Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vinisius — imperiya egasi!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Real»da tobora effektli o‘ynayotgan Vinisius Juniorning yana bir qiyofasi bor: u maydon tashqasida imperiya qurmoqda. Braziliyalik futbolchi uchun naq 30 nafardan ko‘p kishi ishlaydi. U shuningdek, shaxsiy brendini yuksaltirish barobarida Braziliyada ta’lim-tarbiya saviyasi ko‘tarilishiga hissa qo‘shmoqda. Xullas, ikki Vinisius bor. Birinchisi - aqlli futbolchi, qarshi hujumlarda juda xavfli, chiroyli gollar uradi. Ikkinchisi - aqlli biznesmen. Braziliyaning Globo nashri oktyabr oyi boshida bu haqda alohida maqola tayyorladi. Undan ma’lum bo‘lishicha, 21 yoshli futbolchi jismoniy holati va imidjiga o‘ta e’tibor bilan yondashadi. Deylik, maydon tashqarisida o‘z ichiga 30 nafardan ko‘p kishini jamlagan katta bir jamoa braziliyalik yulduz uchun turli yo‘nalishlarda ish olib boradi: shaxsiy murabbiy, ruhshunoslar, oshpaz, hattoki, imidjer...


Neymarning sobiQ murabbiyi, ruhshunos...

Shaxsiy murabbiy. 2020 yilning mart oyida karantin yuzaga kelganida, Vinisius o‘ziga Braziliyadan shaxsiy murabbiy yolladi. Gap bunga qadar Braziliya yoshlar termasi va «Santos» klubida ishlagan, Neymar hamda Markinyosga yakka tartibda murabbiylik qilgan Tiago Lobo haqida ketmoqda. U avvalo, Vini uchun individual mashg‘ulotlar dasturini ishlab chiqdi. Murabbiyning metodologiyasi Ronaldu ish tizimiga asoslangan: mushaklarni tez rivojlantirish, tanani doimiy nazoratda ushlab turish. Darvoqe, Vinisius yil oxirigacha Madriddagi boshqa uyga ko‘chib o‘tadi. Bundan maqsad - qulaylikni yanada yaxshilash emas, balki mukammal ish muhitini yaratish. Yangi qo‘nimgohda tanani parvarishlash uchun hammasi mavjud: keng sport zali, kichik maydon va kriokameraga ega tiklanish xonasi. Globo nashrida qayd etilishicha, uyga o‘rnatilgan ayrim jihozlar hattoki, Braziliya «A» seriyasining ba’zi klublarida ham yo‘q.

Shaxsiy oshpaz. Fransiyalik oshpaz kunlik taomnomani tuzadi va barchasini o‘zi tayyorlaydi. U yana Vinisiusning qat’iy parhezga rioya qilishini nazorat qiladi. Xususan, shirinliklar taomnomadan chiqarib yuborilgan, hisob. Baliq go‘shtidan tayyorlanadigan taomlar va sabzavotlarga katta urg‘u beriladi. «Endi tanamda ortiqcha yog‘ juda oz, - deya maqtandi Junior yaqinda AS nashriga bergan intervyusida. - Chunki or­ganizmimga g‘amxo‘rlik qila boshladim, kun tartibi va ovqatlanish rejimiga to‘liq amal qilyapman. Maydon tashqarisidagi bunday cheklovlar o‘yinimni yaxshilashga yordam berdi. Hammasi o‘zaro bog‘liq».

Ruhshunoslar. Vinisius shu yil yozda shaxsiy ruhshunos bilan ham ishlay boshladi. Ular braziliyalikning maydondagi xatolarini tahlil qilib, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashadi. Braziliyalikning aytishicha, bu qisqa vaqtda o‘z samarasini ko‘rsatdi: u endilikda turli tanqidiy qarashlarga e’tibor qaratmayapti. Qizig‘i, Vinisius «Real»da katta maosh oladigan futbolchilar qatorida emas: yillik ish haqi 3,5 million yevroga teng. Demakki, braziliyalik yigit hozirda maoshining katta qismini o‘zini parvarishga sarflamoqda.

