Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taitidan «mehmon» ishtirokchi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Fransiya kubogi - futbol olamidagi eng integrasiyalashgan turnir. Musobaqaning bu yilgi eng noodatiy ishtirokchisi - «Venyus». Taitining ushbu jamoasi debyutant emas, u 2019 yili turnirning yettinchi raundidan kurashga qo‘shilgan, biroq uy uchrashuvida yengilib, darhol chetga chiqqandi. Bu safar esa «Venyus»ning safarda «Trelissaka»ga qarshi o‘ynashiga to‘g‘ri keldi va 0:2 hisobida yutqazdi. Eng muhim fakt: ikki klub stadioni o‘rtasidagi masofa taxminan 16 ming kilometrga teng. Xullas, taitiliklar Fransiyaning Tuluza-Blanyak aeroportiga yetish yo‘lida deyarli bir sutka sarflashdi...

«Venyus» bir necha oy davomida o‘ynamaganidan yaqqol zaif ko‘rindi. Muhimi, bu jamoa uchun mavsumdagi asosiy o‘yin bo‘ldi. «Venyus» futbolchilari Fransiya kubogi doirasidagi o‘yinga ancha oldin - 1 noyabr kuniyoq yetib kelishdi. Ya’ni 2 ikki hafta oldin. Suratlarga qaraganda, taitiliklar uzoq parvozdan uncha qiynalishmagan. Chunonchi, Fransiyaga sayohat kichik klub uchun katta voqelik bo‘ldi. Shuning uchun ham, mehmonlar barchasini imkon qadar batafsil yoritib borishdi. Deylik, mashg‘ulotlar jarayoni, jamoaviy yig‘ilishlar, kechki ziyofatlar va do‘kon aylanishlar, qo‘yinggi, jamoaning har bir qadamiga bog‘liq taassurotlar «Feysbuk» tarmog‘iga joylashtirib borildi. Jamoa aslida mahalliy sharoitga ko‘nikish uchun safarga ancha erta chiqqandi. Chunonchi, Trelissaka provinsiyasidagi havo harorati Taitinikidan chamasi 10 daraja past. Qolaversa, vaqt tavofuti ham katta - naq 11 soat.

«Venyus» Fransiyada «Tuluza» va Liga 2 ishtirokchisi «Rodez»ga tegishli bazada shug‘ullandi. Jamoa bu orada 2ta o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushdi - «Tuluza» o‘rinbosarlarini 2:0 hisobida yengib, «Rodez» bilan bahsda durang qayd etdi - 2:2. Noyabrda nazorat uchrashuvlari? Gap shundaki, «Venyus» bahordan buyon o‘ynamagandi. Chunki Fransiya Polineziyasida koronavirusning yangi to‘lqini ko‘tarilgani tufayli Tai­ti chempionati 16 may kuniyoq yakuniga yetkazildi. Yangi mavsum esa 24 noyabrda boshlandi va «Venyus» Fransiya kubogidagi ishtirok tufayli dastlabki turni o‘tkazib yubordi. Xullas, Taiti klubida amaliyot borasida muammo bor edi. Lekin uning tarkibida ajo­yib futbolchilar ham bor. Deylik, hujumchi Teaonui Texau 58ta uchrashuvda 101ta gol (!) urgan. Qolaversa, u Taitining ham futbol, ham plyaj futboli bo‘yicha terma jamoasida o‘ynaydi. «Fransiyada bizga joriy mavsum 13-14ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan jamoa raqib bo‘ladi, - degandi «Venyus» bosh murabbiyi Samuel Garsiya qur’a tashlash marosimidan ke­yin. - Taitida esa chempionat hali boshlanmagan. Shuning uchun marom bo‘yicha qanday holatda ekanligimizni bilib olish uchun 2ta o‘rtoqlik o‘yini tashkil etishimiz zarur». Murabbiy o‘yindan keyin shogirdlari hali sport formasidan yiroq ekanliklarini tan oldi: «Jamoamga hali ham ritm yetishmayapti. O‘ynash kerak, eng yaxshi mashg‘ulot - o‘yin». «Venyus» yarim himoyachisi Teray Bremon esa o‘rtadagi farqqa e’tibor qaratdi: «Albatta, bizda Fransiyadagi kabi pul, infratuzilma va tartib-intizom, futbolchilar yo‘q, lekin ishlashimiz kerak, baribir».

