Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kim? Qayerga? Qachon? “Atletiko” qishki transferlari haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy Ispaniya chempionatini “Atletiko” uchun biroz omadsiz kechmoqda. Madrid klubi 17-turdan so‘ng 29 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida 5-o‘rinda ketmoqda. Shuningdek, Diyego Simeone boshchiligidagi jamoa chempionatning so‘nggi 3 turini juda omadsiz o‘tkazmoqda va “matraschilar” ketma-ket 3 uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramoqda. Vaziyat yomon! Simeone atrofida iste’fo haqida mish-mishlar ko‘paymoqda. Madrid klubi tarkibni kuchaytirish talab qilinadi, aks holda bu ayanchli tugashi mumkin. Shu sabab hozir biz sizlargan “Atletiko”ning qishda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy transferlari haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik


Antoni Marsyal, transfer ehtimoli – past

“Manchester Yunayted” hujumchisi qishda “Atletiko”ga o‘tishi mumkin. Uning agenti fransiyalik futbolchi yanvarda jamoani tark etish niyatida ekanligini, Antonining o‘zi ham yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi. Shuningdek, hujumchi xizmatiga “Yuventus” ham qiziqayotgani, Turin klubi o‘z futbolchilaridan birini Antoniga almashtirishi mumkinligini aytdi. Transfermarkt futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.

Transfer ehtimoli ancha past, chunki bu haqda faqat bitta manba xabar bergan, ammo “Atletiko”ning o‘ziga hujumchi kerak emas, Mateus Kunya o‘z vazifasini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Marsyalning statistik ma’lumotlari ham juda yomon, shu sabab Antoni xaridi mavsumning ikkinchi yarmida Madrid klubiga foydali bo‘lishi dargumon.


Sezar Aspilikueta, transfer ehtimoli – o‘rta

“The Guardian” va “Eurosport” nashrlari xabariga ko‘ra, “Atletiko” ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor, ular Sezarni yozda erkin agent sifatida yoki yanvarda kichik summa evaziga olmoqchi. “Chelsi” yozda uning transferidan pul olish uchun himoyachi bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirmoqchi. Sezar bir necha kun oldin “Atletiko” bilan aloqada bo‘lgan, ammo transfer bo‘yicha hech qanday muzokaralar bo‘lmagan. Shuningdek, “Chelsi”ning “Barselona” himoyachisini sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar ham bor.

“Matraschilar” bu nomzodga juda qiziqmoqda, chunki bu qishda Kiran Triper klubni tark etishi mumkin, shuning uchun zudlik bilan ingliz himoyachisi o‘rniga o‘rinbosar qidirilmoqda. Ispaniyalik futbolchining o‘zi hozircha uning transferi haqidagi mish-mishlarga izoh bermadi, faqat “Chelsi”da baxtli ekanini aytdi.


Zeki Chelik, transfer ehtimoli – yuqori

“Manchester Yunayted”ning Tripyerga bo‘lgan qiziqishi tufayli turk bu yozda “Atletiko”ga o‘tishi mumkin edi, ammo ingliz futbolchisi klubda qoldi, Shime Vrsalko ham tuzalib ketdi, shuning uchun o‘ng qanot himoyachisiga ehtiyoj qolmadi. Endi Kiran “Nyukasl”ga o‘tishga yaqin turibdi, bu esa madridliklarning ushbu pozisiyaga futbolchi qidirishiga sabab bo‘ladi. “Lill” moliyaviy muammolar tufayli Zeki bilan xayrlashmoqchi, “Atletiko” esa uni qishda 10 million yevroga sotib olmoqchi, deya xabar beradi AS.

Chelikning agenti Fozil O‘zdemir ma’lumotni tasdiqladi: “Haqiqatan ham, “Atletiko” Zeki Chelikga qiziqish bildirmoqda, takliflar bor. Biz ularni ko‘rib chiqamiz”.

Kepa Arrisabalaga, transfer ehtimoli — past

Kepa Ispaniyaga qaytib, faoliyatini qaytadan boshlashi mumkin, deya xabar beradi "Radio Marca”.

Manbaga ko‘ra, Arrisabalaga agenti noyabr oyida London klubi darvozabonini sotib olishga qiziqish bildirayotgan “Atletiko” bilan shartnomasi tafsilotlarini aniqlash uchun Madridga uchib ketgan.

Manbaga ko‘ra, “Chelsi” Kepa Arrisabalani 30 million yevro evaziga “Atletiko”ga qo‘yib yuborishga tayyor, bundan tashqari, “aristokratlar” futbolchining keyingi sotuvidan qanchadir summa foizga ega bo‘ladi.


“Atletiko” qishda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan sotuvlar

Kiran Tripyer, ehtimoliy sotuv - yuqori

Bu yozda “Manchester Yunayted” qiziqish bildirganiga qaramay, ingliz Madridda qoldi, ammo hozir shayx tomonidan sotib olingan “Nyukasl” Tripyer uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda, “Atletiko” 31 yoshli futbolchi uchun taxminan 20 million funt sterlingga rozi. Kiran o‘rniga yuqorida tilga olingan Zeki Chelik misolida o‘rinbosar topilgan, shu bois “matraschilar” futbolchini yozda MYUdan so‘raganidan ham pastroq narxni sotishga tayyor.

“TalkSPORT” nashri xabariga ko‘ra, “qarg‘alar” rahbariyati Kiranga jamoadagi barcha futbolchilari orasida eng yuqori maoshni taklif qilishga tayyor. Futbolchining o‘zi ham Angliyaga qaytishga qarshi emas.

Joau Feliks, ehtimoliy sotuv — past

Joau haqida ko‘p mish-mishlar yo‘q, lekin portugaliyalikka asosan ingliz klublaridan qiziqish bildirmoqda. “Todofichajes” nashri xabariga ko‘ra, “Liverpul” Joauni qishda sotib olishdan manfaatdor, shuningdek, yana ikkita klub – “Nyukasl” va “Arsenal”dan ham qiziqish bor, ularning barchasi Feliksning transferi bo‘yicha so‘rov bilan chiqishgan. “Sedana CER” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, eng foydali taklif “qarg‘alar” rahbariyati tomonidan berilgan, ammo hujumchining o‘ziga bu variant yoqmaydi.

Diyego Simeone qishda Feliks transferini rad etdi, Feliksning o‘zi ham klubda qolib, jamoa bilan ko‘plab sovrinlar yutishni xohlaydi.

 

Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

 

Kiritildi: 14:51, 21.12.2021. O'qildi: 4361 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.