Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 25.11.2025 00:45
      • Sassuolo
      • 2:2
      • Piza
  • APL
      • 25.11.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Everton
  • La-liga
      • 25.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 2:1
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 25.11.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:0
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 25.11.2025 15:00
      • Kangvon
      • 1:3
      • Matida Zelviya
      • 25.11.2025 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:3
      • Seul
      • 25.11.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:1
      • Sanfrechche Xirosima
      • 25.11.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 25.11.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 4:0
      • Ash-Shorta
      • 26.11.2025 15:00
      • Ulsan Xyonde
      • 0:0
      • Buriram Yunayted
      • 26.11.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 0:2
      • Vissel Kobe
  • OChL-2
      • 25.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:0
      • Al-Hussayn
      • 26.11.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • 1:1
      • Selangor
      • 26.11.2025 17:15
      • Lion Siti Seylors
      • 3:2
      • Persib
      • 26.11.2025 18:45
      • Andijon
      • 1:1
      • Arkadag'
      • 26.11.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • 0:4
      • An-Nasr (SA)
      • 26.11.2025 22:00
      • Istiqlol
      • -:-
      • Al-Vasl
      • 26.11.2025 22:00
      • Az-Zavra
      • -:-
      • Goa
  • ECHL
      • 25.11.2025 22:45
      • Ayaks
      • 0:2
      • Benfika
      • 25.11.2025 22:45
      • Galatasaroy
      • 0:1
      • Yunion
      • 26.11.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 4:0
      • Vilyarreal
      • 26.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Barselona
      • 26.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 2:3
      • Yuventus
      • 26.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 0:2
      • Bayer
      • 26.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 26.11.2025 01:00
      • Slaviya
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 26.11.2025 01:00
      • Napoli
      • 2:0
      • Qorabog‘
      • 26.11.2025 22:45
      • Kopengagen
      • -:-
      • Qayrat
      • 26.11.2025 22:45
      • Pafos
      • -:-
      • Monako
      • 27.11.2025 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Bavariya
      • 27.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Inter
      • 27.11.2025 01:00
      • Ayntraxt F
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • -:-
      • PSV
      • 27.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • -:-
      • Real Madrid
      • 27.11.2025 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Tottenhem
      • 27.11.2025 01:00
      • Sporting
      • -:-
      • Bryugge
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Real Madrid” va “Barselona”ning XXI asrdagi omadsiz transferlari ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ispaniyaning “Marca” nashri La Liganing ikki yetakchi klubi “Real” va “Barselona” tarixidagi eng yomon transferlar haqida ma’lumot tarqatdi. “Stadion.uz” nashri esa uni sizlarga taqdim etishga qaror qildi.

“Real Madrid” ham, “Barselona” XXI asrning eng omadli klublaridir. Bu haqiqat va buni hech kim inkor qila olmaydi:

Madridliklar va kataloniyaliklar so‘nggi 21 ta Chempionlar ligasining 10 tasida g‘alaba qozonishgan, ammo... “Real Madrid” guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek,  barcha klublar, xususan “qaymoqranglilar” ham ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishgan. Madrid grandining asosiy kamchiligi transfer bozoridagi omadsiz xaridlaridir. “Barsa”ning muvaffaqiyati asosan La Masia tarbiyalanuvchilarining kuchli bilan bog‘liq, ammo, “ko‘k-anorranglilar” ham har doim futbolchi sotib olishda to‘g‘ri qaror qabul qilmaydi.Hozir esa aynan shu haqida.

 

21-asrning eng yomon transferlaridan tashkil topgan “Barselona” ramziy terma jamoasi

 

Darvozabon. Rishar Dyutruel (Fransiya).

2000 yilda fransuz “Selta”ni “Barsa”na almashtirishga qaror qildi. Mahoratli kiper vigoliklar safida ajoyib o‘yin namoyish etdi, lekin Rishar “Barselona”da o‘sha o‘yinlarini namoyish eta olmadi: u “Barsa” safidagi ikkinchi o‘yindayoq, qizil kartochka olib, diskvalifikasiya qilindi. Keyingi o‘yinlarini ham omadli deb bo‘lmaydi. Natijada, u 18 yoshli Reynaga raqobatni boy berdi va keyingi mavsumda Bonano va Reynaga yutqazib, umuman o‘yin o‘tkazmadi.

