragimovich «Milan»ning yosh futbolchilarini ilhomlantirish barobarida eng yuqori saviyada o‘ynashda davom etib, barchada hayrat uyg‘otmoqda:

- Bugun ertalab butun vujudim og‘ridi, ammo maqsad bor ekan, adrenalin topiladi. Ishni sifatli bajarayotganimni bilaman. Lekin yuqori darajada qolish uchun har kuni ko‘p ter to‘kishim kerak. Futbolda imkon qadar uzoqroqqa bormoqchiman. Hozir to‘xtashni o‘ylayotganim yo‘q. Binobarin, bir necha yildan keyin «O‘shanda davom etishim mumkin edi, chunki kuchim borligini sezib turgandim» qabilida afsuslanishni istamayman. Ehtimol, o‘zimni butunlay charchatmasligim yaxshiroqdir, muhimi, hozircha qo‘limdan ish keladi - bunga shubham yo‘q.

Zlatan 2019 yilning dekabr oyida «Milan»ga qaytdi. U bunga qadar tizzasidagi jiddiy jarohat tufayli «MYU»dan ketishga majbur bo‘lgan va 2 yil «Los-Anjeles Geleksi»da to‘p surgandi. Odatda yevropalik yulduzlar o‘z chiqishlarini shu zaylda yakunlashadi. Lekin Ibra boshqacha, u «Milan»ga yangi maqsadlar bilan qaytdi:

- Gap shartnomalar yoki nom chiqarishda emas, bularga ehtiyo­jim yo‘q. Meni to‘xtamaslikka undaydigan yagona narsa - adrenalin. Har kuni ertalab qandaydir og‘riq sezaman. Sizni pul davolamaydi, yangi muxlislar yoki barchaning kuchli e’tibori ham. Faqat va faqat adrenalin yordam beradi. Men uchun azob-uqubatlar muammo emas, aksincha, bu nonushtaga o‘xshaydi. Ammo ko‘pchilik azob-uqubat nimaligini teran tushunmaydi, chunki hozirgi zamonda ijtimoiy tarmoqlarga ega yangi avlod deyarli hech nima qilmay, mashhurlikka erishishi mumkin. Oldingi avloddan esa ozgina yutuq yo‘lida ham ko‘p ter to‘kish talab etilardi. Shunday mehnatkash avlod vakili ekanligim bilan faxrlanaman.

«Milan» CHLda ancha qiynalmoqda. Axir raqiblari anoyi emas - «Liverpul», «Atletiko» va «Portu». Ammo e’tiborga olish kerak, asosiy yevroturnirning joriy mavsumidagi eng yosh ishtirokchi aynan Stefano Pioli jamoasidir:

- «Milan» hattoki, men bilan ham eng yosh jamoa bo‘lib turibdi. Bunga aql bovar qilmaydi. Yigitlar meni yoshligimga qaytirishmoqda, hammasi Benjamin Button hikoyasiga o‘xshaydi. Ishoning, bu yerda 6 oy shug‘ullansangiz, sochlaringiz yana qorayadi. Jiddiy gapirsam, hozirgi holatimdan faxrlanaman, chunki yosh futbolchilardagi ruhiy ko‘tarilishni ko‘rib turibman. Ular me’yoridan ancha baland mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishmoqda. Men uchun baxt ham, adrenal ham aynan shu. Axir yosh yigitlar bilan teng yugurishga majburman. Mana, 20 yildan buyon katta futbol ichidaman, tinmay shug‘ullanaman. Gohida odamlar luqma tashlashadi yoki o‘zlaricha o‘ylashadi: «Yo‘q, Ibragimovich endi to‘xtashi kerak». Lekin yuragim boshqacha nido beradi: «Sen davom et, chunki yosh futbolchilar yutuqlaring, ishga yondashuvingga qarab, ilhomlanishyapti». Demak, allaqachon hammasiga erishgan bo‘lsamda, hali yo‘ldan chiqmasligim kerak. Yo‘q, o‘zimni xarob qilmayapman, bu shunchaki, yoshlarga yaxshi misoldir.

Shunchaki, vovullashdan nariga o‘tmaydigan it emasman. Bu yerga birinchi tashrifimdayoq jamoamiz super edi. Hozir esa juda ko‘p iste’dodlarga egamiz. «Milan» - Yevropaning eng yosh jamoasi, shunga qaramay, hamon yuqoridamiz. Asosiysi, yanada qiziqarliroq loyihamiz bor. Superyulduzlar jamoasi bo‘lganimizda, tabiiyki, hamma katta natijalar kutardi. Endi umumiy holat boshqacha - bizdan hech nima kutishmaydi. Bunda g‘alaba ikki hissa totli bo‘lishi muqarrar.

«Qariya» Ibragimovichda ajoyib namuna bor: vaqtida o‘ziga ham qarshilik ko‘rsatgan, 1984-2009 yillar oralig‘ida «Milan» himoyasida o‘ynab, jamoa timsoliga aylangan va 41 yoshida faoliyatini yakunlagan Paolo Maldini. Endi buyuk Maldinining 20 yoshli o‘g‘li Daniel «Milan»da Zlatan bilan birga o‘ynamoqda:

- Kichik Maldini - yoqimtoy yigit. Kattasi esa hujumchilarni shunchaki, «o‘ldirib» qo‘yardi. Ularning bir-birlariga o‘xshashmagani yaxshidir balki. Har holda, nuqul otasi bilan solishtirish o‘g‘ilga bosim yuklaydi, ayniqsa, u katta muvaffaqiyat va martaba qozongan bo‘lsa. Hozir Danielga qo‘ldan kelganicha yordam berishga harakat qilyapmiz. Shubhasiz, iste’dodli yigit, lekin shaxsan men unga otasi haqida umuman gapirmayman: «Bolakay, hech nimaga qarama, shunchaki, o‘z o‘yiningni ko‘rsat, kurash, shu asnoda Daniel Maldiniga aylanasan». G‘ururlanishimga yana bir sabab - oldin otasiga qarshi to‘p surgan bo‘lsam, endi o‘g‘li bilan o‘ynayapman. Balki kelajakda Danielning o‘g‘li ham bordir...

- Ibragimovichdan Shvesiyadagi og‘riqli o‘tmishi haqida so‘rash qiyin, u Malmyoda muhojirlarga ajratilgan hududda, bosniyalik qo‘riqchi va xorvatiya­lik farrosh ayol oilasida ulg‘aygan:

- Jinoyatchilik avj olgan hududda o‘lg‘ayganim uchun o‘zimni zo‘r hisoblamayman. Bundan uyalish kerak. Hammasi insonning o‘ziga bog‘liq. Hayot ko‘tarilish va pasayishlarga to‘la. Agar barchasi mukammal bo‘lganida, nimani gaplashardik? Inson xatoga moyil, hech kim mukammal emas. Ijtimoiy tarmoqlarga 20ta saralangan suratni joylashtirasiz va ideal ko‘rinasiz. Lekin hayotda unday emassiz. Hayronman, odamlar nega o‘zlarini ideal inson sifatida ko‘rsatishga urinishadi? Bu masalada qarashim boshqacha: qachonki, o‘zligimni saqlab qolsam, shunda mukammalman. Sira adashmasligimni aytolmayman, muhimi, xatolardan ko‘p narsa o‘rganaman. Oddiy bir misol, yaqinda terma jamoa o‘yi­nida Sesar Aspilikuetaga atayin zarba berdim. Bu haqda gapirishdan uyalmayman ham, chunki u jamoadoshimga nisbatan ahmoqona xatti-harakatni amalga oshirdi, kamiga o‘zini mag‘rur tutdi. Bu holat men uchun ahmoqlikdan boshqa narsa emasdi. Shunda birdan g‘azablandim va o‘zimga pichirladim: «Bunday yo‘l tutish yaramaydi-ku! Agar menga nisbatan shunday qilganidami, qanday javob berishni o‘zim bilardim». To‘g‘ri, uncha-munchasi menga qarshi «qiliq» ko‘rsatishga jur’at etolmaydi. Xullas, o‘zimni to‘xtatib turolmadim va Sesarga zarba berdim, baribir.

