Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHLda debyut qilgan eng yosh futbolchilar. Aksari bosimga bardosh bera olmadi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrini futbolchilardan katta tajriba va ulkan iste’dodni talab qiladi. Hatto eng oddiy ko‘ringan o‘yinlarda ham ishtiyoq shiddati yuqori tempda bo‘ladi. Ba’zan uning mas’uliyati va bosimiga yoshlar u yoqda tursin, ulkan tajribaga ega futbolchilar ham bardosh bera olmaydi.

Biroq, bugungi kun qahramonlari yoshlik davrlaridayoq yuqori xarizma va mahoratga ega bo‘lish mumkinligini butun dunyoga namoyish etishmoqda. Murabbiylar ularni Chempionlar ligasi bahslariga bemalol «otib» yuborishmoqda. Quyida ko‘hna qit’aning eng nufuzli turnirida debyut qilgan eng yosh va umidli futbolchilar xususida so‘z yuritamiz.

5. Yuri Tilemans («Anderlext») – 16 yoshu 161 kun

Yuri - Belgiya futbolining so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy iste’dodlaridan biri. Aynan u De Bryuyne va Lukaku ketganidan keyin «qizil iblislar»ning yangi yetakchisiga aylanishi kutilmoqda. 2013/14 yilgi mavsumda mahalliy «Anderlext» yarim himoyachini asosiy tarkibga qo‘shib oladi. U Belgiya chempionatida 2013 yilning iyulida «Lokeren» bilan o‘yinda debyut qilgan, ikki oydan so‘ng esa Chempionlar ligasida ilk o‘yinini o‘tkazadi.

Tilemans «Olimpiakos»ga qarshi maydonga tushdi. Ammo debyut yarimhimoyachi uchun omadli kelmadi. Greklar bilan qarama-qarshilikda «binafsharang-oqlar» mag‘lubiyatga uchradi (0:3) va guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.

Hozircha Tilemans Chempionlar ligasining doimiy «mehmoni»ga aylanganicha yo‘q. «Monako»dagi davrida unga bu nasib etmadi, «Lester» esa ikki yil ketma-ket muhim pallalarda turnir chiptalaridan mosuvo bo‘ldi. Biroq, futbolchi hali endigina 24 yoshda va uning uchun barchasi oldinda.

4. Alen Xalilovich («Dinamo Zagreb») – 16 yoshu 129 kun

Ushbu futbolchiga xorvatiyalik «Messi» laqabi berilgan. U YECHLdagi o‘z sayohatini darhol kuchli raqib «PSJ»ga qarshi boshlagan. O‘sha paytlar parijliklar tarkibida Zlatan Ibrahimovich to‘p tepar edi. Ammo, 16 yoshli yigit uchun o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etishga vaqt yetarli bo‘lmadi. Xuddi Tilemans jamoasi kabi «Dinamo» ham guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi. Kelasi yili esa zagrebliklar YECHL guruh bosqichiga chiqa olishmadi va o‘z omadlarini Yevropa ligasida sinab ko‘rishdi.

Chempionlar ligasidagi debyutidan ikki yil o‘tib, Alen «Barselona» safiga borib qo‘shildi, lekin hech qachon asosiy tarkibga moslashib keta olmadi. «Ko‘k-anorranglilar» uni 2016 yili «Sporting Xixon»ga ijaraga berib yuborishdi, shundan so‘ng uning faoliyatida doimiy pasayish kuzatildi. Xorvat besh yil ichida naq olti marta jamoasini o‘zgartirdi. Ushbu sayohat «Gamburg»dan boshlanib, hozirgi jamoasi «Birmingem Siti»da tugaydi.

Albatta, iste’dodli Alenni 25 yoshida Chempionshipning o‘rtamiyona jamoasida ko‘rishni ko‘pchilik kutmagani shubhasiz. Chempionlar ligasidagi debyutidan sakkiz yil o‘tib, Ibrahimovich va Xalilovich A Seriyada uchrashishgani naqadar ramziy ma’noga ega. Biroq ikkala futbolchi o‘rtasida birgina farq mavjud. Keksa shved hali ham super formada bo‘lsa, bir paytlar Xorvatiyaning asosiy iste’dodi deya tilga olingan Xalilovich o‘ziga mos klubni Chempionshipdan qidirmoqda. Shunaqa!