Tayyorgarlik bosqichlaridan so‘ng «Trelissaka»ning uy arenasi - «Firmin Daudu» stadionidagi rasmiy o‘yin mehmonlar uchun yakuniy sinov bo‘ldi. Raqib jamoaga kelsak, u Fransiya chempio­natida to‘rtinchi o‘rinda turuvchi divizion - Milliy liga-2ning «D» guruhida 6-pog‘onada bormoqda. «Venyus» futbolchilari o‘yindan oldin mutlaqo xotirjam edilar. Ular oxirgi mashg‘ulotlar jarayonida yoga bilan ham shug‘ullanishdi, keyin mehmonxonada taktikani rosa muhokama qilishdi. Qisqasi, klub o‘yinga «yilning eng muhim voqea­si» sifatida qaradi.

 

Bitta mamlakat kubogida jamoa qanaqasiga 16 ming kilometr uzoqlikdagi raqibga qarshi o‘ynashi mumkin? Taqqoslash uchun aytsak, Kalinin­grad va Vladivostok o‘rtasidagi masofa 10 ming kilometrga yetmaydi. Fransiya kubogidagi holatning sababi - mamlakatning ulkan mustamlakachilik merosi. 20-asr boshida fransuzlar bu masalada eng yuqori cho‘qqiga chiqishgan. O‘shanda mamlakat Suriya va Indoneziya, Madagaskar, deyarli butun Shimoliy va G‘arbiy Afrikadagi yerlar, shuningdek, Janubiy Amerika, Karib dengizi, Hind va Tinch okeanidagi orollaru hududlarga egalik qilgan. Faqat 20-asrning o‘rtalariga kelib, Fransiya koloniyalari tez sur’atda «ro‘yxat»dan chiqa boshladi. To‘g‘ri, mamlakatda mustamlaka hududlardan osongina voz kechishni istashmadi va faqat mustaqillik uchun faol kurashganlarni ozod qilishdi. Xususan, Jazoir bilan urushgacha borishdi. Xullas, uzoq-uzoqdagi kichik orollar Fransiya tarkibiga kiruvchi hududlar sifatida qoldi, baribir. 

Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra esa, dengiz hududlari (Fransiya Gvianasi, Gvadelupa, Martinika, Ma­yotta va Reyunyon) metropoliya mintaqalari bilan bir xil maqomga ega. Fransiya Polineziyasi, Uollis va Futuna, Sen-Marten, Sen-Bartelemi hamda Sen-Pyer va Mikelon esa yarim avtonom maqomga ega (ularda boshqa valyuta va boshqaruv organi amalda). Yangi Kaledoniya ham alohida maqomga ega - hokimiyat asta-sekin mustaqil ishlash tizimiga o‘tmoqda. Lekin u yerda fuqarolarga ham Fransiya, ham Yangi Kaledoniya pasporti beriladi.

 

Futbolda vaziyat yanada chalkash. Xorij hududlariga futbol mustaqilligi qanday berilganini hech kim tushunmaydi. Ba’zilari jamoasi JCHga ham chiqishi mumkin. OkFK a’zolari - Taiti (Fransiya Polineziyasi) va Yangi Kaledoniya jamoalari Okeaniya kubogi, JCH saralashi, hattoki, Konfederasiyalar kubogida o‘ynashi mumkin. Fransiya Gvianasi, Martinika, Gvadelupa va Sen-Martin - KONKAKAF a’zolari, ammo FIFAga kirmagan hali. Ular KONKAKAF miqyosidagi asosiy turnir - «Oltin kubok»da o‘ynashadi (Martinika va Gvadelupa termalari bu yil Kanada, AQSH va Kosta-Rika jamoalariga qarshi maydonga tushdi), ammo JCH saralashida qatnashishlariga ruxsat yo‘q. Reyunyon - AFKning norasmiy a’zosi, uning jamoasi na Afrika Millatlar kubogi va na JCH saralashida qatnashadi. Mayotta, Sen-Pyer va Mikelon hamda Uollis va Futuna hech qaysi konfederasiyaga kirmaydi, ularning jamoalari faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin. Bir necha yil oldin Korsika ham FIFAga rasmiy o‘yinlar, jumladan, JCH saralashida qatnashish yuzasidan so‘rov yuborgandi, ammo Fransiya bunga qarshi chiqdi.

