Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 0:2
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 1:0
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • 1:0
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 5 12 26
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Niderlandiya 6 7 2 15
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Haftaning ajoyib kambeklari

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

 Ushbu haftada futbol ishqibozlari umuman zerikishmadi, desak mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Negaki bir-biridan murosasiz va qiziqarli bahslar albatta muxlislar uchun doim quvonch bag‘ishlaydi. Biz esa o‘tib borayotgan 7 kun ichida qayd etilgan super kambeklarni taqdim etmoqchimiz.

“Betis” 2-1 “Sevilya”

 Derbilar odatda juda ham qiziqarli bo‘ladi. Andalusiya derbisi ham bu urfni buzib qo‘ymasligi shubhasiz edi. To‘g‘ri, o‘yindagi hisob yoki gollarning urilgan vaqtiga qarab bu kambekni boshqalari bilan solishtirish g‘alati. Ammo ushbu bahsni qolanlaridan zerikarli deb bo‘lmaydi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yin yakunda mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlangan. O‘yin sariq kartochkalar bilan boshlandi. Ilk daqiqadayoq Fekir ogohlantirildi. 35-daqiqaga kelib, Oliver Torresning uzatmasini Papu Gomes darvozaga kiritdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay 39- daqiqada Nabil Fekir hisobni tenglashtirdi bu kambekning boshlanishi edi. Ikkinchi taymda “Betis” Kanalyesning goli evaziga hisobda oldinga o‘tib oldi. Usha gol kiritilganda uchrashuvning 73-daqiqasi o‘tib borayotgan edi. “Sevilya” qancha urinmasin boshqa gol kirita olmadi. Shu tariqa “Betis” mini-kambekni amalga oshirdi.

 “Inter” 3-2 “Empoli”

Ushbu uchrashuvda “neradzurrilar” qiyinchiliksiz g‘alaba qozonishi kutilgan edi. Start ham shuni ko‘rsatdi. Aleksis Sanches 5-daqiqada Xoakin Korreyaning o‘rniga maydnga tushdi va 13-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Taym shu tariqa “Inter”ning ishonchli o‘yini bilan yakunlandi. Uchrashuvning 61-daqiqasiga kelib “Empoli” hisobni tenglashtirdi va oradan 15 daqiqa o‘tib ular hisobda oldinga ham o‘tib olishdi. Ammo uchrashuvga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Andrea Bastoni super goli bilan kambek sari jamoani oldinga boshladi. Jamoalar ushbu hisob bilan qo‘shimcha taymlarga yo‘l olishdi.

Uchrashuvning 94 daqiqasida Simeone Inzagi Lautaro Martinesning o‘rniga Stefano Sensini maydonga tushirdi va aynay Sensi 104 daqiqada milanliklarning g‘alaba to‘pini kiritdi.

“Elche” 1-2 “Real Madrid”

 Bu o‘yinga to‘xtalish oldidan shuni aytib o‘tish kerakki, o‘yinning asosiy kulminasiyasi qo‘shimcha taymlarda sodir bo‘ldi. Anchelotti 79-daqiqada Iskoni 90-daqiqada Azarni maydonga tushirdi. Birinchi ekstra taym yakuni arafasida Marselo 1 ga 1 vaziyatga chiqib borayotgan raqibiga nisbatan fol ishlatib qizil kartochka oldi. Yaqin masofadan belgilangan jarima zarbasini Gonsalo Verdu amalga oshirdi to‘p jonli devorga tkgib yana Verduga qaytib keldi. Bu safar takroriy zarbadan mezbon futbolchisi unumli foydalandi. Bu yog‘iga “Elche”ni g‘alabadan 15 daqiqa ajratib turgandi. Uning ustiga madridliklar bir kishi kam bo‘lib qolishgandi. 108 daqiqada Isko oradagi muvozanatni tiklagan bo‘lsa 115 daqiqada Eden Azar “galaktikos”ning g‘alaba to‘pini kiritdi.

“Lester” 2-3 “Tottenhem”

Umuman olganda bu super kambek birinchi o‘ringa ham loyiq. Ammo kecha Simeone boshchiligidagi jamoa butunlay dahshatli kambek qayd etib tashladi. 

 O‘yin “tulkilar” ustunligi bilan boshladi va 24 daqiqada bu hisobda ham aks etdi. Daka mezbonlarning birinchi goliga mualliflik qildi. Taym yakuni arafasida “shporlar” yulduzi Harri Keyn hisobni tenlashtirdi. Shu tariqa birinchi bo‘lib nihoyasiga yetdi.

  O‘yining 76 daqiqasida Jeyms Meddison “Lester”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun Konte himoyachi Regulyon o‘rniga Stiven Bergveynni maydonga tushirdi. Gollandning vaqti 90-daqiqadan so‘ng boshlandi desak bo‘ladi. Avvaliga 90+4daqiqada Stiven sariq kartochka oldi keyin esa 90+5da hisobni tenglashtirdi. O‘yin shu hisobda yakunlanishi kutilayotgan bir paytda hakam jamoalarga imkon berishni ma’qul ko‘rdi va “Lester” bundan jazolandi gol muallifi yana Bergveyn.

 “Atletiko” 3-2 “Valensiya”

 Bu kambekning “Tottenhem”ninkidan ustun tomoni shundaki, “shpordar” o‘yin davomida 1-1 hisobini ham qayd etdi. “Lester” ikkinchi golni kiritganda 2-1 hisobi tabloda porlayotgan edi.

 “Atletiko” esa 2-0 dan qutilib qoldi. Birinchi taymda “ko‘rshapalaklar” Yunus Musa va Ugo Duroning goli evaziga 0-2 hisobini qayd eta olishdi.  57 daqiqada Diyego Simeone maydonga Mateus Kunyani tushirdi va o‘yin yakunida u qaxramonga aylandi. Avvaliga 64 daqiqada o‘sha braziliyalik hisobni qisqartirdi va “Atletiko”ni jonlantirdi. Goldan so‘ng mehmonlar vaqt cho‘zishga tushiib qolishdi. Hatto darvozbon Domenek ham buning ortidpn sariq kartochka olishga ulgurdi. Hakam tomonidan uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqadarda madridliklar kambek harakatini boshlashdi. Avvaliga 90+1da Anxel Korrea hisobni tenglashtirgan bo‘lsa oradan ikki daqiqa o‘tib, Kunyaning ajoyib uzatmasi gol bilan yakunlandi. G‘alaba to‘pi muallifi Migel Ermoso bo‘ldi.

   Yilning ilk oyidayoq biz shunday ajoyib kambeklar guvohi bo‘lyapmiz. Futbol shu ketishda davom etsa uning muxlislari kundan kunga ortib boraversa ajab emas.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:36, 23.01.2022. O'qildi: 2451 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.