Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • 2:3
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • 2:0
      • Atalanta
      • 18.02.2026 22:45
      • Qorabog‘
      • 1:6
      • Nyukasl
      • 19.02.2026 01:00
      • Olimpiakos
      • 0:2
      • Bayer
      • 19.02.2026 01:00
      • Bryugge
      • 3:3
      • Atletiko
      • 19.02.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • 3:1
      • Inter
  • OChL-2
      • 18.02.2026 23:15
      • An-Nasr (SA)
      • 1:0
      • Arkadag'
      • 18.02.2026 23:15
      • Al-Ahli Doha
      • 1:0
      • Sepohon
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 15 8 10 33
2 Italiya 9 5 12 26
3 AQSh 7 11 6 24
4 Fransiya 6 7 4 17
5 Niderlandiya 6 7 2 15
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Germaniya 5 8 8 21
8 Avstriya 5 8 4 17
9 Yaponiya 5 6 11 22
10 Shveysariya 5 4 3 12
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xavi - psixologik kuchli shahs, uning uchun futbolchilar ruhiyati birinchi o‘rinda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barsa» futbolkasi boshqa klublarnikidan 20 kilogrammga og‘irroq». Ushbu ibora anchadan beri turli matbuotlarda turlicha talqin etilmoqda. Xavining sobiq klubi bosh postiga kelgach, intervyulari o‘zgacha talqin etilmoqda. Quyida buning e’tiborga molik jihatlariga qisqacha to‘xtalamiz.

Kecha «Barsa» «Alaves»ni arang mag‘lubiyatga uchratdi (1:0) va La Liga turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi (Chempionlar Ligasi zonasidan atigi 1 ochko pastda). O‘yindan so‘ng Xavi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz qiyin ahvoldamiz. Bu barchani ogohlikka chaqirishi kerak va bugun biz buni qanday qilishni o‘rgandik. Bunda bizga oson bo‘lmadi, ammo muhim uch ochkoga ega bo‘ldik. Biroq ayni dam futbolchilarda o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘q. Ularni ayrim zararli narsalar o‘rab turibdi. Alba anchadan beri tanqidga uchrayotgan edi. U bugun ajoyib o‘yin o‘tkazdi. «Barsa» futbolkasi boshqa klublarnikidan 20 kilogrammga og‘irroq. Frenki ham qolganlarga qaraganda ancha yaxshiroq ko‘rindi. Bugun umumiy o‘yinimizda o‘sish kuzatildi», - deydi Xavi.

Ko‘rib turganingizdek, Xavi o‘z intervyularida ko‘pincha eng yaxshi iqtiboslarni aytishni yaxshi ko‘radi. U muvaffaqiyatsizlik so‘zini yoqtirmaydi. Yaqinda «Barsa» Ispaniya kubogini tark etdi va mavsum so‘nggigacha erishilishi mumkin bo‘lgan to‘rt sovrindan ikkinchisini ham boy berdi. Eng qizig‘i, Xavi shulardan so‘ng ham muvaffaqiyatsizlik so‘zi unga to‘g‘ri kelmasligini tushuntirdi. «Menga bu so‘z yoqmayapti. Agar mavjud bo‘lsa, biz saboq olishga majburmiz. Bizda oxirigacha kurashish uchun yana ikkita titul bor. La Liga va Yevropa Ligasi».

Bungacha kataloniyaliklar Superkubok bilan xayrlashgan edilar. Ammo, Xavining so‘zlariga ko‘ra, jamoa barcha qiyinchiliklardan bosqichma-bosqich o‘tib bormoqda.
«Mening kayfiyatim tushgan bo‘lishi tabiiy. «Real Madrid»ga qarshi o‘yinimizning dastlabki yigirma daqiqasida katta pressingga duchor bo‘ldik. So‘nggi uchrashuvlarning natijalarini tahlil qilishimiz kerak. Pressingdan xalos bo‘lgach, yaxshiroq o‘ynay boshladik va yakunda o‘yinni to‘liq nazorat qila oldik. Menimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Turnir bilan xayrlashdik, ammo tanqidchilarning ortiqcha bosimidan xalos bo‘ldik».

2022 yilning boshida «Barsa»da kovid va jarohatlar avj oldi. Xavi bundan g‘azablandi va «Malyorka»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning tayyorgarligidan xavotirda ekanligini yashirib o‘tirmadi. «Jamoa ayni dam ekstremal vaziyatda. Murabbiylar shtabi 17-18 nafar futbolchiga ishona olmaydi. Umtitining koronavirus testi ijobiy chiqdi. Bundan tashqari, bizda ikki kishi diskvalifikasiya qilingan, yana olti nafar futbolchi jarohat olgan. Ertaga o‘ynashdan foyda yo‘q. Vaziyat to‘laligicha betartib ko‘rinish olgan, ammo biz baribir uch ochko olishga intilamiz, chunki bu juda muhim», — degan edi Xavi o‘yin oldidan. Keyinchalik kataloniyaliklar baribir g‘alaba qozonishni uddalashdi (1:0).

Bir necha hafta oldin murabbiy Gaviga yangi shartnoma imzolash bo‘yicha taklif yuborgandi: «Biz hozir u bilan shartnomani yangilashimiz kerak. Agar kerak bo‘lsa qoniqarli maoshga ham tayyormiz, bu kabi o‘yinchilarni yo‘qota olmaymiz. Bu kelajagimiz asosiga aylanishi kerak. Uning tarkibda bo‘lishi ajoyib. U to‘plar uchun oxirigacha kurashadi, ko‘plab vaziyatlar yaratadi. Gollar, golli uzatmalar. Hammasi ajoyib. Gavi - «Barsa»ning kelajagi. Bunday futbolchi murabbiy uchun bebahodir».

Xavi «Barsa»ning Chempionlar ligasini tark etishiga g‘azab bilan munosabat bildirdi: «Ochig‘i, jahlim chiqmoqda. Bularning barchasi haqiqat va bu meni g‘azablantiradi. Ayni dam boshqa hech narsa qila olmayman. Klubda yangi davr boshlanmoqda. Sekin-asta ko‘nikishga majburmiz. Biz hammasini noldan boshlaymiz».

Murabbiy «Vilyarreal» ustidan qozonilgan eng qiyin g‘alabani (3:1, 88-daqiqadan keyin ikkita gol) falsafiy fikrlar bilan baholadi. «Biz ajoyib jamoaga qarshi o‘yin olib bordik. Uchrashuv ancha qiyin kechdi va biz kutganimizdan ancha kamroq vaqtda ustunlik qildik. Ammo Memfis Depayning goli va penaltidan omadimiz kelgani futbolchilarning ruhiyatini ko‘tardi. Bu uch ochko oltinga teng bo‘ldi, chunki bu safardagi birinchi g‘alabamiz edi va amaldagi vaziyatni hisobga olsak, turnir jadvalida oldinga yuqorilashimizga yordam berdi. Bu yerda hech qanday omad bo‘lishi mumkin emas, lekin o‘z navbatida «Vilyarreal» ham mag‘lubiyatga loyiq emas edi».

Xavining «Barselona»dagi murabbiylik faoliyatini o‘zgacha hazil bilan boshladi. «Men bu yerda nafaqat Messi, balki Eto'O va Ronaldinyolarning ham borligini haligacha his qilib turibman va yodimdan chiqarishim qiyin bo‘lyapti (kuladi). Ammo jamoada bo‘lmaganlar haqida endi o‘ylagandan foyda yo‘q. Biz hozir mavjud bo‘lgan insonlar bilan ishlashimiz kerak», - deydi Xavi.

«Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz».  Hozirgi «Barsa»da bu iborani deyarli hamma bilib olgan. Bu so‘zlar ayni dam kataloniyalik muxlislar tomonidan muntazam qabul qilinib kelinmoqda. Ular allaqachon Xavi, Laporta va ba’zi futbolchilarning matbuot anjumanlarida bir necha marta shu so‘zni ishlatib, go‘yo ichki muhitdagi bor muammolarni yashirayotgandek taassurot qoldirishmoqda. Aslidachi?

Murabbiyning «Real» bilan Superkubok yarimfinal bahsi oldidan aytgan so‘zlarini eslaylik: «Oldinda qiyin o‘yinlar bor, lekin biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. Maqsadimiz Chempionlar ligasiga yo‘l olish va raqiblar mag‘lub bo‘lgunga qadar kutishimizga to‘g‘ri keladi».

«Barsa» prezidenti Joan Laporta ham buni ta’kidlagan. «Biz juda yosh futbolchilardan iborat jamoani qurmoqdamiz, ularning hozirdanoq ajoyib kelajagi bor. Ishonchim komilki, Ferran Torres kabi futbolchilar bilan biz to‘g‘ri yo‘ldamiz», - deydi funksioner.

Kiritildi: 00:36, 25.01.2022. O'qildi: 2523 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.