Alohida aytish kerak, dengiz hududlari futboli metropoliya uchun qo‘shimcha xarajatdir. Taiti va Reyunyonda chempionat yo‘lga qo‘yilgan, ammo saviya yaqqol past. Fransiya futbol federasiyasi esa xorij hududlari futbolini rivojlantirish uchun yiliga 3,5 million yevro ajratadi. FIFA ham yaqinda himmat ko‘rsatib, Gvadelupa, Gviana va Martinika futboliga 300 ming, Sen-Martinnikiga 100 ming yevro berdi. Kichik orollardagi asosiy muammo - infratuzilma va munosib raqiblar yo‘qligi. Shu ma’noda aytsak, Fransiya kubogi Tai­ti va Gvadelupa klublariga o‘zini ko‘rsatish uchun yagona imkoniyat.

Plyus jihatlar ham bor, albatta. Deylik, dengiz hududlaridan chiqqan bir qator futbolchilar Fransiya milliy jamoasiga katta yordam berishgan (berishmoqda): Lilian Tyuram, Marius Trezor va Toma Lemar (Gvadelupa), Bernar Lama va Floran Maluda (Fransiya Gvianasi), Dimitri Paye va Floran Sinama-Pongol (Reyunyon), Antuan Kombuare va Kristian Karambyo (Yangi Kaledoniya)... Qolaversa, xorijning zaif klublari ba’zida kubok turniriga o‘zgacha ehtiroslar bag‘ishlaydi. Odatda Mayotta, Re­yunyon, Martinika, Gvadelupa va Gviana klublari Fransiya kubogi 7-8-bos­qichlarida o‘ynaydi. Qoidaga ko‘ra, 1|64 finalgacha professional va havaskor klublar o‘zaro to‘qnashmaydi. Shuningdek, zaiflarga yengillik bor: jamoa ikki divizion yuqoridagi raqibga to‘g‘ri kelsa, avtomatik ravishda o‘z maydonida o‘ynaydi.

*** Fransiya kubogi tarixiga qarasak, kishiga ilhom bag‘ishlaydigan misollar ko‘p. Misol uchun, havaskorlar klublari 3 marta finalga chiqqan. 2000 yili «Kale» so‘nggi daqiqadagi gol tufayli «Nant»dan, 2012 yili «Keviyi» qudratli «Lion»dan, 2018 yili esa «Lez-Erbye» yanada qudratli «PSJ»dan yengildi.

*** Xorij klublarining natijalari ancha past. Ular turnirda 1961|1962 yillar mavsumidan buyon qatnashishadi. Dastlabki 14 yil davomida «mehmon» jamoalar har safar ilk raunddayoq fransuz klublariga yutqazgan. 1974|1975 yillar mavsumiga kelib, «Golden Star» (Martinika) «Melen»­ni 2:1 hisobida yengib, xorij klublari orasida ilk marta 1|64 finalga yo‘l olgan. 1988|1989 yillar mavsumida esa «Le Jeldar» (Fransiya Gvianasi) 1|32 final raundi marrasini zabt etdi. Mavsum-2019|2020da «Sen-Pyeruaz (Reyunyon) va «Fransisken» (Martinika) ham shu natijani takrorladi.

*** «Venyus» bu yil 7-bosqichdayoq yengildi. Vaholanki, jamoa muxlislari final orzusida edilar. Ular hattoki, sevimli klublari hal qiluvchi bahsda «PSJ»ga raqib bo‘lishini bashorat qilishgandi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:53, 03.12.2021. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.