 

Himoyachilar. Martin Kaseres (Urugvay), Dmitriy Chigrinskiy (Ukraina), Yerri Mina (Kolumbiya), Tomas Vermalen (Belgiya).

Bu himoyachilarning har biriga umid bog‘langan edi, ammo barchasi barbod bo‘ldi. Kaseres “Rekreativo”dagi ajoyib mavsumdan so‘ng, 2008 yilda “Barselona”ga ko‘chib o‘tdi, ammo jarohatlar darhol urugvaylik futbolchiga xalaqit bera boshladi va “Barsa” uning o‘yinidan ko‘ngli to‘lmay, Martinni ijaraga berib yubordi. Chigrinskiy uchun 25 million sarflandi, shundan bir yil o‘tib, Dmitriy “Shaxtyor”ga 15 million evaziga qaytdi. Bu vaqt davomida ukrainalik futbolchi Kataloniya klubi himoyasining keraksiz futbolchisiga aylanib ulgurgandi. Yerri Mina o‘zining buyukligi va ikkinchi qavatdagi ajoyib o‘yinlariga qaramay, “Kamp Nou»” egalari safida o‘ynay olmadi, Vermalen esa jarohatlarga moyil futbolchi ekanligi sababli, “ko‘k-anorranglilar” tarkibida o‘ynay olmadi.

 

Yarimhimoyachilar. Aleks Song (Kamerun), Andre Gomesh (Portugaliya), Xuan Roman Rikelme (Argentina).

Aleks Song – “Arsenal”dan xarid qilingan yana bir omadsiz transfer. Bir muncha vaqt Aleks jamoa nazarida turdi, ammo ikkinchi mavsumda kamerunlik futboldan “taslim bo‘lgani” ma’lum bo‘ldi, bu uning keyingi faoliyati bilan tasdiqlandi. Gomesh “Valensiya”da ajoyib futbol ko‘rsatdi va “Barselona” portugaliyaliklar uchun kurashda g‘alaba qozondi, ammo “Kamp Nou”ning salobat Andreni biroz cho‘chitib yubordi, chog‘i shunchaki omadsiz o‘ynadi va tez orada muxlislar nazaridan chetda qoldi. Ammo Rikelme noto‘g‘ri vaqtda va noto‘g‘ri joyda edi. Sababi, uning noyob iqtidor sohibi bo‘lgan futbolchi Katalon klubi ustozi Lui van Galga yoqmadi. Natijada...

 

Hujumchilar. Rikardo Kuarejma (Portugaliya), Filipe Koutinyo (Braziliya), Zlatan Ibragimovich (Shvesiya).

2003 yilda 19 yoshli Kuarejma Manchesterda o‘ynaydigan Krishtianu Ronaldudan yuqoriroq tilga olinar edi. Rikardo “Barsa”ning o‘sha paytdagi murabbisi Frank Raykard bilan mojarodan so‘ng, vataniga qaytishga majbur bo‘ldi. Koutino - 160 million yevrolik futbolchi, transferdan atigi bir yarim yil o‘tgach, “Bavariya”ga ijaraga berib yuborilgan. Bu “Barsa”ning eng omadsiz xaridlaridan biri . Zlatanga kelsak, u “Barselona” uslubiga to‘g‘ri kelmasdi – na futbol jihatdan, na ruhiy jihatdan. Bir mavsum o‘tgach, Ibragimovich Gvardiola va uning jamoasidan hafsalasi pir bo‘ldi va Ispan jamoasi safidan ketishga qaror qildi.

 

21-asrning eng yomon transferlaridan tashkil topgan “Real Madrid” ramziy terma jamoasi

 

Darvozabon. Kiko Kasilya (Ispaniya).

U “Real”ga 2015 yilda kelgan va dastlab hatto Navasga raqiblik qilmoqchi edi, lekin u Kosta-Rikaning 1-raqamli kiperiga qarshi chiqa olmadi. Bizningcha, Kiko “Real” tarkibida ikkinchi darvozabon rolini munosib o‘ynadi, ammo “Marsa” hamkasblarimiz “Real”ning yomon transferlari jamoasiga boshqa darvozabon topa olishmagan ko‘rinadi.

Himoyachilar. Danilo (Braziliya), Djonatan Vudgeyt (Angliya), Valter Samuel (Argentina), Teo Ernandes (Ispaniya/Fransiya).

Danilo “Portu”dan “Real”ga o‘tganida, u Dani Karvaxal ustidan g‘alaba qilishi yoki hech bo‘lmaganda “qaymoqranglilar”da ikkita teng o‘ng qanot himoyachisi bo‘lishini tasavvur qilish oson edi. Afsuski, braziliyalikning hafsalasi pir bo‘ldi va jamoadan ketishga qarorga keldi. Vudgeyt 21-asrdagi “qirollik klubi”ning eng yomon transferi bo‘lishi mumkin. Angliyalik futbolchi jarohati sabab debyutini bir yil kutdi. Shuningdek, birinchi o‘yindayoq o‘z darvozasiga gol urib, qizil kartochka oldi, keyin yana bir nechta uchrashuvlarda qatnashdi. Ammo, o‘sha bahlarda ham o‘zini ko‘rsata olmadi va keyin boshqa jamoaga o‘tishga majbur bo‘ldi. Samuel 2004 yilning o‘sha yozida Vudgeyt bilan “Real”ga ko‘chib o‘tdi, lekin ular hech qachon birga o‘ynamagan: argentinalik Madridda “saviyasiz”ligini ko‘rsatdi va Italiyaga qaytdi. Valter A seriyada muvaffaqiyat qozondi va “devor” laqabini oldi. Teo Ernandes bilan ham shunday holat kuzatilgan. U madridliklar safida o‘zini ko‘rsata olmadi va “Milan”da o‘zini ko‘rsata boshladi.

 

Yarimhimoyachilar. Asyer Ilyarramendi (Ispaniya), Julyen Fober (Fransiya), Nuri Shaxin (Turkiya), Eden Azar (Belgiya)

Ilyarramendi “Real Madrid”ga 23 yoshida kelgan, biroq jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun mahorat yoki xarakterga ega emas edi. Shu sabab, u tezda chamadonini yig‘ishtirishga harakat tushib qoldi. Julyen Fober  –“Barselona”dagi Breytveyt kabi hech qachon Madridda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan futbolchi. Fransiyalik futbolchi 2008/09 yilgi mavsum o‘rtalarida “Vest Xem”dan 1,5 million yevro evaziga ijaraga olingan. Futbolchi ikki marta La Ligada o‘yinlarida maydonga tushgan, ammo shartnoma sotib olinmagan.

Nuri Shaxin – Joze Mourinyo qurboni. Dortmundda zo‘r o‘ynagan turkiyalik futbolchiga “Santyago Bernabeu”da imkoniyatga ega bo‘lmadi va bu transfer bilan faoliyatiga jiddiy ta’sir yetkazgan yetkazdi. Azar 2012 yildan 2019 yilgacha Londonning “Chelsi” klubida juda zo‘r faoliyat olib bordi.  Shundan so‘ng “Real” futbolchini 115 million yevroga xarid qildi. “Qaymoqranglilar” bu orqali 2018 yilda klubdan ketgan Ronalduning o‘rnini bosishi kerak edi. Ammo, belgiyalik Krishtianu qilgan ishlarning yarmini ham bajara olmadi. Eden hozir ham klub safida, ehtimol jarohatlardan forig‘ bo‘lgan paytda ajoyib o‘yin ko‘rsatar. Kutamiz.

 

Hujumchilar. Xavyer Saviola (Argentina), Antonio Kassano (Italiya).

Saviola “Barselona”dan erkin agent sifati Madrid klubigda o‘tdi, ammo ikki yil davomida “Santyago Bernabeu”da hech narsa qila olmadi va “Benfika”ga yo‘l oldi. Kassano iqtidorli va juda ko‘p muammolarga ega futbolchi hisoblanadi. U ham Madrid klubi safida o‘ynagan omadsiz futbolchilardan biri hisoblanadi. Yakunda Antonio Fabio Kapello bilan janjallashib qoldi va klubdan ketishga qaror qildi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:00, 22.12.2021. O'qildi: 9379 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.