Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sen o‘zgacha eding, «Kun» Aguero!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy mavsumni «Barselona»da boshlagan argentinalik hujumchi Serxio Aguero futbolchilik faoliyatiga rasman nuqta qo‘ydi. Kataloniya klubi shu munosabat bilan YouTube tarmog‘idagi kanalida goleador ishtirokida matbuot anjumani tashkillashtirdi. Unda yurak tizimidagi muammolar tufayli butsalarini mixga ilishdan o‘zga chora topolmagan argentinalik futbolchi ko‘z yoshlarini tiya olmadi. «Juda murakkab holatga tushdim, ammo muayyan qaror qabul qilganimdan mamnunman. Axir gap salomatligim haqida ketmoqda», - dedi Aguero.

* Serxio Aguero 30 oktyabr kuni «Alaves»ga qarshi kechgan o‘yin (1:1)ni barchaga ma’lum muammo tufayli yakuniga yetkazolmadi. Avvaliga uning tiklanishiga 3 oy ketishi aytildi, ammo keyinroq muammo jiddiyroq ekanligi oydinlashdi. Umuman, «Kun» laqabli goleador «Barsa»ning 5ta o‘yinida qatnashib, 1ta gol urdi.

* Aguero faoliyati davomida klub darajasi jami 17ta jamoaviy sovrin yutdi. Bular - YEL kubogi, Yevropa superkubogi, Angliya chempionati oltin medali (5ta), Angliya Liga kubogi (6ta), Angliya kubogi va Angliya superkubogi (3ta). U shuningdek, Argentina termasi bilan Olimpiada-2008 va Amerika kubogi-2021da g‘alaba nashidasini surdi.

* 33 yoshli hujumchi «Barselona»dan tashqari, «Inde-pend­ente», «Atletiko» va «Manchester Siti» klublari sharafini himoya qildi. 2006 yildan Argentina milliy jamoasida o‘ynayotgandi.

* Serxio Agueroning shaxsiy kardiologi Roberto Pedro munosabati: «Futbolchi 2004 yili aritmiyadan davolangan edi. Fenomen ekanligi uchun ham shundan keyin 17 yil o‘ynadi. Hozirgi muammoni o‘sha xastalik yoki koronavirusga aloqasi yo‘q. Ehtimol, unda ilgari miokardit yuzaga kelgandir, shuning asoratida taxikardiya o‘zini namoyon qildi. Serxio 23 yoshda bo‘lganida, 3 oy kutib, yana tekshiruvdan o‘tishi mumkin edi. Ammo hozir bundan ma’no yo‘q, faoliyatni to‘xtatish - eng to‘g‘ri qaror. Do‘stlari bilan o‘ynashi mumkin, muammo yo‘q. Chunki sinovlardan yuqori bosim va aritmiyasiz o‘tdi. Ammo professional futbol bosh­qa...».

* Serxio Aguero APLda eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchidir. Uning hisobida «Manchester Siti» libosida urilgan 184ta gol bor. Keyingi o‘rinda 175ta gol urgan Tyerri Anri (Fransiya) bormoqda. 3-pog‘onadagi Robin van Persi (Niderlandiya) APLda 144 marta gol quvonchini tuygan.

* «Barselona» prezidenti Joan Laportaning munosabati: «Barselona»da o‘yinlaringdan ko‘p bahramand bo‘lishni xohlagandik. Asosiysi, eng kerakli qarorni chiqara olding. Kerakli payt qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Serxio, faoliyating davomida futbol chiroyiga katta hissa qo‘shding. Endi futboldan tashqaridagi hayotingda omad tilayman».

* «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola munosabati: «Maradona Italiyani, Messi Ispaniyani, Aguero esa Angliyani zabt etdi. Uning statistikasi barchasini ko‘rsatib beradi. Jamoang tarkibida Aguero kabi yonadigan futbolchi o‘ynasa, xotirjam o‘tirasan. Chunki uning o‘zi o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ya oladi».

* «PSJ» klubi va Argentina termasi hujumchisi Lionel Messi munosabati: «Serxio, deyarli butun faoliyatimiz birga o‘tdi. Yuksalishlar va pasayishlar bizni faqat birlashtirdi. Amerika kubogidagi g‘alabadan so‘ng shunday voqea yuz bergani achinarli, albatta. Sevimli mashg‘ulotingni to‘xtatganingdan xafaman, albatta. Lekin bilaman, baxtli bo‘lib qolasan, chunki baxt taratuvchi insonsan. Ishonchim komil, hayoting yangi bosqichini ham tabassum bilan davom ettirasan. Seni juda yaxshi ko‘raman, do‘stim. Maydonda hamda terma jamoada birga o‘tkazgan damlarimizni sog‘inishim turgan gap».

* Serxio Aguero 1988 yilning 2 iyun kuni Buenos-Ayres shahrida tug‘ilgan. 2003 yilning 5 iyulida, 15 yoshu 35 kunligida (!!!!) Argentina chempionatida debyut qilib, bu borada 1976 yili Diyego Maradona o‘rnatgan rekordni yangiladi. 17 yoshida Argentina o‘smirlar termasi, 20 yoshida esa yoshlar jamoasiga chaqirildi va har ikki toifadagi JCHda g‘alaba qozondi.  2008 yili Pekin Olimpiadasi yarim finalida Braziliya termasi darvozasiga 2ta gol urdi va yakunda oltin medal yutdi.

* «Atletiko» 2006 yili Aguero transferi uchun «Independyente»ga 23 million yevro to‘ladi. 2011 yili esa hujumchi 35 million funt sterling evaziga «Manchester Siti» safiga o‘tdi.

* Serxio Ispaniyaga qaytishiga qadar Manchesterga yaqin Cheshir grafligidagi elit turar-joy - Olderli Ejda yashadi. Manchester klublarining ko‘plab futbolchilari ayni shu hududda istiqomat qilishadi. Aguero yana Mayamida qiymati 9 million yevroga teng hashamatli uyga ega.

* Agueroning shaxsiy garajida Lamborghini Aventador (bahosi - 500 ming yevro), Range Rover (bahosi - 100 ming yevro), Audi K8 (bahosi - 125 ming yevro) va Nissan GTR (bahosi - 150 ming yevro) avtomobillari bor.

* Aguero bo‘sh vaqtda o‘g‘li bilan sayr qilish, film ko‘rish va suv sporti bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘radi. U ayniqsa, yaxtalar va gidrosikl «jinnisi»dir. Xobbilaridan yana biri - baliq ovlash.

Ole nashrida yozilishicha, «Manchester Siti» Serxio Agueroga klub elchisi rolini taklif qilishga ulgurdi. To‘g‘ri, argentinalik bunga hozircha javob bergani yo‘q. «Kun» oldida futbol eksperti sifatida ish boshlash varianti ham bor. Binobarin, ko‘plab telekanallar u bilan hamkorlik qilishga tayyor turibdi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:01, 24.12.2021. O'qildi: 2861 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.