3. Rayan Sherki («Olimpik Lion») - 16 yoshu 103 kun

«Sherlar» shu paytgacha juda ko‘plab iste’dodlarni yetishtirib chiqargan. Lyakazett, Tolisso, Ndombele yoki Auarni misol tariqasida keltirishning o‘zi kifoya. Ularning ichida Rayan ajoyib texnik va aqlli o‘yin qura oladigan futbolchilar sirasiga kiradi. U o‘zining ilk YECHL o‘yinini 2019 yil sentyabr oyida o‘n olti yoshga to‘lganidan bir oy o‘tgach o‘tkazdi. Noyabr oyining oxirida «Lion» «Zenit»ga qarshi maydonga tushdi va imkoniyatni qo‘ldan boy berdi (0:2).

So‘nggi mavsum u Fransiya chempionatida allaqachon 29 ta o‘yin o‘tkazgan va mavsum yakunida uchinchi o‘rin uchun kurashda kattalar safida ilk golini urdi. O‘shanda raqib «Monako» edi.

2. Selestin Babayaro («Anderlext») – 16 yoshu 87 kun


«Anderlext» futbol tizimining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan Babayaro Belgiyaga o‘n besh yoshida ko‘chib o‘tgan. Uning debyuti yuqoridagi 3 futbolchiga qaraganda har qalay esda qolarliroq kechdi. Ruminiyaning «Styaua» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 37-daqiqada ikkita sariq kartochka oldi va maydonni tark etdi. Albatta yoqimli emas, lekin unutilmas debyut. Mana uning g‘ayrioddiyligi qanday?!

Babayaro nomi Afrika jamoalari tarixida birinchi marta 1996 yilgi Olimpiadada g‘olib chiqqan Nigeriya terma jamoasi bilan bog‘liq. Chap qanot himoyachisi Argentina bilan turnir finalida gol urdi va bu Krespo, Lopes va Zanettisi bor jamoaga qarshi edi. Umuman olganda, Selestinning karyerasi yaxshi tempda rivojlangan.

Bryussel jamoasidan so‘ng u Londonga yo‘l oldi va u yerda 7,5 yilini «Chelsi»da o‘tkazdi. Futbolchining eng samarali yillari «aristokratlar» bilan bog‘liq: Kubok egalari kubogi 97/98, UYEFA Superkubogi 98/99, Angliya Superkubogida zafar quchdi. 2001 va 2005 yillari APLni qo‘lga kiritdi. «Ko‘klar»dan keyin «Nyukasl» va «Los-Anjeles Gelaksi»da faoliyat olib bordi. Babayaro nihoyat, 2008 yilda butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

1. Yusuf Mukoko («Borussiya Dortmund») – 16 yoshu 18 kun

Germaniyalik futbolchining shov-shuvli iste’dodi uzoq vaqt davomida muhokama qilindi. Ikki-uch yil avval butun futbol ommasi kuchli raqiblar darvozasiga to‘p kiritgan o‘yinchi haqida bashorat qila boshladi. Yusuf 8 dekabr kuni Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi bilan o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi. Va o‘n kundan keyin Bundesligadagi birinchi golini kiritdi. «Yunion Berlin» darvozasini ishg‘ol qilgach esa yana bir rekord o‘rnatdi.

U tobora yaxshi rivojlanib bormoqda. Tez-tez zaxirada qolishiga qaramay maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘ymayapti. Noyabr oyining oxirida Yusuf 17 yoshga to‘ldi. Bugungi Mukoko va Xoland kabi iste’dodlari bor «Borussiya»ni katta muvaffaqiyatlar kutib turibdi.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Kiritildi: 01:44, 17.12.2021. O'qildi: 4555 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.