Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (yakuniy qism)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Berlindagi Gollivudcha final

Fransuzlarga qarshi jahon chempionati finaliga o‘sha kampaniyaning yana bir “qora ot”i Italiya yo‘l olgandi. Ajablanarlisi shundaki, Zizu o‘zining so‘nggi o‘yinida "Yuventus"da unga ko‘maklashgan murabbiy Marchelo Lippi bilan to‘qnash keldi. Italiyaliklar o‘sha uchrashuvni qo‘pollik bilan boshlashdi va birinchi daqiqadayoq Kannavaro Anrini maydon markazida qattiq kutib oldi, fransuzlar uch daqiqaga yaqin o‘zlariga kelishdi va Maluda jarima maydonchasiga yorib kirgach Materassi uni yiqitdi, hakam penaltiga ishora qildi. Zidan to‘pga yaqinlashdi, butun dunyo intiqlik bilan qotib qoldi, qisqa yugurishdan so‘ng Zizu sovuqqonlik bilan bir lahzani o‘tkazdi va zarba yo‘lladi. To‘p darvoza tosiniga tegib darvozadan joy oldi - 1:0! Bu fantastika edi. O‘sha gol futbol tarixida penaltidan urilgan eng chiroyli gol. Panenka - yugurish va zarba, aqldan ozgan odamning zarbasi yoki dahoning zarbasi o‘rtasidagi intuitiv tuyg‘u, u o‘z faoliyatida birinchi marta penaltidan bunday axmoqona zarba yo‘llagan edi. U so‘nggi o‘yinida oddiy gol urishni xohlamagandek go‘yo.

 Ustunlikka ega bo‘lgan Fransiya hujum qilishda davom etdi. Ammo italiyaliklar 19 daqiqada Pirloning burchakdan uzatilgan topidan so‘ng, Materassining goli evaziga hisobni tenglashtirdi - 1:1! Taym oxirigacha Italiya ustunlik qildi, ammo ikkinchi bo‘limda frans

uzlar tashabbusni qo‘lga olishdi, Anrida o‘zini ko‘rsatish uchun bir qancha qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Zidan esa maydon markazini to‘liq nazorat qildi, bir necha bor oldinda o‘yinni keskinlashtirdi, o‘sha uchrashuvda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi Pirlo bo‘ldi va italiyalik yakunda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilganiga qaramay, ehtiyotkorlik va O‘yin davomida uning harakatlarida, ayniqsa Zizuga qarshi chiqqan paytlarda qo‘rquv sezildi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi.

 Qo‘shimcha vaqt "Le Bleu"ning to‘liq ustunligi bilan davom etdi, Maluda va Riberi qanotlardan hujum uyishtirishda davom etdi, Anri esa jarima maydonchasini qo‘rquvga soldi, Fransiya oxir-oqibat raqibini o‘z jarima maydoniga qamadi. Dastlabki 15 daqiqaning so‘nggi daqiqalarida Fransiya xavfli hujum yaratdi ammo Buffon Italiya termasi joniga oro kirdi. “Le Bleu” yaqqol ustunlik qilayotgan edi.

 

 O‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolganida hammasi ostin-ustun bo‘ldi. To‘p maydon markazida edi, ammo barcha kameralar va butun diqqat italiyaliklar jarima maydonchasi yaqinida, Materassi ko‘kragini ushlab yotganini kuzatar edi, Buffon va Kannavaro esa hakamga nimanidir isbotlashga urinardi. Takroriy lavhada dunyo ajoyib fransuzning so‘nggi harakatini ko‘rdi. Burchakdan to‘pdan so‘ng, Zizu asta-sekin o‘z yarim maydonigiga qaytmoqchi payti, Materassi bilan nimadir haqida suhbatlashdi, keyin Zidan biroz oldinga yugurdi va ortiga o‘girilib, yaltiroq boshi bilan himoyachining ko‘kragiga zarba berdi. Yon hakam bilan maslahatlashgandan so‘ng, referi o‘z qarorini bildiridi chontagidan kartochka chiqardi, qizil kartochka. Zidan esa Jahon chempionati kubogining yonginasidan o‘tib maydonni tark etdi. Futbolni tark etdi. Italiya penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi, Trezege Zidanning hiylasini takrorlashga urinib, darvoza to‘siniga zarba berdi. Futbol olamida o‘yin unutiladi, ammo natija saqlanib qoladi, degan fikr bor, ammo bu o‘yinning natijasidan ko‘ra Zidanning qilgan qilmishi ko‘proq eslanadi.

 

Zidan aql bovar qilmaydigan aql va qobiliyatga ega, mahorati va texnikasi o‘z chegarasidan tashqarida bo‘lgan futbolchi edi. Nafis va bo‘shashgan harakatlar, siz uning orqasidan it kabi yugurishingiz mumkin edi va u sizni shunchalik oson dog‘da qoldirar edi, bu barchani g‘azablantirardi. Fransuz har bir o‘yinda raqibidan asabiy so‘z eshitardi, hech narsa demasdan ularni qabul qildi, lekin bir lahzada Zizu o‘zini tuta olmadi va portladi. Dunyoni portlatdi.

Siz Zinedinning bu zarbasi haqida doimo gapirishingiz mumkin. Bu harakatni tanqid qilish mumkin, qoyil qolishingiz yoki yomon ko‘rishingiz mumkin; kapitanni xoin deb hisoblar ba’zilar yoki uning  bu ishini oqlaydiganlar ham bor. Ammo tarix subektivlikni qabul qilmaydi  va o‘sha uchrashuvda ishlagan Viktor Gusev o‘sha voqealarni yaxshigina izohlab bergan: “Ajoyib final. Zidan maydondan chetlatildi. Hayotidagi so‘nggi, emg oxirgi o‘yinida. Raymond Domenekni kinoya bilan olqishlab ketdi u. Bu futbol. Bu Zidanning o‘ziga xosligi."

  U hech qachon provokasiyalarni oqlamagan, maqtanchoq bo‘lmagan, har doim kamtarlik qilgan va o‘z burchini sidqidildan bajargan. Jamoasi uchun o‘zini ayamagan. U futbol dahosi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:30, 27.12.2021. O'qildi: 3516 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик