Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 01.01.2026 22:30
      • Kristal Pelas
      • 1:1
      • Fulhem
      • 01.01.2026 22:30
      • Liverpul
      • 0:0
      • Lids
      • 02.01.2026 01:00
      • Brentford
      • 0:0
      • Tottenhem
      • 02.01.2026 01:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Manchester Siti
      • 03.01.2026 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 03.01.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Byornli
      • 03.01.2026 20:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 03.01.2026 22:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Arsenal
  • «A» Seriya
      • 03.01.2026 00:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Milan
      • 03.01.2026 16:30
      • Komo
      • -:-
      • Udineze
      • 03.01.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Parma
      • 03.01.2026 19:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Piza
      • 03.01.2026 22:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Lechche
  • La-liga
      • 03.01.2026 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Xetafe
      • 03.01.2026 18:00
      • Selta
      • -:-
      • Valensiya
      • 03.01.2026 20:15
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 03.01.2026 22:30
      • Elche
      • -:-
      • Vilyarreal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 19 45
2 Manchester Siti 19 41
3 Aston Villa 19 39
4 Liverpul 19 33
5 Chelsi 19 30
6 Man. Yunayted 19 30
7 Sanderlend 19 29
8 Everton 19 28
9 Brentford 19 27
10 Kristal Pelas 19 27
11 Fulhem 19 27
12 Tottenhem 19 26
13 Nyukasl 19 26
14 Brayton 19 25
15 Bornmut 19 23
16 Lids 19 21
17 Nottingem Forest 19 18
18 Vest Xem 19 14
19 Byornli 19 12
20 Vulverhempton 19 3

O'tgan o'yinlar.

19-тур Byornli 1-3 Nyukasl
19-тур Chelsi 2-2 Bornmut
19-тур Nottingem Forest 0-2 Everton
19-тур Vest Xem 2-2 Brayton
19-тур Arsenal 4-1 Aston Villa
19-тур Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
19-тур Kristal Pelas 1-1 Fulhem
19-тур Liverpul 0-0 Lids
19-тур Brentford 0-0 Tottenhem
19-тур Sanderlend 0-0 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

03/01/26 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01/26 Brayton - Byornli
03/01/26 Vulverhempton - Vest Xem
03/01/26 Bornmut - Arsenal
04/01/26 Lids - Man. Yunayted
04/01/26 Tottenhem - Sanderlend
04/01/26 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01/26 Fulhem - Liverpul
04/01/26 Everton - Brentford
04/01/26 Manchester Siti - Chelsi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

90min. Dunyoning eng kuchli hujumchilar beshligi bilan tanishing!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yakunlanib borayotgan yil ham bizga bir-biridan ajoyib futbol voqeliklarini taqdim etdi. Unda hatto, o‘ylab ham ko‘rmagan hodisalarimiz yuz berdi. Oldinroq ham maydondagi pozisiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilarini aniqlab kelayotgan edik. Bugun navbat hujumchilarga yetib keldi. Ko‘rsatgan o‘yinlari, qayd etgan natijalari va hisoblangan statistikalariga ko‘ra, biz yilning eng yaxshi deb topilgan beshta hujumchisini e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Albatta, bunda muxlislar ovozi ham muhim o‘rin tutgan. Qiziqqan bo‘lsangiz, quyidagi ma’lumotlarga e’tibor qarating!

Harri Keyin – «Tottenxem» (Angliya)

O‘yinlar: 44ta
Maydonda: 3659 daqiqa
Gollar: 25ta
Golli uzatmalar: 6ta
Imkoniyatlar yaratish: 46ta
Zarbalar: 159ta
Aniq zarbalar: 64ta

Keynning qobiliyati va o‘yin darajasi yuqori bo‘lsa ham dunyo sahnida ko‘p ham e’tirof etilavermaydi. Bunga asosiy sabab esa uning ingliz ekani. Ha, u Angliya terma jamoasi hamda «Tottenxem» hujumchisi. Bu shuni anglatadiki, u to‘p surayotgan jamoalar o‘n yillar mobaynida sovrin yuta olmayapti. Bu esa futbolchining iste’dodini e’tirof etilishiga ko‘pincha to‘siq bo‘ladi. To‘g‘ri, u shaxsiy sovrinlar yutib turadi. Bunga misol qilib, o‘tgan mavsumning to‘purarlar sovrinini qo‘lga kiritganini keltirishimiz mumkin. U shuningdek, eng yaxshi assistent ham bo‘lgan (APLda). Ammo jamoaviy yutuq borasida omadi chopmagan. Shunga qaramay, Harri Keyn yilning eng yaxshi hujumchilari qatoridan joy ola bildi.

Erling Xoland – «BVB» (Norvegiya)

O‘yinlar: 38ta
Maydonda: 3331 daqiqa
Gollar: 38ta
Golli uzatmalar: 10ta
Imkoniyatlar yaratish: 40ta
Zarbalar: 130ta
Aniq zarbalar: 78ta

Ushbu yigitchani ko‘pincha robotga qiyoslashadi. Haqiqatdan ham shunday. U yarim odam, yarim mashinadek, go‘yo. Buni uning statistikalari ham ko‘rsatib turibdi. 38ta o‘yinda 38ta golni bir yildan kamroq muddatda kiritish oson emas. U esa buni eplaydi. Xolandning zarbalar aniqligiga e’tibor bersangiz, hujumchining darajasi ma’lum bo‘la boshlaydi. 29,2 foiz aniqlikda yo‘llangan zarbalar hayratlarga sabab bo‘ldi. Bu aniqlik Levandovski, Ronaldu yoki Benzemanikidan ham yaxshiroq hisoblanadi. Kamiga, ushbu futbolchi endigina 21 yoshda. Ammo allaqachon muxlislar yuragidan joy olgan.

Karim Benzema – «Real» (Fransiya)

O‘yinlar: 45ta
Maydonda: 3827 daqiqa
Gollar: 34ta
Golli uzatmalar: 13ta
Vaziyatlar yaratish: 68ta
Zarbalar: 171ta
Aniq zarbalar: 77ta

Krishtianu Ronaldu qirollik klubini qirollar kabi tark etganidan keyin unga haqiqiy o‘rinbosar topildi. Karim Benzema «Santiagu Bernabeu»ning yangi qiroliga aylandi. Ha, unda bir necha bor jamoadan ketishga imkon bor edi. Ammo u «Real»ga sodiq qoldi. Fransuz hujumchisi 2021 yilni fantastik darajada o‘tkaza oldi. 34 yosh bo‘lishiga qaramay, Ispaniya va Yevropada yetakchilar qatorida bo‘ldi. Mos ravishda, uni muxlislar yilning eng yaxshi hujumchisi nomiga loyiq topdi. Aytgancha, Karim hisobida bu mavsumda 20ta gol mavjud. Biz esa endigina mavsum yarmida turibmiz...

Ronaldu – «MYU» (Portugaliya)

O‘yinlar: 46ta
Maydonda: 3792 daqiqa
Gollar: 30ta
Golli uzatmalar: 5ta
Imkoniyatlar yaratish: 46ta
Zarbalar: 199ta
Aniq zarbalar: 82ta

Ronaldu haqida gapirganda, uni eng yaxshilar qatorida e’tirof etishga o‘rganib qolganmiz. Garchand, 2021 yil hujumchi uchun unchalik ham omadli va esda qolarli bo‘lmagan bo‘lsada, u shaxsiy natijalar borasida hamon yuqori darajada turibdi. Ha, CriRo «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilmadi, ha, u Italiya chempionligiga erisha olmadi. Ammo o‘z darajasini saqlab qoldi. 36 yoshda bo‘la turib, yil davomida 30dan ortiq gol urishni tasavvur qilish qiyin. Shu sababdan Ronaldu hali-hamon yaxshilar qatorida turibdi va bunga haqli.

Levandovski – «Bavariya» (Polsha)

O‘yinlar: 42ta
Maydonda: 3544 daqiqa
Gollar: 53ta
Golli uzatmalar: 6ta
Imkoniyatlar yaratish: 68ta
Zarbalar: 185ta
Aniq zarbalar: 98ta*

Fakt: Bu yil Robert Levandovski ketma-ket ikkinchi mavsumda har qanday o‘lchovlar borasida dunyo hujumchilari ichida yetakchilik qilmoqda. 

Uning taqdiri ham xuddi Benzemanikiga o‘xshab ketadi. Ya’ni, har ikki hujumchi yoshi o‘tib qolgan bir paytda, go‘yoki yana yoshliklariga qaytishdi. Super natijalar qayd etishdan to‘xtamayotgan polyak o‘g‘loni bu mavsumda ham o‘z dominantligini ko‘rsatib qo‘yishga urinmoqda. Levandovskini zamonaviy futbolning ideal markaziy hujumchisi deya olamiz. Unda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q:
bosh bilan o‘ynash, jarima zarbalari ijro etish, tezlik, vaziyatlarni yakunlash - hamma-hammasi Robert qoniga singdirilgan. Ha, Levandovski «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilmadi. Ammo shunisi aniqki, u barchaning nazdida eng yaxshi hujumchi bo‘lib qolaveradi. Biz muxlislar, Robertda 2020 hamda 2021 yilning (nohaq) «Oltin to‘p»i bor deb hisoblaymiz!

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com

Барча статистик маълумотлар StatsPerform (www.statsperform.com) томонидан тақдим этилган. Ушбу натижалар футболчиларнинг 2021 йилнинг 1 январидан то 2021 йилнинг 30 ноябрига қадар бўлган давр ичидаги ҳаракатлари асосида шакллантирилган

Kiritildi: 16:45, 26.12.2021. O'qildi: 9339 marta. Fikrlar: 26 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Борнмут Antuan Semenyo 9
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
5 Брайтон Denni Uelbek 8
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 8
7 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
8 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
9 Тоттенхэм Risharlison 7
10 Манчестер Сити Filip Foden 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.