Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nyukasl - Brayton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Toshkent shahrida hakamlar va musobaqa rasmiylari faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan katta seminar boshlandi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston boks federasiyasi hakamlar va musobaqa rasmiylari faoliyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yangi strategiya ishlab chiqdi. Ushbu loyiha doirasida hakamlik bo‘yicha tanlov e’lon qilindi, yurtimizga AIBAning tajribali instruktorlari taklif qilindi, shuningdek, O‘zbekiston chempionatida ishlash uchun barcha qit’adan 8 nafar uch yulduzli hakamlar yurtimizga yetib kelishmoqda.

Bugun mazkur strategiya doirasida hakamlar uchun katta seminar tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliyev ochib berdi. Bosh kotib o‘z chiqishida hakamlikni rivojlantirish dolzarb masala ekanligi, ushbu yo‘nalishni rivojlantirmay turib, yosh va iste’dodli bokschilarni seleksiya qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston boks federasiyasi xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Shohid Tillaboyev hakamlar faoliyatini rivojlantirishga oid strategiya mazmuni bilan tushuntirdi. U shuningdek, bugungi seminarni olib borish uchun yurtimizga kelgan AIBAning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (Shotlandiya) va Igor Bileskiy (Ukraina)ni tanishtirdi. Shuningdek, hakamlik yo‘nalishini rivojlantirish strategiyasidagi loyihalar haqida gapirib berdi.

Shundan so‘ng seminar instruktorlari so‘zga chiqib, tashkil etilayotgan seminar bo‘yicha o‘z rejalari haqida gapirib o‘tishdi.

So‘ngra Shohid Tillaboyev tomonidan strategiya taqdimoti ishtirokchilarga namoyish etildi. Unda yo‘lga qo‘yilayotgan tizim, ishni olib borish va boshqa masalalar tushuntirib berildi.

Unga ko‘ra, endilikda boks hakamlari uchun "TOP-10" reyting tizimi shakllantiriladi. Ushbu reyting ayni paytda yurtimizda bo‘lib turgan neytral, horijiy instruktorlar tomonidan tuziladi. Seminardagi imtihon yakunlari va O‘zbekiston chempionatidagi ishtirokiga qarab, hakamlar uchun reyting shakllantiriladi. Eng kuchli o‘n nafar referi esa O‘zbekiston boks federasiyasi tomonidan rag‘batlantirib turiladi. Shuningdek, xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, jang natijasini baholashda atayin noholislikka yo‘l qo‘ygan hakamlarga nisbatan choralar kuchaytirilishi alohida qayd etildi.

Shotlandiyalik Endryu Koulfildning ma’ruzasi orqali o‘zbekistonlik hakamlar o‘zlari uchun zarur va qimmatli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.

Seminar ertaga ham davom ettiriladi. Unda ishtirokchilar uchun imtihonlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Manba: Ўзбекистон бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 15:24, 05.12.2021. O'qildi: 1527 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик