Bugun 7 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 06.01.2026 19:00
      • Piza
      • 0:3
      • Komo
      • 06.01.2026 22:00
      • Lechche
      • 0:2
      • Roma
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • -:-
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 17 39
2 Milan 17 38
3 Napoli 17 37
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Bolonya 17 26
8 Atalanta 18 25
9 Lasio 18 24
10 Sassuolo 19 23
11 Torino 18 23
12 Udineze 18 22
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 17 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 18 12
19 Verona 17 12
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Kapadze: "O‘z ustimda ishlashni istayapman"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Tayinlovlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi va keyin yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan Temur Kapadze terma jamoa shtabidan ketdi. U rahbariyatga rasmiy ravishda o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etish bo‘yicha ariza taqdim etgan. Uning aytishicha, bu qaror — faoliyatni bosh murabbiy sifatida davom ettirish, o‘z g‘oya va qarashlarini amalga oshirish istagidan kelib chiqqan. Murabbiy O‘zbekiston Milliy axborot agentligi uchun batafsil intervyu berdi va faoliyati, qarorlari, kelajak rejalari haqida ochiq gapirdi.

- Kechadan beri OAVda siz milliy terma jamoa shtabidan ketganingiz haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu ma’lumot qanchalik to‘g‘ri?

- Ha, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri keladi. Birinchi navbatda, menga ishonch bildirib, bu mas’uliyatli lavozimni taklif qilgan federasiya rahbariyatiga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Jamoa bilan ishlagan davrim men uchun juda muhim tajriba bo‘ldi. Mutaxassislar, futbolchilar va muxlislar ishonchini oqlashga harakat qildim. Jahon chempionatiga yo‘l olganimiz mustaqil murabbiylik faoliyatimdagi eng katta yutuqlardan biri bo‘ldi. Bu oson bo‘lmagan. Lekin jamoa va shtab juda birlashdi, shuning uchun natija keldi. Yangi murabbiy kelganda men rahbariyatga: «qolgan ikki yig‘inda unga yordam beraman, keyin esa o‘z yo‘limni davom ettirmoqchiman», - deganman. Ular bu fikrimni tushunishdi. Hozir menga bir necha yaxshi takliflar bor. Har birini chuqur o‘ylab chiqyapman. Ammo qayerga bormay, qaysi jamoa bilan ishlamay, men bir narsani o‘zimga talab qilaman — o‘z ustimda to‘xtovsiz ishlash.

- Jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida ishlash niyatingiz bor edi. Demak, bu rejadan qaytdingiz?

- Aslida har bir murabbiyning professional orzusi — jahon chempionatida ishlash. Menda ham shu orzu bo‘lgan, bo‘ladi ham. Terma jamoa bilan bunday imkoniyat yaratilgani — men uchun katta sharaf. Albatta, Kannavaro kelgach, uning shtabida qolishim mumkin edi. Lekin men bundan oldin uzoq o‘yladim. Bu yerda faqat lavozim emas, balki professional etika, ichki hissiyot, jamoa ichidagi muhit ham muhim. Agar men qolganimda Fabio o‘zini biroz noqulay his qilardi. Chunki har bir murabbiyning o‘z falsafasi, o‘z ishlash uslubi, o‘z yo‘li bor. Kannavaro ham, men ham bir-birimizga hurmat bilan qaraymiz, lekin bir vaqtning o‘zida ikki xil g‘oyani moslashtirish doim ham oson emas. Men qarorimni shuni hisobga olgan holda qabul qildim.

- O‘zingiz qaysidir terma jamoa yoki klubni boshqarish niyatidasizmi?

- Ha, hozirgi paytda bir nechta variantlar bor. Ayniqsa xorijdan kelgan takliflar diqqatga sazovor. Lekin shoshilmayapman. Menga nafaqat moliyaviy yoki mashhurlik omillari, balki maqsad, loyiha va ishonch darajasi ham juda muhim. O‘zbekiston terma jamoasi bilan qolishim ham mumkin edi, buni yashirmayman. Lekin menda o‘z g‘oyalarim, o‘z rejalarim bor. Shuning uchun yangi yo‘nalishda ishlashni, o‘zimni yanada rivojlantirishni istayapman.

