Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Aristokratlar» e’tibordan chetda qolayotgan himoyachilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Chelsi» bosh murabbiylik postiga Tomas Tuxel kelgach, jamoa himoyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tilmoqda, mutaxassislar tomonidan chuqur tahlil qilinmoqda. Biroq jamoada ayni dam yuqori stabillikni ta’minlab berayotgan ushbu 4 himoyachining birortasi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilgani yo‘q.

Darhaqiqat, «Chelsi» joriy mavsum Premyer-ligada o‘zining eng zo‘r mavsumlaridan birini o‘tkazmoqda. Jamoa ortda qolgan 15 turda atigi 9 ta gol o‘tkazib yubordi xolos. Ammo bu yerda Tomas Tuxel o‘ylashi kerak bo‘lgan omillar bisyor. Hozirda rahbariyat va himoyachilar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqan. Mavsum oxiriga kelib klubning jami to‘rt asosiy himoyachilari - Antonio Ryudiger, Tiago Silva, Sezar Aspilikueta va Andreas Kristensen bilan tuzilgan bitimlar o‘z yakuniga yetadi.

Yanvardayoq yuqoridagi futbolchilar boshqa klubga o‘tish uchun dastlabki shartnomalarni imzolash huquqiga ega. Va hozircha rahbariyat hech qaysi himoyachi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmagan. Ryudiger ularning ichida boshqa klubga o‘tishga moyilroq bo‘lgan o‘yinchilar sirasiga kiradi. Avgust oyida klub himoyachiga haftasiga 140 000 funt maosh taklif qilgan edi, ammo The Athletic nashri Antonio rahbariyatdan taxminan 200 000 funt sterling talab qilayotgani haqida aytgan edi. Shundan so‘ng muzokaralarga boshqa qaytilmagan. 28 yoshli futbolchi ayni dam haftasiga 90 ming funt ishlab topadi, ammo bu uning ayrim jamoadoshlari, xususan, Verner va Havers olayotgan maoshlarning atigi uchdan bir qismini tashkil etadi.

The Independent nashrining yozishicha, Ryudigerning akasi va agenti Sar Senesi allaqachon «Real» bilan norasmiy kelishuvga erishgan. Shartnoma yanvarda imzolanishi mumkin, ushbu transferning o‘zi esa katta ehtimol yozda amalga oshadi.

 

Shuningdek, Ryudiger xizmatlariga Myunxenning «Bavariya» klubi ham qiziqish bildirgan. Biroq Antonio uchun kurashda Madrid jamoasi hamon favorit. Qo‘shimcha qilish mumkinki, kichik da’vogarlar orasida «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» nomlari ham mavjud. Ammo Ryudiger faoliyatining qolgan qismini ingliz klublarida davom ettirishni istamaydi.

Sky Sports jurnalisti Maks Biyelefeldning xabar berishicha, Antonio aslida «Chelsi»da qolishga qarshi emas: unga hozirgi jamoasi London ancha qulay. Buning ustiga Tuxel bilan ham munosabatlari yomon emas. U Lempardning e’tiborsizligidan so‘ng, Tuxel davrida ancha ochilib o‘ynamoqda. Himoyachining fikriga ko‘ra, uning foydasiga to‘g‘ri kelmaydigan yagona to‘siq rahbariyatning u taklif qilgan shartlarga ko‘nmasligida.

Zero, bugungi Tuxel qurgan «Chelsi»da nemis himoyachisi asosiy figuralardan biri hisoblanadi. Premyer-liganing joriy mavsumida Ryudiger 15 ta o‘yindan 14 tasini asosiy tarkibda boshladi. 90 daqiqa o‘ynadi. O‘yin sifatiga kelsak, birgina golda xatoga yo‘l qo‘ydi xolos. Chempionlar ligasining oltita bahsidan beshtasida to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Himoyachi faqat «Zenit» bilan oxirgi tur uchrashuvida maydonga tushmadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ryudigerning narxi 35 million yevro.

2022 yil yaqinlashgani sari futbolchilarga og‘iz solgan jamoalar o‘z shartlarini jiddiy ayta boshlamoqda. 37 yoshli Silvaga Braziliyadan takliflar bor. 32 yoshli Aspilikueta atrofidagi vaziyat «Barselona» va «Atletiko» jamoalari bilan bog‘liq. 25 yoshli Kristensenga ham «Barsa» va «Milan» qiziqish bildirgan.

Yozda daniyalik bilan «Chelsi» o‘zaro og‘zaki ravishda 4+1 ko‘rinishdagi bitimni uzaytirish borasida kelishib olishgan. Ammo kataloniyaliklarning qiziqishlari Andreasning hozirgi jamoasiga yana bir nechta talablarni qo‘shishga majbur qildi. Shu sababli muzokaralar yana to‘xtab qoldi. Klub bunga javoban himoyachini noyabr oyida uch marta asosiy bahslar oldidan zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi. Ammo Tuxel ham, futbolchining o‘zi ham shartnomani uzaytirish variantiga qarshi emaslar.

Xuddi shu holat Aspilikuetaga ham aloqador. To‘g‘ri, «Chelsi» 30 yoshdan oshgan futbolchilarni ortiqcha vaqt jamoada olib qola olmaydi. Biroq «aristokratlar»ning haqiqiy ramziga aylangan Sezarga bo‘lgan ishonch jamoaga kelib ketuvchi istalgan murabbiyda yo‘qolib ketmasligi aniq. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 01:50, 10.12.2021. O'qildi: 2887 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.