Shvesiya termasi JCH-2022 saralashidan o‘rin olgan o‘sha muhim o‘yinning 86-daqiqasida gol qo‘yib yuborib, guruhda peshqadamlikni ispanlarga topshirdi. Qo‘shimcha vaqt yakunlanayotgan pallada esa, Ibragimovich o‘z sabog‘ini berdi: burchakdan to‘p oshirilayotgan vaziyatda Aspilikuetani yelkasi bilan urib, uni maydonga qulatdi:

 - Sesar o‘yindan keyin nimadir dedimi? Nima deya olardi? Ehtimol, boshqa futbolchilarga nimadir aytgandir. Tan olaman, o‘sha vaziyatda noto‘g‘ri munosabat bildirdim, ammo agar yana shunday holat takrorlansa, xuddi shunday qilaman. Chunki Zlatanman va bu haqda gapirishdan ham uyalmayman.

Xullas, Ibragimovich Ispaniyadagi uchrashuvda sariq kartochka oldi va endi saralash bosqichidan o‘rin olgan birinchi «pley-off» o‘yinida Shvesiya termasiga yordam berolmaydi:

- Gap diskvalifikasiyada emas. Muhimi - yigitlarning raqib ustidan kulish yaxshi emasligini tushunishlari. Javob qaytarishga botinolmaydiganlarga tashlanish yaramaydi. Marhamat, hech narsadan tap tortmaydigan kishiga hamla qiling. 20 yoshli nozik yigitlarga qarshi shunday yo‘l tutish oson. Umid qilamanki, Aspilikueta barchasini tushunib yetdi... Buni aytishdan qo‘rq­mayman. Ha, bu ahmoqona ish edi. Lekin keyingi safar ham xuddi shunday qilishimga 100 foiz kafolat beraman. Men uchun mukammallik - shu. Har qanday holatda ham, Zlatan bo‘lib qolishim shart. Maqtovlarga o‘ch emasman, umuman, yurish-turishim borasidagi savollardan o‘zimni yo‘qotib qo‘ymanman.

Ibragimovichning «MYU»dagi ikki mavsumi qisman muvaffaqiyatli kechdi. Futbolchi buni unutmaydi:

- Ha, Angliyada vaqtni behuda  o‘tkazmadim. Bir nechta sovrin yutib, «MYU»ning aql bovar qilmas klub ekanligini isbotladik. Bugungi «MYU»? Jamoada o‘tmish haqida haddan ortiq ko‘p o‘ylashadi. Klub safiga qo‘shilganimda, barchasini dangal aytgandim: «Bu yerga bugunni o‘ylash va o‘z hikoyamni bitish uchun keldim». Agar o‘tmish haqida o‘ylayversangiz, tuzoqqa tushib qolishingiz aniq. Aksincha, bugungi kun bilan yashash kerak. Agar shunday qilolmasangiz, shifoxonaga borib, miyangizni tozalashingiz talab etiladi.

Bugungi APL o‘ta ommalashgan ko‘p seriyali serial maqomida. Lekin Ibragimovichning xulosasiga ko‘ra, ba’zi jihatlar bo‘rt­tirilmoqda:

- Jumladan, texnik sifatlar ortiqcha baholangan. Lekin APL­ning o‘ziga xos plyuslari ko‘p - tezlik, marom. Siz dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishingiz mumkin, ammo bunday tezlikni ko‘tarolmasangiz, muvaffaqiyatga erisholmaysiz. Ispaniya, Fransiya va Italiya ligalarida esa texnik holat yaxshiroq.

Zlatan Ibragimovich futbolsiz kelajakdan qo‘rqmaydimi? U bu savolga shunchaki, jilma­yib javob berdi:

- Agar kelajak haqida o‘ylasam, bor diqqatni hozirgi kunga qaratolmayman. Hammasi o‘z vaqtida bilinadi. Carpe diem.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:03, 03.12.2021. O'qildi: 1954 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.