Bugun 21 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 10 10 37
2 AQSh 10 12 7 29
3 Italiya 9 5 13 27
4 Niderlandiya 8 7 3 18
5 Germaniya 6 8 8 22
6 Fransiya 6 8 6 20
7 Shveysariya 6 6 5 17
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Real Sosyedad 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 25 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Amaldagi Italiya chempioni va "Real"ni kimlar bog‘lab turishini bilasizmi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Real Madrid» va «Inter». Ushbu ikki klubning o‘zi 16ta Yevropa chempionlar ligasi bosh sovriniga egalik qiladi. To‘g‘ri, «Real»da ularning 13tasi bor. Ammo «Inter»ning 2010 yilgi ajoyib davrini unutmaslik kerak. O‘shanda klub Joze Maurinyo qo‘l-ostida trebl qayd etgan edi. Bugun esa sizga mana shunday buyuk jamoalarda to‘p surgan bir nechta futbolchilar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Ronaldo (Braziliya)

Buyuk futbolchi. Buyuk nomiga munosib inson. U ikki bor «Oltin to‘p»ni, yana ikki marta esa Jahonning oltin kubogini boshi uzra baland ko‘tarishga erishgan. Dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar mehrini qozongan Ronaldo tizzasidagi jarohatlar sabab faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan edi. Hozirgacha futbol tarixida mukammal hujumchi ramzi bo‘lib kelayotgan Ronaldo «Inter»da ham «Real»da munosib harakat qila olgan.

Samyuel Eto'o (Kamerun)

Afrika qit’asidan chiqqan eng yaxshi futbolchi va dunyo futbolidagi eng yaxshilaridan biri. Eto'o tarixda uch marta ketma-ket turli jamoalar bilan trebl qayd etgan, zafar quchgan yagona futbolchi bo‘lgan. Yosh bola yuzli «qotil» raqib darvozasi oldida eng katta xavf sifatida ko‘rilar edi. Uning taktik aqli va moslashuvchanligi, uni Mourinyoning eng kuchli quroliga aylantirgan. Eto'oni «Real» tarkibida ham o‘ynaganini unutmasligimiz kerak.

Luish Figu (Portugaliya)

2001 yilda «Barselona»dan «Real» safiga 60 million yevro evaziga transfer bo‘lgan Figu, Kataloniyada eng nafrat bilan qaraladigan shaxsga aylanadi. Ammo uning poytaxtga tashrifi omadli bo‘ldi. Figu «Real» bilan yangi tarix yoza oldi. 2000 yilda Yer sayyorasidagi eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etilgan portugaliyalik yulduz,yana to‘rt yil davomida «Inter»da ham faoliyat yuritgan. U «Oltin to‘p»ga loyiq topilgan edi.

Fabio Kannavaro (Italiya)

«Oltin to‘p» haqida gapirganimizda Kannavaro nomini eslamasdan o‘ta olmaymiz. Negaki, u 2006 yilda bu sovrinni yutgan eng so‘nggi himoyachiga aylangan edi. Ko‘k-qora rangli libosda muvaffaqiyatli harakat qilgan o‘yinchi 2006 yilda Jahon chempionatida ham zafar quchadi. Kannavaro «Real»ga ham foyda keltira olgandi. Uning o‘yinlari betakror edi.

Klarens Zeedorf (Niderlandiya)

Niderland og‘loni uchta xar xil klubda YECHL bosh sovrinini qo‘lga kirita olgan edi. U dastlab, bu ishni 1995 yilda, «Ayaks»da 19 yosh paytida amalga oshiradi. Keyinchalik esa, 1998 yilda «Real» safida chempionga aylanadi. 2003 yilda esa «Inter»ning raqibi «Milan» safida ham shunday qila olgan. Sidorf futbol maydonida kurash uchun dunyoga kelgandek edi. Uning kuchli matonati va aqlli o‘yini muxlislar ongida umrbod saqlanib qoladi.

Roberto Karlos (Braziliya)

O‘z vaqtida dunyo bo‘ylab chap oyoqda zarba berish borasida unga teng keladigani bo‘lmagan. Roberto Karlos «Real»da ham, «Inter»da ham eng yaxshi hujum qila oladigan himoyachi edi. Braziliyalikka maydonda himoyalanishni o‘zi yetarli emasdi, go‘yo. Shu sabab u qayerda bo‘lmasin, o‘z hujumchi futbolchisiga yordam berishga tayyor turgan.

Uesli Sneyder (Niderlandiya)

U futbolning zamonaviy dunyodagi eng texnikasi kuchli o‘yinchi edi. Niderland og‘loni o‘yinni boshqarishda maestro darajasiga chiqa olgan. Uning harakatlari xuddi ohangrabo kabi bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, Sneyder 2010 yilgi Jahon chempionati hamda «Oltin to‘p»ni yuta olmaydi.

Esteban Kambyasso (Argentina)

Qaymoqranglilar tarkibida 2003 yilda Makelele bilan birga markazda yuqori darajada harakat qila boshlagan yarim himoyachi aynan argentinalik edi. Kambiassoni yo‘qotish «Real»ga qimmatga tushadi. Chunki uni o‘rnini to‘ldirish uzoq yillar juda murakkab kechdi. Ammo «Inter» o‘ziga haqiqiy javoxir topgan edi. Chunki Kambyasso Nerazzurrilarga qariyb bir dekada mobaynida beminnat xizmat qiladi.

Valter Samuel (Argentina)

Kambiassoning yurtdoshi, «Inter»ning 2010 yilgi treblida asosiy futbolchi edi. U himoyani butunlay «betonlab» tashlay olgandi. To‘g‘ri, u «Real»da ham to‘p surdi. Ammo uning eng yaxshi damlari Italiyada kechdi. Valter sayyoramizdagi eng murosasiz futbolchilardan biri edi. Uning hamyurti Xavyer Sanetti ham uni eng kuchli himoyachi sifatida tan olgan. Bu e’tirof keyinchalik o‘z isbotini topadi.

Ivan Samorano (Chili)

Chili zamini farzandi bo‘lgan Ivan har ikkala gigant klub sharafini himoya qilgan. Dastlab, «Real»da 90 yillar boshida 173ta o‘yinda 101ta golga mualliflik qiladi. «Inter» safida esa 1998 yilda Yevropa kubogi sohibi bo‘ladi. U o‘z davrining eng bebaho futbolchilaridan bir edi. Samorano, shuningdek, Chili terma jamoasida ham 69 marta harakat qilgan ga 34ta gol urgan. Bir so‘z bilan aytganda – tug‘ma hujumchi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:08, 09.12.2021. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.