Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘sha mashhur Koentrau hozir nimalar bilan mashg‘ul?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Real»dagi Fabio Koentrau esingizdami? Ma’lum bo‘lishicha, uning futboldan keyingi hayoti butunlay boshqacha kechgan.

U 2017 yilda «Real»ni tark etganidan so‘ng to‘satdan e’tibor markazidan chetda qoldi. «Sporting»dagi eng yaxshi mavsumidan so‘ng, himoyachi o‘zining tug‘ilgan shahri Rio-Avega qaytdi, lekin u yerda ham kam o‘ynadi. Xususan, oxirgi o‘yinini o‘tgan yilning may oyida o‘tkazgani ko‘pchilikka tanish. Futbolchi o‘zini boshqa sohalardan qidira boshladi. Portugal asosan baliq ovi bilan vaqtini o‘tkazib kelmoqda. Fabio Empower Brands You Tube kanaliga bergan intervyusida bu haqda ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

«Ko‘pchilik o‘ylaganidek, dengizdagi hayot unchalik yomon emas. Bu boshqa har qanday ish kabi bir hobbi. Qolaversa, dengiz go‘zal va bu odamzotga huzur baxsh etuvchi yumush».

Nima uchun baliq ovlash?

Bunga javob oddiy: Koentrau bolaligidan baliqchi bo‘lishni xohlardi, lekin uning futbol o‘ynashga ishtiyoqi bundan ham balandroq edi. Shuning uchun u bolalikdagi orzusiga qaytishga qaror qildi. Aslida Koentrauning futboldan keyingi hayoti bunday tus olishiga avval baliqchi bo‘lgan va ish uchun Kanadaga ketgan otasi sabab bo‘lgan. Onasi konserva zavodida ishlagan va u 14 yoshga yetganda ota-ona Fransiyaga ketishgan. Fabio esa Portugaliyada futbol uchun qolgan, xolasi unga g‘amxo‘rlik qilgan.

«Men tug‘ilganimdan beri shu ish bilan shug‘ullanaman. Otamning qayig‘i bor edi, u baliq ovlash bilan shug‘ullanardi va men u bilan tez-tez dengizga borardim, bu menga huzur bag‘ishlar edi», - deydi Fabio — «Bo‘sh vaqtim yoki ta’tilim bo‘lganda, men bu yerga kelardim. Mening hayotim dengizda: dengiz va baliq ovlash. Albatta, bir kun kelib futbol tugashini va hayotda yangi narsalarni izlashim kerakligini bilardim. Mening baxtim bu kema, men shunday hayot kechirishni xohlayman».

Fábio Porto yaqinidagi Kaxinasda tug‘ilib o‘sgan, Vilo-du-Konde qirg‘oqbo‘yi hududida baliq ovlaydi: bu yerda hali ham baliq ovlash orqali tirikchilik qiladigan eski baliqchilarni uchratish mumkin. Aytgancha, bu yerda portugaliyalik yana bir mashhur futbolchi Elder Poshtiga tug‘ilgan.

Fabiuning otasi butun umri davomida dengizda ishlagan, deydi onasi Jozefina — «U Kanadaga o‘sha mamlakat qo‘shinlari uchun treska olib ketdi. Men konserva zavodida ishlaganman. Fabio otasi bilan baliq ovlashni yaxshi ko‘rardi. Ba’zida u butun hayotini bunga bag‘ishlagan otasidan ham ko‘proq baliq tutardi. Bu albatta meni hayratda qoldiradi».

Umuman olganda, Fabio bolaligidan oilasiga yordam berish uchun ishlagan: 13 yoshidan boshlab u rassom va novvoy bo‘lib pul topgan. O‘zining birinchi maoshida Koentrau butun oila uchun kechki ovqat sotib olgan. Fabioning sevimli mashg‘uloti ham aynan odamlarga yordam berish hisoblanadi. Koentrauning o‘z kemasiga bo‘lgan mehri bo‘lakcha. Uning oilasi kemalarga oid an’anaviy bayramlar nishonlashni odat qilishgan.

Kiritildi: 08:00, 29.01.2022. O'qildi: 7895 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.