- Siz 10 oy davomida milliy jamoani boshqardingiz va jamoani JCHga olib chiqdingiz. CAFA turnirida g‘olib bo‘ldingiz. Bu muvaffaqiyatlar haqida qanday fikrdisiz?

- Bu 10 oy — mening murabbiylik karyeramdagi eng emosional va eng mas’uliyatli davr bo‘ldi. Lekin shuni aytishim kerakki, bu vazifa men uchun yangi emas edi. Chunki buning oldida 4 yil davomida Olimpiya terma jamoasi bilan ishladim, xal­qaro turnirlarda qatnashdim, katta musobaqalarga tayyorladim. Milliy jamoani jahon chempionatiga olib chiqish — faqat mening emas, butun jamoaning, futbolchilarning, shtab a’zolarining, federasiyaning va muxlislarning umumiy mehnati natijasi.

- 4ta rasmiy uchrashuvda jamoani boshqardingiz. Qaysi o‘yinda rejangiz to‘liq ishladi, qaysida xatolar bo‘ldi?

- Jamoani qishdagi yig‘inda qabul qilganimda, oldimizda juda muhim, juda tez qaror talab qiladigan uchrashuvlar turgan edi. Vaqt kam, vaziyat murakkab. Ayrim o‘yinlarda taktik jihatdan rejalarim to‘liq ishladi. Ayrimlarida esa, albatta, xato va kamchiliklar bo‘ldi — murabbiy bunday vaziyatdan qocha olmaydi. Lekin bir narsani tan olaman: o‘sha paytda asosiy vazifa - natija edi. Va biz natijani oldik.

- Yaqin orada jahon chempionati qur’asi tashlanadi. O‘zbekiston qanday natija ko‘rsatishi mumkin deb o‘ylaysiz?

- Men asosan optimistman. Terma jamoamiz guruhdan chiqishiga ishonaman. Bizning futbolchilarda kuch, istak, tajriba bor. Albatta, qur’a juda katta rol o‘ynaydi. Chunki bu chempionatda jamoalar soni ko‘payadi, raqobat yanada kuchayadi. Lekin shunga qaramay, O‘zbekiston kuchli raqiblar bilan ham tengma-teng o‘ynay oladigan jamoa ekanini bir necha marotaba isbotladi.

- Xorijdan takliflar haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritsangiz.

- Ha, bu haqiqat. Indoneziya terma jamoasidan taklif bor. Shuningdek, Turkiya va Xitoy chempionatlaridagi bir qator klublar bilan ham muloqotlar bo‘lgan. Qozog‘iston termasidan esa taklif bo‘lmagan. Bu mish-mish xolos. Hozir bu takliflarni chuqur o‘rganyapmiz. Qayerda nasiba bo‘lsa, o‘sha yerda ishlaymiz. Hatto O‘zbekistonda qolib, Superliga klubini boshqarish variantim ham bor.

- Agar Superligada ishlasangiz, klubdan nimani talab qilgan bo‘lardingiz?

- Maqsad. Faqat shu. Klubning aniq va real maqsadi bo‘lsa, o‘sha jamoa bilan uzoq rejalarni ishlab chiqish mumkin. Professional futbolda hamma narsa aniq reja bilan bog‘liq. Maqsad kuchli bo‘lsa, ish ham qiziqarli, safarlar ham, natija uchun kurashish ham rivojli kechadi.

Ma’lumot uchun:

- Temur Kapadze 2025 yil yanvarda milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan.

- U 9ta o‘yin o‘tkazib, 5 g‘alaba va 4 durangga erishgan.

- Uning rahbarligida O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionati final bosqichiga chiqdi.

- Olimpiya terma jamoasi bilan 4 yil davomida ko‘plab xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi va Toshkentda o‘tgan yoshlar Osiyo chempionatida o‘zini namoyon qilgan murabbiy sifatida tanildi.

- CAFA xalqaro musobaqasida O‘zbekistonni chempionlikka yetakladi.

Manba: uza.uz
Kiritildi: 23:58, 22.11.2025. O'qildi: 1831 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 6
4 Наполи Rasmus Xeylund 6
5 Ювентус Kenan Yildiz 6
6 Комо Anastasios Duvikas 6
7 Милан Rafael Leau 6
8 Интер Xakan Chalxanoglu 6
9 Болонья Rikkardo Orsolini 6
10 Торино Djovanni Simeone 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.