Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“YUventus” yangi “CR7”ni sotib oldi, “Manchester Yunayted” futbolchisi La Liga klubiga o‘tdi yoxud qishning qaynoq transferlari bitta sahifada

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropada qishki transfer oynasi yopilishiga juda oz vaqt qoldi. Klublarda shartnomalarni yakunlash uchun hali biroz vaqt bor va biz ko‘plab transferlarini ko‘rishimiz mumkin. Ayni paytda oldingi kunlarda amalga oshirilgan transferlarga to‘xtalsak.

 

Dushan Vlaxovich “Fiorentina”dan “Yuventus”ga o‘tdi

Qishki transfer oynasidagi eng qimmat xaridi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, “Yuventus” goleador hujumchi uchun bonuslar bilan birga qo‘shib hisoblaganda 81,6 million yevro to‘lagan. Vlaxovich bu mavsumda ajoyib statistikaga ega (24 o‘yinda 20 ta gol) va uning ketishi “Fiorentina” muxlislarini g‘azablantirdi. “Yuventus”ga o‘tganiga chiday olmagan Florensiya klubi muxlislari allaqachon Dushanga atab haqoratli bannerlar ko‘tarishdi. Biroq, ularga bunday sotuvlar begona emas. 2017 yilda Federiko Bernardeski Florensiyani Turinga almashtirgan bo‘lsa, 2020 yilda Federiko Kyeza xuddi shunday yo‘ldan bordi. Keyinchalik ikkalasi ham Yevropa chempionatida Italiya terma jamoasi bilan oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Qanday bo‘lmasin, 22 yoshli Vlaxovich bilan “Yuventus”ning hujum chizig‘ida rang-baranglik bo‘lishi tayin.

 

Antoni Marsyal “Manchester Yunayted”dan “Sevilya”ga

Joriy mavsumning birinchi yarmi 26 yoshli futbolchi uchun yaxshi kechmadi. Antoni MYU bilan barcha musobaqalar doirasida bor-yo‘g‘i 367 daqiqa o‘ynadi va faqatgina bitta gol urdi. Bunday vaziyatda boshqa klubga o‘tish qarori juda mantiqiy ko‘rinadi. “Sevilya” Marsyalni mavsum oxirigacha ijaraga oldi va futbolchining o‘zi nima uchun aynan shu klubni tanlaganini tushuntirib berdi. Antonining so‘zlariga ko‘ra, u “Sevilya”ga bosh murabbiy Xulen Lopetegi va sport direktori Ramon Monchi sabab kelgan. Balki, aynan Ispaniyada Marsyal o‘z karyerasini yo‘lga qo‘ya olar?! Kuzatamiz! Ehtimol, yaqin orada Antoni ortidan MYUning boshqa futbolchilari, xususan, Donni van de Bek va Jessi Lingard ham jamoani tark etishi mumkin.

 

Robin Gosens “Atalanta”dan “Inter”ga o‘tdi

Italiyaning yana bir top-klubi ichki chempionatdan transfer amalga oshirdi. “Inter” “Atalanta” vingeri Robin Gosensni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga oldi. Joriy mavsumda nemis futbolchisi bor yo‘g‘i 8 ta o‘yin o‘tkazdi va jarohat sabab uzoq vaqt o‘tkazib yubordi. Robin tizzasidan olgan jarohati tufayli 2021 yil sentyabr oyi oxiridan beri rasmiy o‘yinlarda ishtirok eta olmayyapti. Ammo, o‘tgan mavsum futbolchi uchun juda sermahsul bo‘ldi: A seriyada 32 ta o‘yin, 11 ta gol, 6 ta golli uzatma. “Atalanta” ham o‘z navbatida Gosensga o‘rinbosar topishga ulgurdi. “Football Italia” nashri xabariga ko‘ra, bergamoliklar “Lasio” vingeri Manuel Lassarini sotib olishni ko‘zlamoqda.

 

Adama Traore “Vulverxempton”dan “Barselona”ga

“Barselona” o‘z tarkibini bir paytlar La Masiyada to‘p tepgan futbolchi bilan to‘ldirdi. Traore bu mavsumda 23 o‘yinda atigi bitta gol urdi, ammo uning boshqa fazilyati bor. 26 yoshli Adama tezligi evaziga raqiblardan qochishni mohirona tarzda uddalaydi. Traoreni aslo sermahsul futbolchi deb atash mumkin emas: o‘tgan mavsumda u uch marta, o‘tgan yili olti marta gol urgan. Ammo... “Barsa” qishki transfer oynasida APLdan ikkinchi yirik transferini amalga oshirmoqda - avvalroq ular “Man Siti” futbolchisi Ferran Torresni sotib olgandi.

 

Jeremi Boga “Sassuolo”dan “Atalanta”ga

Kot-d’Ivuarlik futbolchi 2019/2020 yilgi mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, u “Sassuolo” safida gol+pas tizimi bo‘yicha 35 uchrashuvda safida 15 (11 + 4) ochko to‘pladi. Ammo, bu mavsumda uning statistikasi unchalik yaxshi emas – 12 uchrashuvda atigi 3 ta golli uzatma. Shunga qaramay, “Atalanta” futbolchi uchun 22 million yevro to‘ladi. Boga 25 yoshda va u Bundesligadan tashqari barcha top-chempionatlarda o‘ynagan. Biroq, Premyer-liganing “Chelsi” klubi safida faqat bitta o‘yin maydonga tushgan. Yanvar oyida Jeremi Afrika kubogida qatnashdi. Boga turnirda atigi 48 daqiqa o‘ynadi va uning jamoasi pley-offning birinchi bosqichidayoq musobaqadan chiqib ketdi.

Kot-d’Ivuarlik ko‘pincha chap qanotda o‘ynaydi, shuningdek markazda ham o‘ynay oladi. Shu sabab Gasperini jamoasi hujum chizig‘idan ko‘ngli to‘q.

 

Artur Kabral “Bazel”dan “Fiorentina”ga

Dushan Vlaxovchi “Yuve”ga o‘tdi va shuning uchun ular yangi hujumchi sotib olishi kerak edi. Shu sabab, ular 23 yoshli Kabralni 14 million yevro evaziga xarid qilishdi. So‘nggi yillarda braziliyalik Shveysariya chempionatida ajoyib mavsum o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda Artur 18 ta gol urib, jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Bu mavsum ham yutug‘ini takrorlash uchun imkoniyatlar bor edi - 18 ta o‘yinda 14 ta gol. Ammo, “Fiorentina” uning rejalarini buzib qo‘ydi.

 

Felipe Kaysedo “Jenoa”dan «Inter»ga o‘tdi

Italiyaning amaldagi chempioni uchun kutilmagan tanlov. “Inter” hujumda tarkibni kuchaytirishni xohladi va Kaysedoni ijaraga olishga qaror qildi. Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi sobiq hujumchisi “neradzurrilar”ning tanloviga aylandi. U 2017 yildan 2021 yilgacha Felipe “Lasio”ning zaxira futbolchisi hisoblangan. “Inter”da ham aynan o‘sha vazifani bajarishi mumkin. O‘tgan yozda 33 yoshli ekvadorlik katta maqsadlarni chetga surib,  Genuyaga ko‘chib o‘tdi. Ammo, Simone Indzagi sobiq shogirdini yana o‘z jamoasiga chaqirdi (Indzagi o‘tgan masum “Lasio”ni boshqargan). Hujumchi Milan klubi safida ushbu mavsumning qolgan qismini ijara asosida o‘tkazadi.

 

Stefano Sensi “Inter”dan «Sampdoriya»ga o‘tdi

Yana bir “Inter” bilan bog‘liq bitim. Ammo, bu safar ular xaridni emas, balki sotuvni amalga oshirishdi. Yaqinda Sensiga katta umidlar bog‘langan edi (U 30 million yevro evaziga “Sassuolo” xarid qilingan), ammo u milanliklar safida o‘z o‘rnini topa olmadi. Sensi “Sampdoriya” safida joriy mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynaydi. Yarimhimoyachi 26 yoshda, shuning uchun faoliyatini qayta tiklash uchun hali vaqt bor.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 06:00, 30.01.2022. O'qildi: 16066 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.