 

Vinisius - mediayulduz

Junior o‘yinlar va mashg‘ulotlardan so‘ng shaxsiy imperiyasining ikkinchi tomoni bilan shug‘ullanadi - OAV uchun o‘z imidjini yaratadi. Buning muhimligi haqida 2020 yildan buyon Vini bilan ishlayotgan Mediacom Sport and Entertainment vakili Misha Sher alohida gapirgandi: «Sportchilar avvallari o‘z imidjlari ustida ishlamasdilar, hammasi o‘z-o‘zidan shakllanardi. Endi ular zamonaviy texnologiyalar vositasida muxlislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga kirishishlari, o‘zlarining turli qirralarini ko‘rsatishlari mumkin. Bunga klub sayti yoki matbuot xizmati aralashmaydi - filtrsiz demokratik aloqa. Shunday ekan, shaxsiy menejmentning sportchi imidj-brendini aniqlash, yaxshilash, shu orqali pul topishdagi o‘rni katta». Braziliyalikka imidj ustida ishlashda ikki kishi - shaxsiy fotograf va operator yordam beradi. Har ikkisi futbolchining maydondagi xatti-harakatini kuzatib borib, uni mukammallik sari yo‘naltiradi. Ayni payt Vinisius «Instagram» tarmog‘ida 12 million obunachiga ega. Uning sahifasi ideal suratlarga to‘la, har biri kamida bir million layk to‘plamoqda. Operator esa YouTube tarmog‘idagi kanalga mas’ul. Aytish o‘rinli, Vinisius jahondagi eng mashhur bloger-futbolchidir (shaxsiy kanali 1,4 million obunachi to‘plashga ulgurdi).

 

Vinisius va  reklamalar tarixi

Huquqiy masalalar, logistika, klub bilan muzokara, reklama shartnomalari - bularning hammasi Mediacom Sport and Entertainment va TFM agent­liklari zimmasida. Vinisius maydonda yadro yaratsa, fotograf va imidjer uni chiroyli qobiqqa solishadi, qolgani aynan ikkinchi zvenoga bog‘liq. Reklama bo‘yicha takliflar TFM tomonidan o‘rganiladi. Bunda hammasi inobatga olinadi: to‘lov miqdori, Vinisiusning imidjiga ta’siri, brend va sportchi o‘rtasida haqiqiy aloqa shakllanishi... Asosiy shart - Vinisius faqat o‘zi foydalanadigan mahsulotlarni reklama qiladi. Junior chindan ham, duch kelgan taklifni qabul qilavermaydi. Uning brendbukida faqat Gaga Milano soat brendi, Dolce&Gabbana va Nike bor. Globo ma’lumotiga ko‘ra, «Real» vakili homiylar ustidan yiliga 1 million yevro topadi. TFM yana o‘z futbolchilaridan ba’zi imidj huquqlarini olib qo‘yishni xush ko‘ruvchi «Real» bilan yuzaga keladigan masalalarni hal qilmoqda. Deylik, «galaktikos» davrida futbolchining shaxsiy imidji huquqlaridan 50 foizini klub nazorat qilardi. Ronaldo, Devid Bekxem va Raul ham bu shartga ko‘nishgan. Vinisius jamoasi esa mutlaqo boshqacha shartlarni o‘tkaza oldi - futbolchi reklama shartnomalari summasidan atigi 5 foizini klubga beradi.

 

Ilm-fanga e’tibor

Vinisius braziliyalik bolalar futbolchi emas, deylik, shifokor bo‘lishlarini xohlaydi. U buning uchun Braziliya­da ta’lim saviyasini ko‘tarishga hissa qo‘shmoqda. U joriy yil boshida Instituto Vini Jr. guruhini tuzdi. Maqsad - braziliyalik bolalarni tarbiyalashda texnologiya va sportni uyg‘unlashtirish. Vini o‘ylab topgan Base ilovasi moddiy holati haminqadar oilalar farzandlari uchun mo‘ljallangan. Hammasi sport turniri formati asosida yaratilgan: 4 daraja (hududlar, mamlakat, qit’a va dunyo miqyosi)li uch mavsum. Har birida turli murakkablikdagi savollar bor va ularning javobiga mukofot belgilangan. Vinisius bu loyihaga deyarli 2 million ajratib bo‘ldi.

So‘z

- Futbol - bu orzu, ammo bolalarni ta’lim orqali qashshoqlikdan chiqib ketishga yo‘naltirsak, yaxshiroq bo‘lmaydimi? Shaxsan men ular yangi Vinisius, Neymar yoki Ronaldu emas, shifokor va boshqa sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishga intilishlarini xohlayman. Visinius Junior (The Guardian nashriga bergan intervyusidan).

R.IBROHIMOV tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:00, 09.12.2021. O'qildi: 7576 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик